O‘quvchilarning boshlang‘ich kompetentligini aniqlash bo‘yicha test savollari
8-sinf 1. Amyoba qanday qismi yordamida oziqlanadi? (b)
A. Butun tana sathi yordamida. B. Og‘iz bo‘shlig‘i yordamida. S. Hazm shirasi yordamida. D. Soxta oyoqlar yordamida.
2. Evglenaning yorug‘likni ko‘radigan ko‘zchasi qanday rangda bo‘ladi? (b)
A. Ko‘k. B. Sariq. S. Qizil. D. Qora.
3. Qaysi parazit hayvon xo‘jayinining hidi orqali topib boradi? (b, k)
A. Qo‘ng‘iz. B. Kana. S. O‘rgimchak. D. Falanga.
4. Bo‘g‘im oyoqlilardan qaysi hayvon tirik tug‘adi? (b)
A. Kana. B. Chumoli. S. Chayon. D. Dafniya.
5. Qushlarning xilma-xil harakati bosh miyaning qaysi qismiga bog‘liq? (b)
A. Miya yarim sharlari. B. Uzunchoq miya. S. Miyacha. D. O‘rta miya do‘mbog‘i.
6. Hayvonot olamida eng yuqori sistematik gurux qaysi? (b)
A. Tur. B. Turkum. S. Tip. D. Sinf.
7. Odam qaysi yo‘l orqali askarida bilan zararlanadi? (m)
A. Sabzovot, meva, iflos qo‘l orqali. B. Zararlangan go‘sht orqali. S. Ifloslangan suv va go‘sht orqali. D. Ifloslangan suv orqali.
8. Parazit chuvalchanglar qanday sinflarni birlashtiradi? (b)
A. To‘garak, bo‘shliqichlilar, yassi, xalqalilar. B. To‘garak, yassi, so‘rg‘ichlilar. S. Bir xujayralilar, kam tuklilar, ko‘p tuklilar. D. Kam tuklilar, yassi, to‘garak.
9. Hayvon to‘qimalari bor qatorni ko‘rsating? (b)
A. Epiteliy, muskul, nerv, tuxum. B. Mexanik, muskul, epiteliy, nerv. S. Muskul, nerv, po‘kak. D. Epiteliy, muskul, nerv, asosiy.
10. Parazit chuvalchanglarni qaysi fan o‘rganadi? (b)
A. Sitologiya. B. Bakteriologiya. S. Virusologiya. D. Gelmintologiya.
11. Sodda hayvonlardan qaysi sinf vakillari faqat parazitlik bilan hayot kechiradi? (k)
A. Infuzoriyalar. B. Xivchinlilar. S. Sporalilar. D. Soxta oyoqlilar.
12. Ichak devorining ichki yuzasi qaysi to‘qima bilan qoplangan? (b)
A. Biriktiuvchi. B. Muskul. S. Nerv. D. Epiteliy.
13. Pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarni ko‘rsating? (b, k)
A. Chigirtka, chirilldoq, temirchak. B. Uy pashshasi, chivin, so‘na. S. Yaydoqchilar, asalarilar, chumolilar. D. Tut ipak qurti, kuya, kuzgi tunlam.
14. Kemiruvchilar turkumining vakillarini ko‘rsating? (k, m)
A. Sichqon, yumronqoziq, ondatra, nutriya, sug‘ur. B. Suvsar, suv ayg‘iri, bo‘rsiq, olaqo‘zon, latcha. S. Nutriya, quyon, bo‘rsiq, qunduz, tiyin. D. Yumronqoziq, suvsar, tulki, quyon, qunduz.
15. Naslga ko‘p g‘amxo‘rlik qiladigan baliqlar? (k,m)
A. Ko‘p tuxum qo‘yadi. B. Kam tuxum qo‘yadi, uvildirig‘ini olib yuradi. S. Ko‘p tuxum qo‘yadi, dengizdan daryoga o‘tadi. D. Ko‘p tuxum qo‘yadi, uvildirig‘ini olib yuradi.