O‘quvchilarning boshlang‘ich kompetentligini aniqlash bo‘yicha test savollari 7-sinf 1. Hashorotlar yordamida changlanadigan o‘simliklarni belgilang? (k)
A. Yong‘oq, nok. B. Beda, sholi. S. Olma, o‘rik. D. Oqqarag‘ay, terak.
2. Mevalaridan dori-darmon tayyorlashda foydalaniladigan o‘simliklar? (m)
A. yersovun, qoraqat. B. Marmarak, na'matak. S. Bug‘doy, uzum. D. Nok, no‘xat.
3. Gul qanday qismlardan tashkil topgan? (b)
a) gulqo‘rg‘on, b)gulkosachabarg, s)changchi, d) urug‘chi.
A.a, s, d. B. a, b,s. S.b,s,d. D. a, b,d.
4. Qaysi qatorda ituzumdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar berilgan? (b)
A.Kamxastak, momaqaymoq. B. yerbag‘ir tugmachagul, oddiy jag‘-jag‘. S. Qora ituzum, qizil ituzum, shaytonkosa. D. Qo‘qongul, momaqaymoq, do‘lana.
5. Karamdoshlar oilasiga kiruvchi bo‘yoq beruvchi o‘simlik? (k, m)
A. Afrika chitiri. B. Jag‘-jag‘. S. Sholg‘om. D. O‘sma.
6. Madaniy atirgullarning yovvoyi vakili? (b,k)
A.Maymunjon. B. Qulupnay. S. Na'matak. D. Olxo‘ri.
7. Tarkibida inson sog‘ligi uchun zarur moddalar: dori-darmon, limon kisloltasi; tabobatda avitaminoz kasalligini oldini olishda va davolashda ishlatiladigan ra'noguldoshlar oilasining vakili? (m)
A. Kamxastak. B. Na'matak. S. Sachratqi. D. Lolaqizg‘aldoq.
8. Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limiga xos eng muhim belgilardan biri? (b)
A. Qo‘sh urug‘lanish. B. Chetdan changlanish. S. Shamol yordamida changlanish. D. O‘z-o‘zidan changlanish.
9. Qaysi suvo‘tlaridan yashil qog‘oz, kartonlar tayyorlanadi? (b, k)
A.Xara. B. Kladofora. S. Xlamidomonada. D. Spirogira.
10. Yozning issiq kunlarida qaysi o‘simlikning bargi, poyasi va tikanlarida maxsus shakar ajraladi? (b, k)
A. Yantoqda. B. Burchoqda. S. Loviyada. D. yeryong‘oqda.
11. Qovoqmevali o‘simliklarni belgilang? (k, m)
A. Pomidor. B. Qovun. S. Bulg‘or qalampiri. D. Sabzi.
12. Qanotchali meva o‘simliklarini belgilang? (k,m)
A. Karam, rediska. B. Mosh, no‘xat. S. Zarang, qayrag‘och. D. Tol, terak.
13. Sun'iy yo‘l bilan changlatishning mohiyati nimadan iborat? (b, k)
A. Hosildolikni oshirish. B. Hosildorlikni oshirish va asosan yangi navlar yaratish. S. Yangi navlar yaratish. D. Erta pishadigan navlarni yaratish.
14. Mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o‘simliklar? (m)
A. Zira, alkor. B. Kashnich, sedana. S. Zira, murch. D. Olma, yong‘oq, qovoq.
15. Mevalar necha qismdan tashkil topgan? (b, k,m)
A. Ustki qism, ichki qism. B. Ustki qism-po‘st, oraliq va ichki qismdan. S. Chin va soxta mevalardan. D. Rezavor va quruq mevalardan.