O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish axmatova Feruza Batirovna



Yüklə 77,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü77,08 Kb.
#186118
1   2   3   4   5   6   7
o-quvchilarni-kasb-hunarga-yo-naltirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
13 
Kasb klassifikatsiyasi turlari bilan o‘quvchilarini tanishtirishdan oldin kasb 
klassifikatsiyasi uchun asos qilib tanlangan belgiga bo‘lgan talablar o‘quvchilarga 
aytib o‘tilishi lozim, chunki klassifikatsiya uchun kasblarning hohlagan belgilarini 
olish mumkin emas. Kasb klassifikatsiyasi uchun asos qilib tanlangan belgi quyidagi 
talablarga javob berishi kerak: 
Tanlangan kasb belgisi o‘zgarmas, muntazam bo‘lishi. 
Tanlangan kasb belgisi barchaga tushunarliligi. 
Tanlangan kasb belgisi aniq, yorqin bo‘lishi. 
Tanlangan kasb belgisi bitta belgi bo‘yicha faqat bitta guruhga tegishli bo‘lishi. 
Ushbu talablarning biriga javob bera olmasa, bu kasb belgisini klassifikatsiya 
qilish uchun asos qila olmaymiz. O‘quvchilar e’tiboriga kasblarning beshta belgisi 
(mehnat nomi; mehnat xarakteri; mehnat mahsuloti; mehnat qilish uchun talab 
etiladigan bilim, ko‘nikma, malaka darajasi, kasblarning mamlakat xo‘jaligining biror 
sohasiga tegishli bo‘lishi) havola etiladi. Ular har bir kasb belgisidagi kamchilik, 
ya’ni kasb klassifikatsiyasi uchun tanlanayotgan belgilarning to‘rtta talabdan qaysi 
biriga javob bera olmasligini aniqlashlari lozim. 
Kasb-hunarga 
yo‘naltirish 
– umuminsoniy madaniyatni shakllantirish 
jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning kasbiy tiklanishi, tabiat 
in’om etgan (tug‘ma) qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘maklashish, insonga kasbiy 
o‘zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, uning 
imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta’lim turini 
tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojlarda 
jamiyatning g‘amxo‘rligi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishining bosh maqsadi o‘ziga xos usullar yordamida 
mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining 
samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat. 
Kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy maqsadi – yosh avlodni ongli va mustaqil 
ravishda kelgusi ta’lim yo‘nalishini (akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji) 
tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, 
moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda mehnat 
qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat. 
Kasb-hunarga yo‘naltirish quyidagi ikki asosiy vazifani hal qilishga qaratilgan: 
- mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish hisobiga 
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash; 
- shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o‘z qiziqishlari, moyillik va 
imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan 
tezroq uni o‘zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi. 
Kasb-hunarga yo‘naltirish ishining pirovard natijasi ijtimoiy – iqtisodiy omil 
bo‘lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi. 



Yüklə 77,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin