Tibbiy kimyo fanidan: taqdimot. Di 17 guruh. Bajardi: abdullaeva iroda



Yüklə 105,04 Kb.
tarix02.08.2023
ölçüsü105,04 Kb.
#138398
ABDULLAEVA .kimyo

TIBBIY KIMYO FANIDAN: TAQDIMOT. DI 17 GURUH. BAJARDI: ABDULLAEVA IRODA.

MAVZU:DORIVOR PREPARATLAR TARKIBIDA ETTI A’ZOLI AROMATIK BIRIKMALAR.


Reja:
  • 1.Geterosiklik birikmalarning xususiyatlari.
  • 2. Besh va olti a'zoli birikmalarga xos xususiyatlar.
  • 3.Dorivor preparatlar tarkibidagi aromatik birikmalar.
  • Geterohalqali birikmalarning ko‘pchiligi dorivor moddalar va metabolizmda qatnashuvchi moddalar sifatida tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.
  • Geterohalqali birikmalarning ko‘pchiligi dorivor moddalar va metabolizmda qatnashuvchi moddalar sifatida tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.
  • Ularning ichida tibbiyot, biologiya va farmatsevtikada eng ko‘p tarqalgani – bu azot saqlovchi besh va olti a’zoli geterohalqali va kondensirlangan birikmalar.
  • Furan o‘zi tibbiyotda ishlatilmaydi, uning hosilasi bo‘lgan furfurol (furan-2-karbaldegid)ning turli xil hosilalari tibbiyotda dorivor modda sifatida ishlatiladi. Furfurolning 5-nitrohosilalari furatsilin va Furazolidon kuchli bakteritsid xossaga ega. Furfuroldan 5-nitrohosilalarini sintezlash uchun avval furfurol sirka angidrid ishtirokida nitrat kislota bilan nitrolanib 5-nitrofurfurol olinadi, so‘ng NH2 guruh saqlovchi reagentlar yordamida tegishli iminhosilalar (Shiff asoslari) sintezlanadi.
  • erpenoidlar: Rosiridin, Rosiridol. Zararlarga to'qima qarshiligini oshiring,
  • Flavonoidlar: kaempferol, astragalin, 7-rhamnoside kaempferol, rodiolin, tricin, rhodionin, 5-glukozid va trikinning 7-glyukozidi, rhodiyosin, asetilrodalgin, 8-metilgerbasetin. Qon tomirlari o'tkazuvchanligini pasaytirish, bosimni va yurak tezligini normallashtirish, ko'z ichi bosimini pasaytirish, safro hosil bo'lish jarayonida ishtirok etish, adrenal korteks funktsiyasini rag'batlantirish va siydik chiqarishni tartibga solish,
        • Tannins. Ular oqsillarni tarkibini o'zgartiradilar va bakteritsid yoki bakteriyostatik ta'sirga ega bo'lgan himoyalanadigan albominat kino hosil bo'lishida ishtirok etadilar. Baquvvat ta'sirga ega bo'ling
  • Alkaloidlar. Ular antispazmodik, hemostatik, analjezik, sedativ va hipotansif ta'sirga ega,
  • Sterollar. Xolesterolni kamaytirish, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash, immunitetni oshirish, otoimmun reaktsiyalarining rivojlanishidan himoya qiluvchi yordamchi hujayralar sifatini va sonini ta'sir qiladi,
  • Aromatik birikmalar: rosavin, rosin, rosarin, dolchin alkogol. Markaziy nerv tizimi ishini yaxshilash.

Anilin C6H5NH2, aromatik aminlar ichida eng muhimi hisoblanadi. Chunki u anilin-bo’yoq sanoatining eng asosiy xom ashyosi bo’lishi bilan birga, bir qancha muhim dorivor moddalar, portlovchi birikmalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Anilin har yili bir necha o’ng ming tonnalab ishlab chiqariladi. Anilin formulasini Yu.F.Frisshe aniqlab berdi. 1842 yilda N.N.Zinin butun anilin-bo’yoq sanoatining asosi bo’lgan aromatik aminlarni nitrobirikmalardan olish usulini ochdi. Bu usulni yuqorida ko’rib chiqqan edik
Anilin havoda oksidlanishi sababli tez sarg’ayadigan va qo’ng’ir tusga kiradigan rangsiz suyuqlik. U suvda yomon eriydigan, spirt, efir va benzol bilan har qanday nisbatda aralashadi. Anilin juda zaharli moddadir. Anilin sifatini aniqlashda odatda quyidagi ancha sezgir reaksiyalardan foydalaniladi: belil ohagi bilan bo’ladigan reaksiya (binafsha rang hosil bo’ladi). Lignin bilan bo’ladigan reaksiya anilin va xlorid kislota ishtirokida lignin sap-sariq rangga bo’yaladi. Oq streptosid
C6H4(OH)CH2OH → C6H4(OH)COH→ C6H4(OH)COOH Saligenin salisil al’degid salisilat kislota NATIJALAR VA MUHOKAMA Hozirgi vaqtda salisilat kislota juda ko’p miqdorda olinadi. Buning uchun natriy fenoliyatga bosim ostida qizdirib CO2 ta’sir ettiriladi, so’ngra hosil bo’lgan salisilat kislotaning natriyli tuziga sulfat kislota ta’sir ettirib,salisilat kislota olinadi.Salisilat kislota sovuq suvda yomon eriydigan kistall modda. U 1590C da suyulanadi,so’ngra uchadi. Yanada ko’proq qizdirilsa, salisilat kislota fenol va CO2 ga parchalanadi: C6H4(OH)COOH→C6H5OH + CO2
Bu reaksiya ma’lum darajada fenol va CO2 dan salisilat kislota olish reaksiyasining aksidir. Salisilat kislota FeCl3 bilan binafsha rang hosil qiladi.Salisilat kislota fenoldan farqli ravishda bu rangni faqat suvli eritmada emas, balki spirtli eritmada ham hosil qiladi. Salisilat kislota antiseptic (konservalovchi) xossaga ega bo’lib, undan asosan revmatizmga qarshi va issiqni tushiradigan dori sifatida foydalaniladi. Salisilat kislota ovqat hazm qilish kanali shilliq pardasiga ta’sir etadi, shuning uchun medisinada uning tuzlari va efirlari ishlatiladi. Natriy salisilat natrium salicylicum C6H4(OH) COONa ko’pincha revmatizmga qarshi va istmani tushiradigan vosita ifatida qo’llaniladi
U suvda yaxshi eriydi va ichakni ta’sirlantirish xossasiga ega emas. Bu tuz shuningdek ayrim qo’shaloq tuzlarni masalan kofein bilan coffeinum natriosalicylicum olishda ham ishlatiladi. Metilsalisilat gaultheria o’simligining efir moyi tarkibiga kiradi. Metilsalisilat kuchli o’ziga xos hidga ega moysimon suyuqlikdir. Bu mdda hozirgi vaqtda aksariyat sintetik usul yordamida olnmoqda. Asetilsalisilat kislota yoki aspirin O С O OH C O CH3
Asetilsalisilat kislotani salisilat kislotaga konsentrlangan sirka kislota yoki sirka angidrid ta’sir ettirib olish mumkin. Asetilsalisilat kislota nordonroq ta’mga ega bo’lgan kristall modadir. U suvda yomon eriydi. Bu kislota salisilat kislotadan farqli ravishda FeCl3 bilan reaksiya bermaydi, chunki erkin holdagi fenol gidroksilga ega emas. Asetilsalisilat kislota sirka va fenol kislotadan (spirt o’rnida) hosil bo’lgan murakkab efir bo’lgani uchun katalizatorlar-mineral kislota yoki ishqorlar ishtiroksiz qaynatilgan suv bilan juda oson gidrolizlanadi. Asetilsalisilat kislota ham havoda turib qolsa, sirka va salisilat kislotalarga gidrolizlanadi.
Preparatning gidrolizlanganligini tekshirish uchun FeCl3 bilan bo’ladigan reaksiyadan foydalanish qulay: asetilsalisilat kislota FeCl3 bilan bo’yalmagan holda, gidroliz mahsuloti-salisilat kislota binafsha rang hosil qiladi. Asetilsalisilat kislota medisinada ko’pincha revmatizmga qarshi, isitmani tushiradigan va og’riqni qoldiradigan dori sifatida ishlatiladi. Fenilsalisilat yoki salol-salisilat kislotaning fenil efiri. Birinchi marta M.V. Nenskiy tomonidan olingan. C OH O O Salol-suvda juda yomon eriydigan kristall poroshok bo’lib, 420C da suyuqlanadi. Salol erkin holdagi fenol gidroksiliga ega. Salol suvda yomon erigani sababli eritmalarda FeCl3 bilan bo’yalish reaksiyasini bermaydi, biroq uning eritmalari FeCl3 bilan binafsha rangga bo’yaladi. Salol sekin-asta gidrolizlanadi. Salol medisinada ayrim ichki kasaliklarini davolashda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Uning dezinfeksiyalovchi ta’siri gidrolizlanishi va bunda salisil kislota hamda fenol ajralib chiqishi bilan bog’liq.
n-aminosalisilat kislota (qisqacha PASK) –sal kasalligiga qarshi qo’llaniladigan muhim preparatdir. U m-aminofenolga karbonat angidrid ta’sir ettirib olinadi. H NH2 OH CO2 OH NH2 COOH
Shunisi qiziqki, PASK izomerlari silga qarshi ta’sirga ega emas. Gall yoki 3,4,5-trioksibenzoy kislota C HO OH OH O OH Bu kislota birinchi marta fransuz vinosidan ajratib olingan. Fransiyaning ilgarigi nomi Galliya bo’lganligi sababli, “gall kislota” deb atash shundan kelib chiqqan. Gall kislota choy va oshlovchi ekstraktlar tarkibida anchagina miqdorda uchraydi. U, shuningdek, murakkab modda-taninning tuzilishida ishtirok etadi. Gall kislota odatda taninni suyultirilgan kislotalar bilan gidrolizlash orqali olinadi
Gall kislota kristall moddadir. U 2100 daqizdirilgandayoq CO2 va pirogallolga parchalanadi. COOH OH OH HO OH OH HO CO2 XULOSA Gall kislota faqat kislotagina emas, balki ko’p atomli fenol hamdir. Shuning uchun u oson oksidlanadi. Masalan, uning ishqorli eritmalari havoda qo’ng’ir tusga kiradi. Gall kislota AgNO3 eritmasidan kumushni qaytara oladi, shuning uchun undan fotografiyada ochiltirgich sifatida foydalaniladi. Gall kislota FeCl3 bilan esa ko’kimtir-qora cho’kma hosil qiladi. Gall kislota boshqa ayrim fenolkislotalar bilan birga terilarni oshlashda ishlatiladigan oshlovchi moddalar tarkibiga kiradi. Oshlovchi moddalar ta’mi taxir bo’lib, suvda yaxshi eriydi. Ular kam konsentrasiyada burishtiruvchi ta’sirga ega bo’lgani uchun ham medisinada qo’llaniladi. Hulosa o’rinda shuni aytish kerakki, hayot-turmush tarzida ishlatiladigan oq streptosid, aspirin, salol, n-aminosalisilat kislota, gall kislota o’simliklarning

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.


tarkibida ham uchraydi va hayot –turmush tarzida dori-darmon sifatida keng qullaniladi.
Yüklə 105,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin