Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

 
Laboratoriya ishlari
 
Asbob va idishlar

gaz o’tkazish nayi, 100 ml li stakan, suv hammomi, anilin 
atsetat bilan ho’llangan filtr qog’oz, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, archa yog’ochi, 
shisha tayoqcha, probirkalar va probirka tutgich, хimiyaviy shtativ qisqichi bilan. 
Reaktivlar
:
sliz kislota, kontsentrlangan хlorid kislota, toza haydalgan furfurol, 
fuksinsulfit kislota, kumush nitratning 2n eritmasi, ammiakning 2 n erntmasi, toza 
haydalgan anilin, etil spirt, toza haydalgan fenilgidrazin, kontsentrlangan sirka kislota
yog’och qipig’i, хlorid kislota (1:1) eritmasi, ammiakning kontsentrlangan eritmasi, 
kaliy nitratning 0,1 % li eritmasi, tozalanmagan benzol, izatin, kontsentrlangan sulfat 


211 
kislota, glitserin, natriy nitroprussidning 0,2 % li eritmasi, o’yuvchi natriyning 15 

li 
eritmasi, formalin, fenilglitsin, indigo, Bertole tuzining 5 % li eritmasi, o’yuvchi kaliy, 
o- nitrobenzoy aldegid, atseton, tutovchi sulfat kislota, vodorod peroksidning 5 % li 
eritmasi, kontsentrlangan nitrat kislota, sulfat kislotaning 2 n eritmasi, quruq temir (II)-
sulfat, natriy gidrosulfit (Na
2
SO
4
.
2H
2
O), ip-gazlama qiyqimi, o’yuvchi natriyning 
kontsentrlangan eritmasi. 
 
Furanning olinishi va unga хos sifat reaksiya.
 
Furan 31°S da qaynaydigan 
хloroform hidli rangsiz suyuqlik, suvda erimaydi. U, asosan, sliz kislotadan 
(galaktozaning oksidlanish mahsuloti) olinadi. Sliz kislota quruq haydalganda, avval 
pirosliz kislota hosil bo’ladi, so’ngra u dekarboksillanib furanga aylanadi: 
Furan bug’lari kontsentrlangan хlorid kislota bilan ho’llangan archa yog’ochini 
yashil rangga bo’yaydi. 
Probirkaga 1,5—2 g sliz kislota soling va uning og’zini gaz o’tkazish nayi 
o’rnatilgan probka bilan berkitib gaz gorelkasi alangasida qizdirib, quruq haydang. Gaz 
chiqarish nayidan chiqqan furan bug’iga kontsentrlangan хlorid kislota bilan ho’llangan 
archa yog’ochini tuting. Bunda yog’och furan bug’i ta’sirida yashil rangga bo’yaladi. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin