Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi Moslanish
Moslanishlarning kelib chiqishi. Darvin tashqi muhitning muayyan sharoitida organizmlardagi murakkab va turli-tuman moslanishlar qanday paydo bo‘lganligini ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Darvin mulohazasi qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlash maqsadida kapalaklar tana rangining o‘zgarishiga oid ma’lumot- larni tahlil qilib chiqamiz.
XVIII—XIX asrdan boshlab tangaqanotlilarning 70 ga yaqin turida tana rangining o‘zgarganligi ma’lum bo‘ldi. Bunday o‘zga- rishlarning sababi qayin odimchisi deb nom olgan kapalak turida atroflama o‘rganildi (38-rasm). Mazkur kapalakning tanasl oq rangda bo‘lib u oqqayin po‘stlog‘iga o‘tirganda ko‘zga tashlan- maydi. Binobarin u himoya vazifasini o‘taydi. Keyingi 200 yil davomida ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida zavod-fabrikalarning ko‘payishi va ulardan ajralgan chiqindilar hisobiga shahar, sanoat markazlari ifloslanib, daraxt tanalari, shox-shabbalari barglari qurum, changlar bilan qoplana bordi.
38-rasm. Odimchi oqqayin kapalagining shahardagi (qoramtir) va daladagi (oqish) formalari. Ma’lumki, muhit omillarining o‘zgarishi u yerda yashayotgan organizmlarga ta’sir etmay qolmaydi. Lekin bu o‘zgarishlar ilgari qayd etilganidek zararli, neytral va foydali bo‘ladi. Shunga ko‘ra qishloq joylarda mutatsion o‘zgaruvchanlik natijasida qoramtir kapalaklar paydo bo‘lsa, ular tezda hasharotxo‘r qushlar tomonidan yeb bitirilgan. Chunki ularda himoya rangi bo‘lmagani uchun hasharotxo‘r qushlar ularni yaxshi ko‘rishgan. Sanoatlash- gan markazlarda esa bunday kapalaklar rangi qurum bosgan daraxt tanasl, shox-shabbasi rangida bo‘lgani sababli himoya vazifasini o‘tagan. Shu zaylda shaharda qoramtir, qishloqda oq rangli kapalaklar son jiliatdan ko'paya borgan. Hasharotxo‘r qushlar ustida o‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha chittak, moy- qut va boshqa shu singari qushlar sanoat markazlarida qayin odim- chi kapalagining oqish, qishloq joylarida esa qoramtir nusxalarini ko‘proq yer ekan. Genetiklarning aniqlashicha, qayin odimchisi ka- palagida tana rangining xatti- harakatining o‘zgarishi gen mu- tatsiyasiga aloqador.
Bayon etilgan ma’lumotlar tangaqanotlilarning himoya rangi irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasi ekanligini ko‘rsa- tadi. Bu esa o‘z navbatida Darvinning tabiiy tanlanish tufayli moslanishlar kelib chiqqanligi haqidagi mulohazasi naqadar to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi.
Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligi
Organizmlarning muhit sharoitiga moslanishi uzoq muddatli tarixiy jarayonda tabiiy tanlanish ta’siri tufayli paydo bo‘lgan. Shunga qaramay u mutlaq emas, nisbiydir. Chunki muhit, sharoit- larning o‘zgarishi tez, moslanishning paydo bo‘lishi esa sekinlik bilan kechadi. Moslanishning nisbiy xarakterda ekanligini juda ko‘p dalillar yordamida isbotlash mumkin. Avvalo, organizmda bir turdan saqlanish uchun paydo bo‘lgan moslanishlar boshqa turdan himoyalanishda samara bermasligini qayd qilib o‘tish kerak. Masalan, cho‘l toshbaqalarining ustki, ostki kosalari ko‘pchilik yirtqich hayvonlardan himoya qilsa ham, burgut, boltayutar, sarisor kabi yirtqrch qushlardan himoya qila olmaydi. Chunki ular toshbaqalarni osmondan qattiq yerga tashlab parchalab yeydilar. Shunga o‘xshash tipratikanning «tikanli po‘stini» ham uni hamma yirtqich hayvonlardan, xususan, tulkilardan himoya qila olmaydi. Ko‘pchilik hayvonlar, odamlar uchun xavfli hisoblangan zaharli ilonlarni mangustlar, tipratikanlar, cho‘chqalar yeyishi ma’lum. Ari, qovoqarini aksariyat ko‘pchilik hasharotxo‘r qushlar yemagan holda, ular Sirdaryo atrofida uchrovchi qarchig‘aysimon oilasiga kiruvchi arixo‘r qushning asosiy ozig‘i hisoblanadi.
Bundantashqaribirxilsharoitdapaydobo‘lganorganizmdagimoslanishlarikkinchixilsharoitdafoydasiz, hattoziyonbo‘lishimumkin. Baliqlarningtanatuzilishi, funksiyasisuvmuhi- tidafoydali, quruqlikdabumoslanishlarularnihalokbo‘lishigaolibkeladi. Qaldirg‘ochninguzunqanotlari, nimjonoyoqlarihavomuhitidanihoyatdafoydalibo‘lsa-da, yerdagiharakatlanishigako‘pinchato‘siqbo‘ladi. Xuddishuningdektog‘ g‘ozlaribarmoq- lariningorasidagipardaquruqlikdaularuchunziyonhisoblanadi. Hayvonlardagi yashash uchun kurash tabiiy tanlanish ta’sirida shakllangan instinktlar ba’zan maqsadga nomuvofiq bo‘ladi. Chunonchi, tungi kapalaklar oq gullardan nektar yig‘ish instink- tiga ega. Shu bilan tungi kapalaklar yorug‘ beruvchi lampaga yaqinlashib o‘zlarini nobud qilishlarini har bir o‘quvchi ko‘rgan. Bularning hammasi organizmlardagi barcha moslanishlar mutlaq emas, nisbiy ekanligidan dalolat beradi.