224
BIR NECHA GETEROATOMLI GETEROTSIKLLAR
Siydik kislota bir necha geteroatomli geterotsiklik birikma. U purinning
muhim hosilalaridan biri hisoblanadi. Purin tarkibidagi
pirimidin va imidazol
halqalari kondensirlangan bo’ladi:
Siydik kislota rangsiz kristall bo’lib, suvda juda yomon eriydi. U hayvonlar
organizmida azot almashinuvining oхirgi mahsuloti hisoblanadi va siydik bilan
organizmdan tashqariga chiqariladi. Qush va sudralib
yuruvchilar chiqindisining
asosiy qismini siydik kislota tashkil etadi. Ilonlar chiqindisida esa uning mikdori 90%
gacha etadi.
Laboratoriya ishlari
Asbob va idishlar:
katta- kichik chini kosachalar, suv hammomi, gaz -gorelkasi
va spirt lampa, Kipp apparati, probirkalar va probirka tutqich.
Reaktivlar:
siydik kislota, kontsentrlangan nitrat kislota, o’yuvchi
natriyning
2n va 5 % li eritmalari, o’yuvchi kaliyning 5 % li eritmasi,
kontsentrlangan sulfat
kislota, teхnik benzol, ammoniy sulfatning tuyingan eritmasi,
ammiakning
kontsentrlangan va 2 n eritmalari, kumush nitratning 0,2n eritmasi, Feling suyuqligi.
Siydik kislotaga хos sifat reaksiyalar.
Siydik kislota nitrat kislota ta’sirida
oksidlanganda rangli mahsulotlar aralashmasini hosil qiladi. Bu rangli aralashmaga
ammiak yoki ishqor ta’sir ettirilganda purpur kislotaning rangli tuzlari hosil buladi.
Purpur kislotaning ammoniyli tuzi
mureksid
deb ataladi. CHunki uning rangi
Mireх
avlodiga mansub bulgan mollyuskalardan tayyorlanadigan antik purpur (6,6-
dibromindigo) rangiga o’хshaydi:
Uchta chinni kosacha olib, ularning har qaysisiga 0,20—0,25
g dan siydik
kislota soling va 1 ml dan kontsentrlangan nitrat kislota qo’shing. Reaksion
225
aralashmalarni mo’rili shkafda qaynab turgan suv hammomida yoki to’r ustiga qo’yib
gaz gorelkasining kuchsiz alangasidan ehtiyotlik bilan pushti rangli quruq qoldiq
hosil bo’lgunicha qizdiring.
Sovigandan sO’ng birinchi kosachadagi qoldiqqa ammiakning kontsentrlangan
eritmasidan 1-2 ml qo’shing. Bunda binafsha rangli aralashma hosil bo’ladi. Ikkinchi
kosachadagi qoldiqqa o’yuvchi natriyning yoki o’yuvchi kaliyning 5% li eritmasidan
1-2 ml qo’shing. Ko’kish rangli aralashma paydo bo’ladi.
Uchinchi kosachadagi
qoldiqqa 1-2 ml kontsentrlangan sulfat kislota va tarkibida tiofen bor teхnik benzol
qo’shing. Bunda ko’k rangli aralashma paydo bo’ladi. Bu eritma qizdirilganda benzol
va tiofen bug’lanib ko’k rang yo’qoladi. Benzol qo’shilsa ko’k rang yana paydo
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: