Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari 
 
Organik kimyo laboratoriyasida ishlashda ehtiyot choralariga rioya qilish 
zarur, chunki organik moddalar oz yoki ko`p darajada zaharlidir. Bundan tashqari 
ularning ko`pi tez o`t oladigan va portlovchi moddalardir. Kimyo laboratoriyasida 
ishlaydigan har bir kishi ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
qilishi kerak. 
Qanday tajriba bajarilishdan qat`iy nazar, albatta bajarilishi shart bo`lgan bir 
qancha umumiy qoidalar mavjud: 
1. Laboratoriyada hech kim yo`qligida ishlash yaramaydi. Chunki baxtsiz 
hodisa ro`y bersa jabrlanuvchiga yordam beradigan va uning oqibatlarini bartaraf 
qiladigan kimsa bo`lmaydi. 
2. Laboratoriyada ish boshlashdan oldin xalat kiyish, suv, elektr energiyasi, 
gaz borligini ko`zdan kechirish, so`ngra xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
qilish kerak. 
3. Har bir talaba, iloji boricha, o`zi uchun ajratilgan joyda ishlashi kerak. 
4. O`tkaziladigan tajribaning tavsifi, unda ishlatiladigan asbob va reaktivlar 
talabaning ish daftarida to`liq yozilgan bo`lishi lozim. Tajriba materialini talaba 
to`liq o`zlashtirganiga o`qituvchi iqror bo`lganidan keyingina ishni bajarishga 
ruxsat etadi. 
5. Tajribani boshlashdan oldin asbob va reaktivlani ko`zdan kechirish, 
asboblarning to`g`ri tanlanganligiga (shlif ulangan joylariga yupqa qilib vazelin 
yoki vakuum surkov moyi surtiladi), tayyorlangan reaktivlarning tozaligiga 
ishonch hosil qilish zarur. 
6. Tajriba o`tkazilayotganda osoyishtalikka, ozodalikka, saranjom-
sarishtalikka rioya qilish kerak. 
7. Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanish qat`iy man etiladi. 
8. Kimyoviy moddalarning ta’mini tatib ko`rish mumkin emas. Har qanday 
eritmani pipetka yordamida og`iz bilan so`rib olish man etiladi. Moddaning hidini 
aniqlash uchun idishga engashmasdan, chuqur nafas olmasdan hidlanadi. Buning 
uchun ehtiyotlik bilan moddaning bug`i yoki gaz idish og`zidan burun tomonga 
qo`l bilan elpiladi va bir oz hidlanadi. 
9. Ish vaqtida gaz yoki vodoprovod jo`mraklari va shunga o`xshashlar, elektr 
asboblar, analitik tarozilar ishlamay qolsa tezda o`qituvchiga yoki laborantga 
murojaat qilish kerak. 
10. Tajriba tugagach, gaz gorelkasi va suv jo`mraklarini berkitish, elektr 
asboblarini o`chirish, shuningdek tajriba natijalarini laboratoriya daftariga yozish 
kerak. 
11. Tajriba natijasida hosil bo`lgan chiqindilarni, ya`ni kislotalar, ishqorlar, 
tez o`t oladigan moddalar, fil’tr qog`oz, suvda erimaydigan moddalar, bo`yoq 
moddalar va shunga o`xshashlarni rakovinaga to`kish man etiladi, ularni maxsus 
idishlarga yig`ish kerak. 
12. Talaba ishlatilib bo`lingan reaktivlarni, o`zi sintez qilgan moddani katta 
laborantga topshirishi lozim. Ishlatgan idishlarni va asboblarni tozalab, shkaflarga 
qo`yib, ish joyini toza qoldirishi kerak. 



13. Laboratoriya darsini qoldirgan talabaning o`qituvchisiz yoki katta 
laborantsiz tajriba o`tkazishi ruxsat etilmaydi. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin