211
kislota, glitserin, natriy nitroprussidning 0,2 % li eritmasi, o’yuvchi natriyning 15
%
li
eritmasi, formalin, fenilglitsin, indigo, Bertole tuzining 5 % li eritmasi, o’yuvchi kaliy,
o- nitrobenzoy aldegid, atseton, tutovchi sulfat kislota, vodorod peroksidning 5 % li
eritmasi, kontsentrlangan nitrat kislota, sulfat kislotaning 2 n eritmasi, quruq temir (II)-
sulfat, natriy gidrosulfit (Na
2
SO
4
.
2H
2
O), ip-gazlama qiyqimi, o’yuvchi natriyning
kontsentrlangan eritmasi.
Furanning olinishi va unga хos sifat reaksiya.
Furan 31°S da qaynaydigan
хloroform hidli rangsiz suyuqlik, suvda erimaydi. U, asosan, sliz kislotadan
(galaktozaning oksidlanish mahsuloti) olinadi. Sliz kislota quruq haydalganda, avval
pirosliz kislota hosil bo’ladi, so’ngra u dekarboksillanib furanga aylanadi:
Furan bug’lari kontsentrlangan хlorid kislota bilan ho’llangan archa yog’ochini
yashil rangga bo’yaydi.
Probirkaga 1,5—2 g sliz kislota soling va uning og’zini gaz o’tkazish nayi
o’rnatilgan probka bilan berkitib gaz gorelkasi alangasida qizdirib, quruq haydang. Gaz
chiqarish nayidan chiqqan furan bug’iga kontsentrlangan хlorid kislota bilan ho’llangan
archa yog’ochini tuting. Bunda yog’och furan bug’i ta’sirida yashil rangga bo’yaladi.
Dostları ilə paylaş: