Organizmlarning oziqlanishi



Yüklə 8,5 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü8,5 Kb.
#182375
  1   2
Organizmlarning oziqlanishi-genderi.org


Organizmlarning oziqlanishi

ORGANIZMLARNING OZIQLANISHI
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Oziqlanishning mohiyati. Barcha tirik organizmlar bilan atrof-muhit o‘rtasida uzluksiz modda va energiya almashinuvi sodir bo‘ladi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlar, ya’ni hujayralardagi organik moddalar sintezi, membrana orqali moddalar
transporti, hujayralarning o‘sishi va bo‘linishi, to‘qima va organlar faoliyati, tana harorati doimiyligini saqlash uchun energiya zarur. Bu energiya oziq moddalarning parchalanish jarayonida hosil bo‘ladi.
Tirik organizmlar tomonidan modda va energiyaning o‘zlashtirilishi oziqlanish deyiladi. Oziq moddalar organizmning har bir hujayrasini energiya va qurilish materiallari bilan ta’minlaydi. Oziqlanish tirik organizmlarning muhim fiziologik xususiyatidir. Tabiatdagi barcha organizmlar oziq manbai sifatida bir – biri bilan bog‘lanib, oziq to‘rini hosil qiladi. Oziq to‘rida o‘simliklar – hosil qiluvchi (produtsent), hayvonlar – iste’mol qiluvchi (konsument), bakteriya va zamburug‘lar – parchalovchi (redutsent) hisoblanadi.
Avtotrof va geterotrof oziqlanish. Organizmlar energiya va uglerodning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotrof va geterotroflarga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. Avtotroflar CO2, suv va mineral tuzlardan organik moddalarni sintez qiladi. Ular biosintez reaksiyalari uchun energiya manbayi sifatida yorug‘lik energiyasidan foydalanadi. Bunday organizmlar fototroflar deb ataladi.
Geterotroflar tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlardir. Geterotrof organizmlarning quyidagi guruhlari mavjud: golozoy, saprofit, parazit.
Golozoy oziqlanish bir necha bosqichdan iborat: oziqning yutilishi, hazm qilinishi, ya’ni fermentlar ta’sirida parchalanishi, so‘rilishi. Oziqlanishning bu tipi odamlar va hayvonlarga xos. Golozoy oziqlanishdan farqli ravishda, saprofit oziqlanish bosqichlari quyidagi tartibda sodir bo‘ladi: hazm fermentlarining tashqi muhitga ajralishi, oziqning fermentlar ta’sirida parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining organizm tomonidan qabul qilinishi. Saprofit organizmlarga zamburug‘lar, ayrim bakteriyalar misol bo‘ladi.
Parazitlar xo‘jayin organizmidagi tayyor oziq moddalar hisobiga yashaydi. Parazit hayot kechirish ayrim bakteriyalar (ko‘kyo‘tal, vabo, o‘lat, qoqshol kabi kasallik qo‘zg‘atuvchilar), zamburug‘lar (vertisillium, qorakuya, zang zamburug‘lari), o‘simliklar (raffleziya, devpechak, zarpechak, shumg‘iya), hayvonlar (leyshmaniya, bezgak paraziti, tripanosoma, askarida, jigar qurti)ga xos.
O‘simliklar yashash uchun tashqi muhitdan zarur moddalar va energiyani o‘zlashtiradi. Bu moddalar o‘simlik hujayralarida o‘zgarishga uchraydi va o‘simlik tanasi qurilishida ishtirok etuvchi moddalarga aylanadi. O‘simlik organizmini qurilishiga sarflanadigan moddalarni hosil qilish uchun energiya zarur. Masalan, hujayrada kechadigan barcha biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi, o‘tkazuvchi to‘qimalarda moddalar suvda erigan holda tashiladi, suv o‘simlikni qizib ketishdan va. O‘simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz almashinib turadi va bu jarayonni suv rejimi deyiladi. Yuksak o‘simliklarda suv ildiz orqali shimiladi, shimilgan suv o‘simlik tanasi bo‘ylab taqsimlanadi va barg og‘izchalari orqali bug‘lanadi.
Azot. O‘simliklarda azot oqsillar, nuklein kislotalar, fitogormonlar, aminokislotalar tarkibiga kirib, uruglarda zaxira oqsillar tarkibida to‘planadi. Tuproqda azot yetishmasa o‘simliklarning o‘sishi sekinlashadi va uning barglari maydalashib sarg‘ayadi. Shuningdek, gul va kurtaklar to‘kiladi. Azotning o‘simliklar uchun o‘ta yetishmasligi uning qurib qolishiga olib keladi.

Yüklə 8,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin