O‘quvchilarning boshlang‘ich kompetentligini aniqlash bo‘yicha test savollari
9-sinf 1. Qaysi jarayon hujayraning hayotiy funksiyasiga mos kelmaydi? (b)
A. Moddalar almashinuvi. B. O‘sish. S. Parchalanish. D. Qo‘zg‘aluvchanlik.
2. Sholi O‘zbekistonning qaysi viloyatida ko‘p yetishtiriladi? (b)
A. Namangan. B. Buxoro. S. Andijon. D. Xorazm.
3. Issiqxonalarda eng ko‘p yetishtiriladigan o‘simlikni toping? (m)
A. Qulupnay. B. Pomidor. S. Sabzi. D. Rediska.
4. O‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi o‘g‘itlar. (m)
A. Azotli va fosforli o‘g‘itlar. B. Azotli o‘g‘itlar. S. Azotli va mahalliy o‘g‘itlar. D. Go‘ng va mineral o‘g‘itlar.
5. Qalamchalari yordamida ko‘paytiriladigan gulli o‘simliklar vakillarini belgilang? (m)
A. Anjir, nok, anor. B. Anor, terak, olcha. S. Anjir, anor, tok. D. Terak, tol, o‘rik.
6. Karamdoshlar oilasiga kiruvchi bo‘yoq beruvchi o‘simlik? (k, m)
A. Afrika chitiri. B. Jag‘-jag‘. S. Sholg‘om. D. O‘sma.
7. Ichak devorining ichki yuzasi qaysi to‘qima bilan qoplangan? (b)
A. Biriktiuvchi. B. Muskul. S. Nerv. D. Epiteliy.
8. Qushlarning xilma-xil harakati bosh miyaning qaysi qismiga bog‘liq? (b)
A. Miya yarim sharlari. B. Uzunchoq miya. S. Miyacha. D. O‘rta miya do‘mbog‘i.
9. Mevasidan oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o‘simliklar? (m)
A. Zira, alkor. B. Kashnich, sedana. S. Zira, murch. D. Olma, yong‘oq, qovoq.
10. Qaysi javob tayanch-harakatlanish sistemasi funksiyasi uchun xos emas? (b)
A. Ichki organlar va tana uchun harakat. B. Ichki organlarni himoya qilish. S. Qo‘zg‘alishni o‘tkazish. D. Qon ishlab chiqarish.
11. Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: ..... va .... (b) (umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi)
12. Endokrin bezlarda sintez qilingan .... – biologik faol moddalar ....ga o‘tib, u orqali .... va .....larga yetkaziladi va ular nerv sistemasi bilan birga, nerv-gumoral boqarilishini ta'minlaydi. (b) (garmonlar, qon, to‘qima, organ).
13. Me'da osti bezining ...... deb ataluvchi qismining hujayralari insulin garmoni ishlab chiqaradi. (b) (Langergans orolchalari)
14. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo‘shilgan holda organizmning ...... ni tashkil etadi. (b) (endokrin sistema)
15. Tayanch-harakatlanish sistemasi shikastlanganda ... ... ... ... ... ... ... ... mumkin emas. (m) (issiq buyumlarni bosish, issiq suvga solish, ishqalash, ezish).