№4 2022 10
o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon
hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan
kurashishi mumkin.
Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyotlash, ta’lim va bilim berish tizimi,
hayotimizda, jamiyatimizda bo‘layotgan islohot, yangilanish jaryonlari talablari bilan
yaqindan bog‘lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda.
Ochiq tan olish kerak: maktablarning moddiy bazasi juda nochor. Bu masalada
naqadar oqsoqligimizni, nochorligimizni, birinchi navbatda, qishloq joylaridagi
ahvol-vaziyat misolida ochiq tan olishimiz kerak.
Ikkinchi masala, avval aytganimdek, tarbiyachi, ya’ni o‘qituvchiga borib
taqalyapti. Tarbiyachining o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini,
malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch
kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy
muammo ham mana shu yerda. O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin,
deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi
ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, o‘qituvchi va
murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularning o‘z
ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Albatta, bu masalani
birdaniga yechish qiyin, lekin uni yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi
to‘g‘risida gapirishning o‘zi mutlaqo nomaqbuldir.
Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o‘ziga singdira oladi, nimani qabul
qilmaydi? Afsuski, bu haqda hech kim bosh qotirayotgani yo‘q. SHu masalalar bilan
shug‘ullanishi kerak bo‘lgan mutasaddi institut va markazlarimiz yetarli. Xulosa
shundayki, bugungi umumta’lim jarayonidagi uch bosqichdan hech qaysisida o‘ziga
yarasha talab yo‘q. Boshqacha aytganda, har qanday o‘quv bosqichiga aniq talablar
standart darajasida rasmiylashtirilgani yo‘q.
SHunga qarab, o‘quv jarayoni, mazmuni, o‘qitiladigan darsliklar sonini, qanaqa
sinfda qanday bilim va tarbiya berish kerakligini aniqlash mumkin bo‘ladi.