№4 2022
14
Kasb-hunarga yo‘naltirishda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- kasb-hunarga yo‘naltirish xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va prognoz qilish orqali
jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
- shaxsni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis qilish
shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
- O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining
o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb-
hunarga yo‘naltirish xizmatlaridan foydalanishga teng huquqligi;
- kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga
nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
- umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga psixologik-pedagogik va kasb-
hunarga yo‘naltirish xizmatlarini ko‘rsatishning majburiyligi va bepulligi, aholining
boshqa guruhlariga davlat darajasida kafolatlangan kasbiy tashxis va maslahat
berishning ixtiyoriyligi;
- kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’yektivligi, maxfiyligi va
tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
- kasb-hunarga yo‘naltirish xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga
rioya etishligi.
№4 2022
15
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining asosiy ob’yekti:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9 sinf o‘quvchilari;
oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining o‘quvchilari;
ishdan bo‘shashi kutilayotganlar;
ish qobiliyati cheklangan shaxslar.
Ma’lumki, xalq ta’limining asosiy bugunini uzluksiz ta’lim tashkil etadi. SHu
sababli, bu masalaga alohida diqqat-e’tibor qaratish darkor. Uzluksiz ta’limni davlat
ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda, avvalo, ularning
jahon talablari darajasida bo‘lishiga, yuksak ma’naviyat zaminida qurilganiga asosiy
e’tibor berish kerak. SHuning uchun ham umumta’lim dasturlarini maktabgacha
tarbiya, boshlang‘ich, umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzsak,
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun quyidagi tizimni asos qilib olsak,
ko‘zlangan natijalarga erishamiz, deb o‘ylayman.
Birinchi. Maktabgacha ta’lim. Uch yoshdan boshlanib, olti-etti yoshgacha
oilada, bolalar bog‘chasida va mulkchilik ko‘rinishidan qa’ti nazar, boshqa xil ta’lim
tashkilotlarida olib boriladi.
Ikkinchi. Boshlang‘ich ta’lim. 1-4 sinflarni o‘z ichiga oladi va bunda o‘qish olti-
etti yoshdan boshlanadi.
Uchinchi. Umumiy ta’lim. Bunda o‘quvchilarga 5-9 sinflar doirasida bilim va
tarbiya beriladi.
Alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak; umumta’lim maktabi barchamiz uchun
majburiy bo‘lib, ularda bolalarimizga umumiy bilim asoslarini chuqur o‘rgatishimiz
kerak, tom ma’noda farzandlarimizning dunyoqarashini shakllantirish va
kengaytirishimizga asos solishimiz kerak.
To‘rtinchi. O‘rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi. O‘qish muddati 3 yildan
kam bo‘lmagan akademik va kasb-hunar litseylari va kollejlari.
|