Sifat reaktsiyasi. Atsetilsalitsil kislotaning gidrolizlanishi. Taxminan
0,5 g atsetilsalitsil kislota probirkada 5-6 ml suvda qizdirib eritiladi. hosil
bo’lgan eritma ikki qismga bo’linadi. Eritmaning bir qismiga 2 protsentli
temir (III)-xlorid eritmasidan bir necha tomchi qo’shiladi, hech qanday
rang hosil bo’lmaydi. Ikkinchi qismiga natriy gidroksid eritmasidan ozgina
qo’shib, suyuqlik 1-2 minut qizdiriladi. Aralashma sovitilib, unga xlorid
kislota eritmasidan qo’shiladi va ikki qismga ajratiladi. Eritmaning bir
qismiga temir (III)-xlorid eritmasidan bir necha tomchi qo’shilsa, binafsha
rang hosil bo’ladi .Eritmaning ikkinchi qismiga tomchilatib bromli suv
qo’shiladi . Bromli suv rangsizlanib, dibromsalinil kislata cho’kmaga
tushadi.
ATSETANILID Reaktivlar. 4,5 ml yangi haydalgan anilin, 6,0 ml sirka angidrid.
100 ml sig’imli konussimon kolbaga 4,5 ml anilin va 20 ml suv
quyiladi. Hosil qilingan emulsiyaga 6 ml sirka angidrid qo’shiladi.
Kolbaga probkali havo sovitgich kirgiziladi va suv hammomida qizdiriladi
(suvning haroratsi 70-80
o
S), vaqt – vaqti bilan aralashma yaxshilab
chayqatib turiladi. Kolbadagi modda eritmaga o’tgach (taxminan 10
minutdan keyin), kolba oldin havoda, so’ngra muz va suv aralashmasi
solingan hammomda sovitiladi. Hosil bo’lgan cho’kma – atsetanilid
Byuxner voronkasida filtrlanadi, filtrda muzli ozroq suv bilan yuviladi va
filtr qog’oz orasiga olib quritiladi. Atsetanilidni suvdan qayta kristallab
olish mumkin. Uning miqdori 6,5 g ga yaqin.
Suyuqlanish haroratsi aniqlanadi (114
o
C).
Atsetanilid (N – fenilatsetamid, antifebrin, N – atsetilanilin,
sirka kislotaning fenilamidi) – rangsiz, hidsiz, kristall moda. Suvda rombik
bargchalar ko’rinishida kristallanadi; efirda, xloroformda, metanollarda
eriydi. Molekulyar massasi 135,17; suyuqlanish haroratsi 114
o
C; qaynash
haroratsi 305
o
C; d
20
4
1,0261.