O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning psixologik
asoslari
Kumushoy Nasridinovna Raxmatova
Kogon shahar 7-maktab
Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarini kasbga yo’naltirish ishlarining
psixologik asoslari, bu borada muhit va jamiyat hamkorligi, mehnat texnologiyasi va
psixologiyasi, mehnat sharoitining ustoz-shogirdlik, murabbiylik ishlarining to’g’ri
yo’lga qo’yilishi singari muhim omillar bilan bog’liq bo’lgan holatlari haqida fikr
yuritiladi.
Kalit so’zlar: Yoshlar, mutaxassis, raqobat, iqtisodiyot, kasb, hunar, malaka.
Psychological basis of orientation of students to the profession
Kumushoy Nasridinovna Rakhmatova
Kagan city, School №7
Abstract: This article focuses on the psychological basis of the work of
directing young people to the profession, the circumstances that are associated with
such important factors as the environment and community cooperation, Labor
technology and psychology, masterfulness of working conditions, the right path of
coaching work.
Keywords: youth, specialist, competition, economy, profession, craft,
qualification.
Bugungi kunda umumta'lim maktablarining eng zarur hayotiy vazifalardan biri
o’quvchi-yoshlarni kasb tanlashga to’g’ri yo’naltira olishdir. Bu sohada ota-onalar
bilan hamkorlikda ish olib borish juda ham muhim hisoblanadi. Respublikamiz
mustaqilligidan keyingi yillar davomida bu sohaga jiddiy e’tibor berila boshlandi,
ta’lim sohasi rivoji uchun yetuk mutaxassislar, olimlar jalb etildi, ular tomonidan
ilmiy-amaliy qo’llanmalar, darsliklar, metodik tavsiyanomalar yozilib, o’quvchi-
yoshlarni kasbga yo’llash ishlari bo’yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Bugungi kunda jahon mehnat texnologiyasi va psixologiyasi tezkorlik bilan
rivojlanmoqda. Yevropa, Amerika va Osiyo qit’alaridagi rivojlangan mamlakatlar 21
asrning birinchi choragida malakali kadrlar yetkazish, ularni yangi, zamonaviy,
murakkab texnikalarga o’rgatish maqsadida yangi texnologik tizim dasturini ishlab
chiqarmoqdalar. Shuning uchun ham ayni damda barcha ishlab chiqarish, iqtisodiyot,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1012
qishloq xo’jaligi sohalarini tezkor rivojlantirish imkonini beradigan keng tarmoqli
malakali kadrlarning yangi avlodini tayyorlash zarurati sezilmoqda. Darhaqiqat,
raqobatga bardosh beradigan kadrlar tayyorlamasdan turib, raqobatbardosh
iqtisodiyotni barpo etish ham mumkin emas.
Shunday qilib, 21 asr bo’sag’asida juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi, dunyo
kartasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub
islohotlar boshlandi. Bu islohatlarning hammasi inson omilini har qachongidan ham
yuqori saviyaga ko’tarib,uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiyati hamda ma’naviy
barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va svilizatsiya bilan uzviy bog’ladi.
Bu esa shakllanayotgan o’smir yoshlarning o’zining psixologik imkoniyatlarini
bilishi, o’zligini anglashi, har qanday sharoitda ham turli o’zgarishlarga psixologik
jihatdan tayyor turishi, yangicha fikrlash va mulohaza qilishi, mehnat sharoitida ro’y
berayotgan psixologik jarayonlarni to’g’ri idrok etishi, qobiliyatini rivojlantirish kabi
vazifalarni kun tartibiga qo’ymoqda.
Yoshlarini kasbga yo’naltirish ishlariga ilmiy jihatdan qaraganda dastlabki
bosqich bo’lib, bu muhit va jamiyat bilan hamkorligida uzoq vaqt davom etadigan
murakkab psixologik jarayondir. Boshqacha aytganda, nafaqat umumiy va maxsus
qobiliyatlar, shaxs xususiyatlari, balki, shu bilan birga, shaxsga moddiy va ma’naviy,
ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ta’sir etuvchi tashqi muhit ham kasb tanlashga o’z
ta’sirini o’tkazadi. Ushbu jarayonlarda har bir o’smirda bo’lajak kasbga ongli va
to’g’ri, muayyan sohaga nisbatan ozmi-ko’pmi ijtimoiy, ijobiy munosabatlar
shakllanadi. Shu sababli o’quvchining kasb tanlashga tayyorligi deganda, kasbni
to’g’ri tanlashga imkon beradigan kasbiy ta’limning muvaffaqqiyatini
ta’minlaydigan, qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradigan shaxs rivojlanishining
muayyan bosqichi yoki holati tushuniladi. Bu esa kasbga yo’naltirish faoliyatining
maqsadi asosan o’quvchi yoshlarning bo’lajak kasbini ongli va mustaqil ravishda
to’g’ri tanlashlariga qaratilgan bo’lishi kerak, degan fikrga kelishga asos bo’ladi.
O’tkazilgan pedagogik-psixologik kuzatishlar, tajribalar natijasi shuni
ko’rsatadiki, yuqori sinf o’quvchisi birinchi galda sinf jamosining a’zosi sifatida,
pedagogik ta’sirning sifatida namoyon bo’ladi. Turli psixologik omillar bu jarayonga
ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Muayyan kasbni tanlashi lozim bo’lgan
o’quvchi shaxsining shakllanishi bu kasbga nisbatan munosabatining qanchalik ongli
darajada ekanligi, o’quvchi faoliyatining o’quv va ishlab chiqarish jarayonidagi
birligi, ma’lum ishlab chiqarish borasida mehnat sharoitining ustoz-shogirdlik,
murabbiylik ishlarining to’g’ri yo’lga qo’yilishi singari muhim omillarga bog’liqdir.
Bizning fikrimizcha, kasbga yo’naltirish samaradorligi quyidagi omillarga
bog’liq bo’lishi mumkin:
•
O’quvchi mehnatning ijtimoiy qimmatini yaxshi tushunishga;
•
Mehnat sharoitlari hozirgi zamon talablariga to’la javob bera olishiga;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1013
•
O’quvchilar o’z qurblari yetgan mehnatni jamiyatga foydasi tegadigan darajada
bajara olishlariga;
•
Oilalarda va murabbiylik harakatlarida o’quvchilarda muayyan kasbga nisbatan
to’g’ri ijodiy intilish hosil qilinishiga.
Ta’lim tarbiya jarayonini shunday tashkil etish, bizning nazarimizda,
o’quvchilarda ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda yuksak mas’ulyatni his
qilish, qat’iyat ko’rsatish va pirovard natijaga erishish, o’z-o’ziga talabchanlik, o’z
kasbiga ijodiy yondashish kabi zarur fazilatlarni tarkib topdiradi.
Umumta’lim maktabi o’quvchilarining kasbga qiziqishlari samarali bo’lishi
uchun bir qator jarayonlarni bosqichma-bosqich to’g’ri amalga oshirish talab etiladi:
1. O’quvchilarda kasbga qiziqishni bosqichma-bosqich o’stirib borish.
2. Ularni bosqichma-bosqich kasb haqidagi bilimlarga ega qilish.
3. Aniq tasavvur etuvchi kasbiy faoliyati haqida o’smirlarda dastlabki kasb
ko’nikmasini hosil qilish, bu ko’nikmaning o’smir psixologik rivojlanishiga mos
bo’lishini ta’minlash.
Kasbni ongli ravishda tanlashning mohiyati haqida akademik G.S.Kostyuk
quyidagilarni qayd etadi:
a) jamiyat manfaatlari yo’lida mehnatga ijobiy munosabat, mehnatsevarlik,
mehnat har bir insonning burchi ekanligini to’g’ri anglash;
b) muayyan kasb-hunarlar haqidagi bilimlarga ega bo’lish;
v) o’z-o’ziga to’g’ri baho bera olish.
Tarbiya jarayonida o’quvchining qobiliyatlari, bu qobiliyatlarning rivojlanish
bosqichlari, u yoki bu kasb haqida muayyan ma’lumotga ega bo’lish, bolalar
psixologiyasini hisobga olish talab etiladi. O’qituvchi o’quvchilarning turli o’quv
predmetlarini, mehnat darslarida, mehnat faoliyatining xilma-xil turlarini egallash
malakalarini shakllantirar ekan, maktab yoshlarini ijodiy mehnat qilishga tayyorlash
uchun da’vat etganligini e’tiborga olish kerak. O’quvchining mehnatga munosabati
tarzini belgilaganda ikkita asosiy shartdan kelib chiqish kerak:
- o’quvchida mehnat faoliyatining u yoki bu turiga nisbatan individual
qobiliyatlar mavjudligini hisobga olishni:
- ishtiyoq bilan, ijodiy mehnat qila olish ko’nikmasi mavjudligiga ahamiyat
qaratishni.
Agar o’quvchi topshiriqni osongina emas, ayni paytda ishtiyoq bilan, iloji
boricha yaxshiroq natijalarga erishish istagi bilan bajargan taqdirdagina faoliyatining
muayyan turiga barqaror munosabat haqida gapirish mumkin. Demak, o’quvchining
mehnatga munosabatini faqat muntazam kuzatishlar negizidagina belgilash mumkin.
Kuzatish jaryonida o’qituvchi quyidagi shaxs fazilatlariga e’tibor berishi kerak:
intizomlilik; mehnatsevarlik; tejamkorlik; jamoatchilik; mehnat natijalriga o’zi baho
berishi. Kuzatish va tajribaning ko’rsatishicha, o’quvchilarning mehnat ta’limiga
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1014
qiziqishi ko’proq ular maktab ustaxonalarida birinchi marta bo’lganliklarida vujudga
kelgan tasavvurlar bilan belgilanadi. Shuning uchun ustaxona o’quvchilarda yoqimli
taassurot qoldirishi zarur. U ozoda, yorug’, yetarlicha issiq va shamollatiladigan
bo’lishi kerak. Ustaxonadagi butun vaziyat mehnatga jalb etilishi, unda qattiy tartib
sezilib turishi lozim.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, respublikamizda amalga oshirilayotgan
bunyodkorlik ishlarining zamirida davlatimizni yetakchi demokratik davlatlar
ko’rsatkichiga chiqarish bosh maqsadi yotibdi.. O’quvchilarda o’zlarining qiziqishlari
asosida kasb tanlashga yo’llash bugunning dolzarb masalalaridir. Mehnat ta’limi
darslari va tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarni kasbga yo’llash imkoniyatlari
chegaralanganligi
sababli
ularni
to’garak
faoliyatida
amalga
oshirish
mumkin.To’garaklarda o’quvchilarni bajaradigan faoliyatidan kelib chiqib kasblarga
yo’naltirish imkoniyatlari kattadir.
Dostları ilə paylaş: |