Maqola yozish
3-4-sinf o`quvchilariga sinf hayoti va o`quvchilar faoliyati haqida, uyin va o`qishlari haqida sinf yoki maktab devoriy gazetalariga maqola yozishni o`rgatib borish ham inshoning bir ko`rinishidir. Buning uchun dastlab biror mavzu tanlanib, shu mavzuga oid «G`uncha» jurnalida berilgan maqolalar o`qib-o`rganiladi. Mavzu mazmuni yozishdan oldin bir necha o`quvchiga gapirtiriladi. Birgalikda tuzilgan maqolani doskaga yozib, tahlil qilinadi. Uni o`quvchilar daftarlariga ko`chirib yozadilar. Shundan keyin uyda shunga o`xshash maqola yozib kelish topshirig`i beriladi. Shu tarzda o`quvchilar qisqa hajmli xat-xabar va maqola yozish malakalarini egallaydilar.
O`quvchilarni kichik yoshdan inshoning barcha turlari bilan qisman bo`lsa-da, tanishtirib borish muhim ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bu ish o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarining sistemali o`sib borishiga yordam beradi. Yuqori sinflarda inshoni muvaffaqiyatli yozishlariga zamin hozirlaydi.
O`quvchilar inshosini tahlil qilish
Nutq o`stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me`yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
Insho matnini takomillashtirish, unda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ham o`quvchilar uchun o`ta zarur malakalardan biridir.
Ammo afsuski, ko`pchilik o`quvchilar o`zlari yozgan matn ustida deyarli ishlay olmaydilar. Ko`pincha ular ishning qoralama nusxasiga birorta ham tuzatish kiritmay, uni aynan oqqa ko`chiradilar. O`qituchilar esa matnni tekshirayotgan yo undagi barcha atolarni tuzatadilar yoki xatoli o`rinlar ostiga chizish, har xil belgilar qo`yish bilan cheklanadilar.
“Ijodiy yozma ish ustida ishlash usullari” bo`limidan o`quvchilarni quyidagi zarur bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
“Ijodiy yozma ish” tushunchasi: rasm asosida hikoya, manzara tasviri, shaxs hayvon, narsa-buyum, voqea-hodisa tasviri.
Yozma ishga mavzu tanlash, ayni bir narsa, manzara, voqea, hodisalar asosida turlicha mavzu tanlash;
Berilgan mavzu, erkin mavzu;
Mavzuni yoritish uchun zarur material, o`quvchining bilimlari, kuzatishlari, taasurotlari, mushohadalari, qiyos va o`xshatishlari, xulosa va hukmlari.
Yozma ishning rejasi.
Mavzuni yoritishda mazmun izchilligi xat boshi tushunchasi.
Yozma ish matni ustida qayta ishlash, qoralama nusxada so`zlar ustida ishlash.
Matnning uslubi ustida ishlash.
Ishni oqqa ko`chirish.
Ishni tekshirilgach, xatolar ustida ishlash yo`llari.
O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
Insho mavzusining yoritilishi. (Mazmun mavzuga mosmi, ya`ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?)
Reja, kompozitsiya, izchillik. (Reja to`g`ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo`qmi.)
Janri, uslubi.
Insho hajmi.
Leksika
Sintaksis
Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri.
Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to`g`ri joylashtirishg rioya qilish)
O`quvchilar inshosiga qo`yiladigan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |