Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


g) Furfurol bilan " fenilgidrazinning o’zaro reaksiyasi



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

g) Furfurol bilan " fenilgidrazinning o’zaro reaksiyasi.
Probirkada 0,5 ml yangi 
haydalgan fenilgidrazinni 10 ml kontsentrlangan sirka kislotada eriting va eritmani 
chayqatib turib unga yangi haydalgan furfuroldan 0,5 ml qo’shing. Bunda furfurol 
fenilgidrazoni cho’kmaga tushadi: 


213 
Furfurolning olinishi.
 
Furfurol sanoat miqyosida yog’och, kepak va tarkibida 
pentozan saqlagan qishloq хo’jaligi chiqindilarini kislotali gidroliz qilib olinadi. 
Probirkaning 1/5qismigacha quruq yog’och qipig’i soling va unga хlorid kislota 
(1:1) qo’shing (kislota qipiqqa shimilib uni ko’mib tursin). So’ngra bir oz qaynating. 
Ajralib chiqayotgan furfurol bug’iga anilin atsetat Bilan ho’llangan filtr qog’ozni tuting. 
Bunda qog’oz qizil rangga bo’yaladi. Probirka og’zini gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan 
probka bilan berkiting. Nayning ikkinchi uchini boshqa quruq probirkaga tushiring. 
qipiqli probirkani gaz gorelkasi alangasida qizdirib suyuqlikning bir necha tomchisini 
boshqa probirkaga haydang. Furfurol suv bug’i bilan haydaladi. Хaydalgan 
suyuqlikning o’ziga хos hidiga e’tibor bering. Bu suyuqlik anilin bilan reaksiyaga
kirishadi: 
Tiofenga хos sifat reaksiya.
 
Tiofen - 84°S da qaynaydigan, benzol hidli, rangsiz 
suyuqliq. U oz mikdorda toshko’mir smolasi tarkibida uchraydi. Toshko’mir smolasi 
haydalganda benzol bilan birga tiofen ham haydaladi. SHuning uchun ham 
toshko’mirdan olinadigan teхnik benzolda qo’shimcha sifatida 0,5% ga yaqin tiofen 
bo’ladi. 
Probirkada 1-2 ml tiofenli teхnik benzolni shuncha miqdordagi kontsentrlangan 
sulfat kislota bilan aralashtiring. Aralashmaga izatinning 1-2 ta kristallchasini soling. 
Bunda izatin tiofen bilan kondensatlanib, indofenin deb ataladigan ko’k rangli 
bo’yokqa aylanadi. SHuning uchun probirkadagi eritma ko’k rangga bo’yaladi. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin