№4 2022 11
Misol uchun, umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan fanlarning soni 20 ga
yetadi. Lekin, afsuski, o‘quv rejalarida yoshlarga axloq va odob, ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy bilimlar asoslarini o‘rgatadigan fanlar yetarli o‘rni olgan emas. Mavjud
fanlar esa tarkiban eski holida saqlanib qolmoqda. Bu esa mustaqillik va bozor
iqtisodiyoti sharoitida yuzaga chiqqan davlat milliy ehtiyojlarni qondirishga
to‘sqinlik qilmoqda. Hammamizga ayonki, ta’lim darslikdan boshlanadi. Achchiq
bo‘lsa ham tan olishga majburmiz: deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvoli
bugungi va ertangi kun talablari darajasida emas. Bir e’tibor bering: pedagogika
tajribasida “bitiruvchi”, degan ibora bor. Bu iboraga izoh berib o‘tirishning hojati
yo‘q. Ya’niki, bola maktabni bitirsa bas, uning bilim va tarbiyasi haqida gapirmasa
ham bo‘laveradi. Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini
lo‘nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va
tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak. SHu joyda yana bir og‘ir savolga duch kelamiz:
bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yuritishga o‘rgatiladimi? Aminmanki,
o‘rgatilmaydi. Mabodo biror o‘quv o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim
havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o‘qituvchi
hukmron. U boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi.
Prinsip ham tayyor: “Mening aytganim-aytgan, deganim-degan”.
O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli
intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O‘qituvchining bosh vazifasi o‘quvchilarda
mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko‘pincha yaxshi
tushunamiz, lekin, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz.
Ushbu ma’lumotlar orasida kasb klasiffikatsiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib,
uning qanchalik aniq va mukammal o‘zlashtirib olinishi o‘quvchining ko‘plab kasblar
orasidan o‘z imkoniyatlariga mosini to‘g‘ri tanlashini belgilaydi.
Kasb klassifikatsiyasi haqida so‘z yuritishdan avval o‘quvchilarning kasb va
mutaxassislik tushunchalari hamda ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniq
ajratib olishlariga erishish lozim. Keyinchalik kasb klassifikatsiyasi asosida turli
interfaol mashqlarni bajarishda bu tushunchalarning ma’no va mazmunini ajrata olish
o‘quvchilarga yordam beradi. Buning uchun ushbu tushunchalarning ta’riflarini
keltirish kerak.
Kasb-bu jamiyat uchun zarur bo‘lgan, ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida
chegaralangan, insondan jismoniy, aqliy, ma’naviy kuch talab etuvchi va sarflangan
kuch evaziga insonga mavjud bo‘lish hamda rivojlanish imkonini beruvchi faoliyat
sohasidir, masalan, o‘qituvchi, shifokor, injener, dizayner va hokazo. Mutaxassislik
esa bitta kasb ichida tor doiradagi faoliyat turidir. Masalan, tarix o‘qituvchisi,
matematika o‘qituvchisi, stomatolog, kardiolog, pediatr, quruvchi-muhandis,
loyihalovchi-muhandis, injener-konstruktor, badiiy libos dizayneri va hokazo.
Bundan tashqari, mansab, lavozim hamda ilmiy unvon tushunchalariga ham to‘xtalib