227
Ilova
Ayrim reaktivlarning tayyorlanishi
1.
Ammoniy sulfatning suvdagi to‘yingan eritmasi.
46 g
(NH
4
)
2
SO
4
ni 100 ml suvda 100
0
C da eritiladi.
Eritma xona
haroratigacha sovitilganda kristallarning bir qismi cho‘kmaga tushadi.
2.
Bromning uglerod (IV)-xloriddagi eritmasi.
Mo‘rili shkafda
kolbaga 5 ml suyuq brom quyiladi va unga chayqatib turgan holda
ehtiyotlik bilan 95 ml uglerod (IV)-xlorid qo‘shiladi.
3.
Bromli suv (bromning suvdagi to‘yingan eritmasi).
Bromning suvdagi to‘yingan eritmasining 1 litrida 28-30 g (10 ml ga
yaqin) brom bo‘ladi. Bromli suv eritmasini
tayyorlayotganda idish
ostida ozgina miqdorda suyuq brom qolishi kerak. Shuning uchun ham
1
l
eritmaga 12-13 ml brom olinadi. Idishning
hajmi tayyorlanadigan
eritmaning hajmiga nisbatan 3 marta katta bo’lishi kerak
(chayqatilganda to‘kilib ketmasligi uchun).
Tayyorlangan eritma og‘zi shliflangan idishda mo‘rili
shkaf
ostida saqlanadi. Brom bug‘i zaharli. Shuning uchun ham bromni
o‘lchash va uni eritish ishlari mo‘rili shkaf ostida bajarilishi kerak.
4.
Dostları ilə paylaş: