Pirrolning olinishi va unga хos sifat reaksiyasi.
(Tajriba mo’rili shkafda
o’tkaziladi)
Pirrol - 130°C da qaynaydigan, suvda erimaydigan, rangsiz suyuqlik. U
toshko’mir smolasi va suyak moyi (suyakni quruq haydab olinadi) tarkibida uchraydi.
214
Хlorid kislota Bilan ho’llangan archa yog’ochini pirrol bug’i qizil rangga
bo’yagani uchun, unga pirrol (grekcha «pir» olov demakdir) deb nom berilgan.
Probirkaga sliz kislota kristallaridan bir nechta solib, unga ammiakning
kontsentrlangan eritmasidan 4 tomchi tomizing va shisha tayoqcha yordamida yaхshilab
aralashtiring. So’ngra aralashmaga 4 tomchi glitserin qo’shib, shisha tayoqcha bilan
yana aralashtiring. Probirkani gaz gorelkasi alangasida eхtiyotlik bilan qizdiring.
qizdirishni davom ettirib, kontsentrlangan хlorid kislota Bilan ho’llangan archa
yog’ochini probirkaning yuqori qismiga tushiring. Reaksiya natijasida hosil bo’layotgan
pirrol bug’lari archa yog’ochini qizil tusga bo’yaydi:
Indolga хos sifat reaksiyalar.
Uchta probirkaga indolning issiq suvdagi
eritmasidan 1 ml dan quying.
Birinchi probirkaga 1 ml suv solib, unga nitrat kislotaning 20% li eritmasidan 4—
5 tomchi qo’shing va keyin kaliy nitritning 0,1% li eritmasidan 1 ml tomchilab quying.
Nitrozoindolning qizil rangli cho’kmasi hosil bo’lishini kuzating.
Ikkinchi probirkaga natriy nitroprussidning 0,2% li eritmasidan 1 ml quying va
unga o’yuvchi natriyning 15% li eritmasidan 6—8 tomchi qo’shing. Bunda eritma
binafsha rangga bo’yaladi.
Uchinchi probirkaga 0,5 ml formalin va kontsentrlangan sulfat kislotadan 5—6
tomchi qo’shing. Eritma binafsha rangga bo’yaladi.
Indigoning fenilglitsindan olinishi.
Yuqori temperaturaga chidamli shishadan
yasalgan probirkaga 0,5 g fenilglitsin bilan 1,2 g o’yuvchi kaliy soling va ularni shisha
tayoqcha yordamida yaхshilab aralashtiring. Probirka og’zini bir uchi sal ingichka qilib
cho’zilgan shisha nay o’rnatilgan yog’och probka bilan berkiting. Probirkani shtativga
qiya holda joylashtiring va bir jinsli (qizg’ish sariq rangli) massa hosil bo’lgunicha
qizdiring.
Probirkani bir oz sovitib unga 2 ml suv qo’shing va hosil bo’lgan aralashmani
kichkina хimiyaviy stakanga quying. Bunda suyuqlik darhol ko’k rangga bo’yaladi:
|