Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi Moslanish


O‘simliklar olamidagi moslanish



Yüklə 174,97 Kb.
səhifə5/6
tarix02.01.2022
ölçüsü174,97 Kb.
#43549
1   2   3   4   5   6
Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi Moslanish

O‘simliklar olamidagi moslanish. Hayvonlar singari o‘simlik- larda ham tashqi muhit omillariga nisbatan bir qancha moslanishlar mavjud. Masalan, nam tanqisligiga o‘simliklar turlicha moslashgan bo‘ladi. Bir xil o‘simliklarning bargi ustki tomondan mum qavat (fikus), ikkinchi xillarda qalin tuklar (sigir quyruq) bilan qoplangan. Saksovulda barglar kichik «tangacha»larga aylangan. Yantoqning barglari mayda va qattiq, ko‘pgina shox- chalari tikan shaklida. Kaktus, aloe, agavalar sersuv o‘simliklar hisoblanadi. Ba’zi o‘simliklarning vegetatsiya davri juda qisqa, masalan, ayiqtovon, yaltirbosh erta bahorda o‘sib, rivojlanib, urug‘ berishga ulguradi. Yantoq, shuvoq kabi o‘simliklar qur- g‘oqchilik paytida barglarini to‘kish orqali o‘z hayotini saqlaydi.

O‘simliklarning chetdan changlanish bilan aloqador bo‘lgan bir qancha moslanishlar bor. Hasharotlar orqali changlanadigan o‘simliklarning gultojbarglari yirikligi, rangining xilma-xilligi, xushbo‘y hid tarqatishi, nektar ajratishi bilan hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Aksincha, shamol yordamida changlanadigan o‘sim- liklarning gullari mayda, ko‘rimsiz, hidsiz, changlari juda yengil. O‘simliklarda meva va urug‘larning tarqalishiga nisbatan ham bir qancha moslanishlarni ko‘rish mumkin. Shamol yordamida tar- qaladigan qayin, qayrag‘och aylant, zarang meva va urug‘larida qanotsimon o‘simtalar, g‘o‘za chigitida tuklar bo‘ladi. Ittikanak, sariqchoy, yovvoyi sabzi, qariqiz, qo‘ytikan mevalarida ilgak, tikan, tuklar bo‘lib, ular hayvonlarning juniga, qushlarning pati- ga, odamla^ing kiyimiga yopishishi orqali uzoq masofalarga tarqaladi (36—37-rasmlar). Etdor, sersuv danakli va danaksiz mevalar qushlar va boshqa hayvonlar tomonidan yeyilib, hazm bo‘lmagan urug‘lar axlat orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Shu yo‘sinda ular boshqa joylarga tarqaladi. Suv orqali tarqaladi- gan meva va urug‘larda ham ba’zi bir moslanishlar bor.

Bayon etilganlarga xulosa qilib biz moslanish deyilganda tirik




36-rasm. Mevalarning hayvonlar va odamlar yordamida tarqalishi: 1—repishka; 2—ilashuvchi, beda dukkagi; 3—qariqizning «qarmoqli» savatchasi; 4—qo‘ytikanning tikanli mevasi; 5—ebalak navi sanchuvchi mevasi; 6—temirtikanning sanchuvchi mevasi.







37-rasm. Mevalarni shamol yordamidagi tarqalishi: 1—qayin; 2—qayrag‘och; 3—zarang; 4—sassiqdaraxt; 5—shumtol; 6—qarag‘ay.




organizmlarning ma’lum muhitda yashab, nasl qoldirishini tushu- nish kerakligini qayd qilib o‘tamiz.


Yüklə 174,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin