Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi Moslanish
Mimikriya. Ba’zi hollarda dushmanlari tomonidan ko‘p qiri- ladigan hayvonlar tanaslning rangi, shakli bilan «ogohlantiruvchi rangli» organizmlarga taqlid qiladi. Kushandalari tomonidan ko‘p qiriladigan himoyasiz hayvonlarning «ogohlantiruvchi rangli» kam qiriladigan organizmlarga taqlid qilishi mimikriya hodisasi deb ataladi. Ba’zi bir pashshalarning ayrim kapalak turlarining rang jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmachaqo‘ng‘izlarga, zaharsiz ilonlarning zaharli ilonlar rangida bo‘lishlari mimikriya hodisasiga misoldir (34-rasm). Shuni qayd qilish lozimki, himoya va ogohlantiruvchi ranglar hayvon xatti-harakati bilan bog‘langan
holda yanada samarali natija beradi. Qamishzorlarda yashovchi ko‘lbuqa qushi patlarining rangi bilan qamishlarni eslatadi. Shunga qaramay biror xavf sezilsa, u darrov bo‘ynini cho‘zib, tumshug‘ini ko‘targan holda qimirlamay turadi. Bunday vaziyat- da uni dushmani payqamay qoladi.
Rang va shakl jihatidan taqlid qilish faqat organizmlargagina emas, hatto tuxumlarga ham xos. Masalan, kakku qush urchishi uchun boshqa qushlar singari in qurmaydi va tuxumini mayda qushlar — qorayaloqlar, jibilajibonlar, bulbul, sirchumchuqlarning inlariga qo‘yadi. Eng muhimi shundan iboratki, kakku tuxum qo‘yishdan oldin ana shu qushlarning inlaridagi tuxumlarni ko‘rib ularga taqlid qilib tuxum qo‘yadi va uning qo‘ygan tuxumlarining rangi, hajmi in egalarining tuxumlariga o‘xshash bo‘ladi (35- rasm).
Bundan tashqari ham hayvonlarning nasl qoldirish bilan aloqador moslanishlari mavjud. Chunonchi, ayrim hasharotlar- ning urg‘ochilari tanadagi bezlardan ajralgan hidlari orqali
34-rasm. Hayvonlarda «ogohlantiruvchi» rang va mimikriya hodisasi: 1—belyanka; 2—zaharli gelekonius kapalak; 3—oynasimon kapalak; 4—g‘o‘ng‘illovchi pashsha; 5—oddiy ari; 6—zaharli korall aspidi; 7—zaharsiz Amerika suviloni; 8—«xonqizi» qo‘ng‘izi; 9—suvarak.
erkak individlarni o‘zlariga jalb qiladilar. Ba’zi moslanishlar nasl yetishtirish bilan aloqador. Amerika som balig‘i chavog‘lar rivojlanguncha tuxumlarni qorin tomonga yopishtirgan holda yuradi. Povituxa deb ataluvchi qurbaqa otalangan tuxumlarini to yosh qurbaqalar rivojlanguncha orqa tomonda «opichlab» yuradi. Tuban umurtqalilardan farqli ravishda qushlar tuxumlarini maxsus inlariga qo‘yib o‘z tana harorati bilan ularni isitadi- lar. Tuxumdan jish parranda chiqqach, uni tinmay oziqlanti- radilar, dushmanlardan himoya qiladilar. Nasl uchun qayg‘urish
Organizmlardagi moslanishdan tashqari tur doirasidagi moslanishlar ham mavjud. Tur doirasidagi moslanishlarga guruh bo‘lib yashovchi organizmlarda oziqlanish, urchish, nasl qoldirish, dushmanlardan himoyalanishga, noqulay ob-havo sharoitlar qarshiligini yengishga aloqador bo‘lgan moslanishlarni kiritish mumkin.