98
Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari
Organik moddalarni tozalash va ularning fizik doimiyliklarini aniqlash.
Haydash, suv bug’i bilan haydash.
Erituvchilar yordamida qayta kristallash
Qattiq moddalarni tozalash usullari. Sublimatsiya. Qayta kristallash
Xromotografiya. Yupqa qatlamli xromotografiysi. Adsorbentning aktivligini
Brokman bo`yicha aniqlash.
Organik moddalarning muhim konstantalarini aniqlash
Alkanlar
Alkenlar
Alkinlar
Alkadiyenlar. Tabiiy va sintetik kauchuk
Monogalogen alkanlarga xos reaksiyalar
Elektrofil birikish reaksiyalari
Alkanollarga xos reaksiyalar
sp3 gibridlangan uglerod atomida boradigan almashinish reaksiyalari bo`yicha
bajariladigan sintezlar
Spirtlarda boradigan nukleofil almashinish reaksiyalari
Aldegid va ketonlarga xos reaksiyalar
sp2 gibridlangan uglerod atomida boradigan almashinish reaksiyalari bo`yicha
bajariladigan sintezlar
Karbon kislotalarga xos reaksiyalar
Karbon kislota hosilalalariga xos reaksiyalar
Dikarbon kislota hosilalariga xos reaksiyalar. Shovul kislota sintezi
99
ATSILLASH REAKSIYALARIGA ОID SINTEZLAR
ASETILSALISIL KISLOTA ( ASPIRIN ) SINTEZI
Reaktivlar. 6,3 g salitsil kislota, 9 ml sirka angidrid, sulfat kislota
(p—1,84), toluol.
50 ml sig’imli tubi yumaloq kolbaga 6,3 g salitsil kislota, 9 ml sirka
angidrid (ehtiyot bo’ling! sirka angidrid teriga ta'sir qiladi) va 5 tomchi
konsentrlangan sulfat kislota solinadi. Aralashma yaxshilab aralashtiriladi.
So’ngra kolbaga qaytarma sovitgich ulanadi va suv hammomida 60°C da 1
soat aralashtirib turgan holda qizdiriladi. So’ng harorat 90-95°C gacha
oshiriladi va 20 munut harorat shunday tutiladi. Suyuqlik soviganidan
keyin aralashtirib turib 20-30 ml sovuq suv quyilgan stakanga ag’dariladi.
Hosil bo’lgan atsetilsalitsil kislota cho’kmasi Byuxner voronkasida
filtrlanadi. Cho’kma filtrda ozroq sovuq toluol bilan yuviladi va filtr
qog’oz orasiga olib, siqib havoda quritiladi. Uning miqdori 8 g.
Atsetilsalitsil kislotani quyidagi erituvchilarda qayta kristallantirish
mumkin: suyultirilgan sirka kislota (1:1), quruq benzol, benzin (qaynash
haroratsi 40-60°C), xloroform yoki etil spirt. Atsetilsalitsil kislotani
erituvchida qo’p qizdirib yoki yuqori haroratda qaynaydigan erituvchilarda
eritib bo’lmaydi, Chunki uzoq qizdirilganda u parchalanadi.
Etil spirtdan qayta kristallantirish quyidagicha olib boriladi. Modda
oz miqdordagi qaynoq etil spirtda eritiladi. Hosil qilingan eritma 2,5 marta
(hajm bo’yicha) ko’p miqdordagi iliq suvga quyiladi. Agar bunda cho’kma
hosil bo’lsa, aralashma cho’kma erigunicha qizdiriladi, so’ngra hosil
bo’lgan tiniq eritma sekin sovitiladi. Atsetilsalitsil kislota ignasimon
chiroyli kristallar holida cho’kadi. Ular filtrlanib, havoda quritiladi.
Atsetilsalitsil kislota (aspirin, o-atsetoksibenzoy kislota) bir oz
nordon ta'mli rangsiz modda , ignasimon yoki plastinka ko’rinishida
kristallanadi. Eruvchanligi: 100 g suvda 0,25 g; 100 g 90 % li etanolda 20
g; 100 g dietil efirda 3,57 g; benzolda qiyin eriydi. Molekulyar massasi
180,16; suyuqlanish haroratsi 134-136,5°C; Qaynash haroratsi 140°C
(parchalanish bilan).
|