davriy tekshirish beshinchi bo’g’in
yakuniy tekshirish
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi. O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo’llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalari ni bajaradi.
Nazorat qilish vazifasi o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o’quv materiallarini o’rganishning keyingi bosqichiga o’tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o’qituvchining o’quv metodlarini va usullarini to’g’ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o’quv materiallarini o’rganishning maqbul yo’llarini topish bilan bog’liqdir.
O’qitish vazifasio’quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko’rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o’quvchilarning o’tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo’lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug’iladi.
Nazoratning tarbiyalash vazifasishundan iboratki, o’quvchilar tekshirishga tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydilar, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o’rganadilar.
Agar nazoratning o’qitish va tarbiyalash vazifalari to’g’ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg’ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug’iladi. Bu esa o’z-o’zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.
O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalari ni bajaradi.
.