Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Zaharli, oson alangalanadigan va portlovchi moddalar bilan ishlash



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Zaharli, oson alangalanadigan va portlovchi moddalar bilan ishlash 
Laboratoriyalarda organik moddalarni sintez qilishda zaharli, oson 
uchuvchan, oson alangalanadigan, portlovchi reaktiv va erituvchilar bilan ishlashga 
to`g`ri keladi. Shuning uchun ishlatiladigan organik moddalarning xossalarini 
bilish ish jarayonida yuz berishi mumkin bo`lgan ko`ngilsiz hodisalarning oldini 
oladi. 
Reaksiya uchun olingan reaktivlarning xossalarini bilish bilan birga 
reaksiyada hosil bo`ladigan oraliq mahsulotlarning xususiyatlarini ham bilgan 
ma`qul. Bu bilan tajriba o`tkazayotgan talaba birinchidan, o`zining sog`lig`ini 
saqlasa, ikkinchidan, atrofdagilarni va muhitni zaharlashdan saqlaydi. 
Organik moddalarni sintez qilishda ishlatiladigan moddalarning ko`pi
zaharli hisoblanadi. Masalan, dioksan, tetragidrofuran, yog`och spirti, piridin, 
akrilonitril, benzol, anilin, xlorangidridlar, tsianid kislota va uning tuzlari, fosgen, 
uglerod va azot oksidlari, diazometan, vodorod sul’fid, simob, brom va boshqalar. 
Bunday moddalar bilan ishlashda quyidagilarga amal qilish kerak: 
1. Ko`p miqdodagi zaharli moddalar bilan qilinadigan ishlar maxsus 
xonalarda olib boriladi. 
2. Laboratoriyada zaharli moddalar bilan ishlashda, birinchi navbatda, 
mo`rili shkafning ishlashi, yig`ilgan asbobning ulangan yerlari mustahkam bo`lishi 
va sintezda ishlatiladigan tomizgich, ajratgich voronkalarning jo`mraklari puxta 
o`rnatilgan bo`lishi kerak. 
3. Zaharli moddalani o`lchashda yoki tarozida tortishda rezina qo`lqop 
kiyish, himoya ko`zoynagi taqish, ulardan foydalanib bo`lingandan keyin esa 
sovunlab yuvish kerak. 
4. Zaharli moddalarni yoki eritmalarni laboratoriyada qoldirish mumkin 
emas, ularni ishlatib bo`lgandan so`ng laborantga topshirish shart. 
5. Oson alangalanuvchan organik moddalar bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot 
bo`lish kerak. etil efir, spirt, petroley efir, benzol, benzin, ligroin va boshqalar 
shular jumlasidandir. 
6. Oson alangalanuvchan moddalarni ochiq alangada qizdirish, alanga 
yaqinida saqlash man etiladi, faqat usti berk maxsus elektr plitkalarda, suv 
hammomida qizdirish va haydash mumkin. 
7. Etil efirni haydashda yig`gich idish yaqinida hech qanday alanga manbai 
bo`lmasligi kerak. 
8. Oson alangalanuvchan moddalarni va erituvchilarni salqin va vertilyator 
o`rnatilgan omborlarda saqlash lozim. Ularni issiq xonalarda, termostat va isitish 
batareyalari oldida saqlash man etiladi. 
9. Zaharli va oson alangalanuvchan moddalar qoldiqlarini rakovinaga, axlat 
idishiga to`kish man etiladi. Ularni mo`rili shkaf tagiga qo`yilgan maxsus 
idishlargagina quyish kerak. 
10. Oson alangalanuvchan moddalar bilan tajriba o`tkazilayotgan xonada 
chekish qat`iy man etiladi. 
11. Gazometrga vodorod yoki boshqa yonuvchan gazlar to`ldirilayotganda 
atrofda alanga bo`lmasligi kerak. 



12. Kontsentrlangan nitrat kislotaga oson alangalanuvchan moddalarni 
quyish man etiladi. 
13. Kontsentrlangan kislotalar, ishqoriy metallar, ayrim organik moddalar 
tajriba vaqtida, hamda reaksiya yuqori va past bosimda olib borilishi natijasida 
portlashi mumkin. Shuning uchun bunday tajribalarda himoya ko`zoynagi 
taqishdan tashqari, organik shishadan yasalgan himoya ekrani ham qo`yish lozim. 
14. Natriy amidi, natriy va kaliy metallarini suv ‘bilan aralashtirmaslik 
kerak, aks holda reaksiya shiddatli borib, portlash, yong`in va ko`ngilsiz 
hodisalarga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun natriy solib quritilgan efir suv 
hammomida emas, balki havo hammomida haydaladi. 
15. Moddalarning erish haroratini aniqlashda kontsentrlangan sul’fat kislota 
solingan asbobdan foydalaniladi. Bunda asbob ichidagi aralashma qattiq qizib 
ketishi natijasida ba`zan kislota sachrashi mumkin. Bunday tajribalarda himoya 
ko`zoynagi taqish kerak. 
16. Ba`zi erituvchilar (dietilefir, tsiklogeksan va boshqalar) uzoq turish 
natijasida peroksid birikmaga aylanib qoladi. Shuning uchun bunday eritmalrni 
reaksiya uchun ishlatishdan oldin tekshirish kerak. Buning uchun 1 ml erituvchida 
kaliy yodidning kislotali eritmasidan 1 ml quyilganda yod ajralishi tufayli eritma 
qo`ng`ir rangga bo`yalishi peroksid borligini ko`rsatadi. Eritma tarkibidagi 
peroksidni yo`qotish uchun unga o`yuvchi natriy yoki kaliy ta`sir ettiriladi. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin