intervokal holatda (ikki unli orasida) sirg'aluvchi v, g' undoshlariga o'tishi ham adabiy talaffuz me'yoriga xilof emas: bora her> boraver, keta ber ketaver kabi
intervokal holatda (ikki unli orasida) sirg'aluvchi v, g' undoshlariga o'tishi ham adabiy talaffuz me'yoriga xilof emas: bora her> boraver, keta ber ketaver kabi.
2
So`z qismlari talaffuzi 1. Q, К bilan tugagan otlarning egalik affikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: aqishloq> qishlog'imiz, 2. Q, K, G, Gk bilan tugagan otlarning jo'nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq+ga> qishloqqa, chelak+ga> chelakka, 3.Olmoshlarda: u+n+da> unda, bu+n+da> bunda, shu+n+da > shunda 4. birso'zidan dona son yasalganda, o'zakdagi «r» undoshi «t»ga o'tadi: bir+ta > bitta kabi. GLASSARIY Orfoepiya — to'g'ri (adabiy) talaffuz me’yorlari tizimi.
Qisqa talaffuz — urg'usiz bo'g'indagi unlining qisqa va kuchsiz (bilinar-
bilinmas) talaffuz etilishi.
Cho'ziq talaffuz — urg'uli bo'g'indagi unlining urg'usiz bo'g'indagi
unlidan cho'ziqroq bo'lishi. Bu xususiyat ruscha leksik o'zlashmalarda,
ayniqsa, sezilarli bo'ladi.
Ingichka talaffuz— unli tovushlarning sayoz til orqa «к», «g», «ng»,
til o'rta «у» va bo'g'iz undoshi «h» bilan yondosh bo'lganda old qator
fonema tarzida ingichka talaffuz etilishi.
Yo'g'on talaffuz — unli tovushlarning chuqur til orqa «q», «g'», «х»
undoshlari ta’sirida orqa qator fonema tarzida yo'g'onlashuvi.
Jarangsizlanish — ayrim jarangli undoshlarning so'z oxirida yoki
assimilativ holatlarda jarangsiz undosh tarzida talaffuz etilishi.
Intervokal holat- undosh fonemaning ikki unli orasida qo'llanishi.
Bunday pozitsiyada (ko'p bo'g'inli so'zlarda) portlovchi «q» undoshi si^g'aluvi
«g'» tarzida (qishloq > qishlog'imiz kabi), jarangsiz «к» undoshi jarangli
«g» tarzida (telpak> telpagimkabi) talaffuz qilinadi.
E’tiboringiz uchun tashakkur!