225
aralashmalarni mo’rili shkafda qaynab turgan suv hammomida yoki to’r ustiga qo’yib
gaz gorelkasining kuchsiz alangasidan ehtiyotlik bilan pushti rangli quruq qoldiq
hosil bo’lgunicha qizdiring.
Sovigandan sO’ng birinchi kosachadagi qoldiqqa ammiakning kontsentrlangan
eritmasidan 1-2 ml qo’shing. Bunda binafsha rangli aralashma hosil bo’ladi. Ikkinchi
kosachadagi qoldiqqa o’yuvchi natriyning yoki o’yuvchi kaliyning 5% li eritmasidan
1-2 ml qo’shing. Ko’kish rangli aralashma paydo bo’ladi. Uchinchi kosachadagi
qoldiqqa 1-2 ml kontsentrlangan sulfat kislota va tarkibida tiofen bor teхnik benzol
qo’shing. Bunda ko’k rangli aralashma paydo bo’ladi. Bu eritma qizdirilganda benzol
va tiofen bug’lanib ko’k rang yo’qoladi. Benzol qo’shilsa ko’k rang yana paydo
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: