216
4. Indigo bilan «kubli» bo’yash.
Indigo suvda va spirtda mutlaqo erimaganligi
sababli u bilan to’qimalarni bevosita bo’yab bo’lmaydi.
Indigoni bo’yok, sifatida ishlatish uchun uni ishqorli eritmalarda natriygidrosulfit
(Na
2
S
2
O
4
•2N
2
O) Bilan qaytarib oq indigoga, ya’ni leykoindigoga aylantiriladi («kub»
hosil qilinadi). Oq indigo molekulasida fenolga хos enol gidroksillar borligidan, u
ishqorlarda oson eriydi. Oq indigoning ishqordagi rangsiz eritmasi shimdirilgan
gazlama havoda oson oksidlanib, ko’k rangga bo’yaladi. Bo’yashning bu usuli «kubli»
bo’yash deb ataladi.
100 ml sig’imli stakanda 1 g indigo bilan 2-3 ml etil spirtni shisha tayoqcha
yordamida aralashtiring. Hosil bo’lgan aralashmaga 50 ml suv qo’shing. So’ngra
reaksion aralashmani 30-40°S gacha qizdiring. SHu temperaturani saqlab turgan holda
unga 1 g natriy gidrosulfit va 1,5 ml kontsentrlangan o’yuvchi natriy eritmasidan
qo’shing. Bir necha minutdan so’ng (leykoindigo hosil bo’lganligi sababli)eritma
sarg’ish-jigar rangga bo’yaladi. Havo kislorodi ta’sirida eritma yuzasida yupqa indigo
qavati hosil bo’ladi.
Bo’yash uchun stakandagi eritmaga ip-gazlama qiyqimini botiring va eritmani
suv hammomida 50-60°C da 10-15 minut qizdiring. So’ngra eritma shimdirilgan
qiyqimni siqib tashlang va uni shisha tayoqchaga yoyib quying. Gazlama havoda asta-
sekin ko’k rangga bo’yaladi:
Dostları ilə paylaş: