alveolasi suyak devorining ko’tarilib, sal og`rib turganini aniqlash mumkin.
Gingivit
Gingivit milklar shilliq pardasining yallig`lanishi bo’lib, bundamush bilan milkning birlashgan joyy bo`zilmaydi. Gingivit mahalliy da
tarkok bo’lishi mumkin. Tish kiridagi
mikroorganizmlar (ayniqsa streptokokk), milklarning shikastlanishi (mexaniq fiziq kimyoviy ta'sirotlardan), umumiy infeksiyalar,
moddalar almashinuviga aloqador va endokrin
sistemasi kasalliklari gingivitga sabab bo’la oladi. Gingivit bolalar va yoshlarda ko’proq uchraydi.
Yalliglanishning tabiatiga qarab, kataral, yarali, gapertrofik gingivit tafovut qilinadi. Gingivitning kataral va yarali xillari o’tkir va
Surunkali tarzda o’tsa, gipertrofik xili
faqat Surunkali tarzda o’tib boradi, lekin bundan oldin kataral yallig`lanish bo’lib o’tadi. Yalliglanish jarayonining nechog`lik
tarqalganiga qarab, gingivit ikki darajaga ajratiladi:
engil darajadagi gingivitda milk so’g`ichlari zararlansa, og`ir darajadagi gingivitda milklarning marginal va alveolyar so’rg`ichlari
yallig`lanishga qushilib ketadi. Gingivitning
gipertrofik xilida kuzatiladigan mikroskopik o’zgarishlar jumlasiga milk to’qimasida limfositlardan, plazmatik hujayralardan iborat
kattagina infiltrasiya paydo bo’lishi,
kollagen tolalar va qoplag`ich epiteliy hujayralari o’sib borib, giperkeratoz va akantoz hodisalari boshlanishi kiradi. Kasallik
qo’zigan mahallarda neytrofil leykositlardan
tashqari semiz hujayralar ham paydo bo’ladi.
Surunkasiga davom etib boradigan gingivit (kataral, yarali, gipertrofik gingivit) dan keyin ko’pincha parodont kasalliklari
boshlanadi.
Parodont kasalliklari
Parodontda uchraydigan patologik jarayonlar tabiatan Surunkali bo’lib, zimdan boshlanadi. Keng tarqalgan va u kariesdan farq
qilib, o’rta yashar odamlarda kuzatiladi. Parodontit - bu
parodontning yallig`lanishi bo’lib, bundaperiodont, suyak to’qimasi, tish to’sihujayralari keyinchalik destruksiyaga uchraydi va milk
hamda parodontda haltumlar paydo bo`ladi.
Bu kasallik etiologiyasida mahalliy va umumiy omillarning ahamiyati bor. Mahalliy omillar jumlasiga tishlar va og`iz bo’shlig`i
yumshoq to’qimalari rivojlanishining nuqsonlari, lablar
yuganchasining kaltaligi va boshqalar kiradi. Umumiy omillar jumlasiga endokrin sistema kasalliklari (masalan, qandli diabet,
Isenko-Qo`shing kasalligi), jinsiy organlar, nerv
sistemasi kasalliklari (oligofreniya), revmatik kasalliklar, hazm sistemasi kasalliklari (yara kasalligi, Surunkali gepatit),
YURAK-tomirlar sistemasi kasalliklari (ateroskleroz,
gipertoniya kasalligi), moddalar almashinuvining buzilishi, avitaminozlarni aytib o’tish kerak har xil sabablarga aloqador
mikroangiopatiyaning ahamiyati ham bor, bundagipoksiya
kuchayib borib, to’qimalar trofikasi bo`ziladi, to’qimalar, jumladan parodont regenerasiyasi izdan chiqadi.
Parodontda yallig`lanish boshlanishida uchta etiologik omil: immunologiq mikroblarga aloqador va mexaniq omillar rol o’ynaydi.
Tish kirida bo’ladigan mikroblar antigen bo’lib
maydonga chiqadi-da, atrofdagi to’qimalarda Surunkali yallig`lanishga sabab bo’ladi. Bundabiologik jihatdan faol bo’lgan bir talay
moddalar, jumladan neytrofillarning lizosomal
fermentlari va immo`n sistema effektor hujayralarining mediatorlari hosil bo’ladi. Tish kirining ko’payishi bularning minerallashib, tish
toshlari hosil bo`lishiga yo’l ochadi, tish
toshlari esa yaqin to’qimalarga mexaniq ta'sirot tariqasida ta'sir o’tkazib turadi. Yallig`lanish reaksiyasi zo’raygan sari alveolyar
suyakning rezorbsiyasi kuchayib boradi.
Patologik anatomiyasi. Jarayon milk yallig`lanishidan boshlanadi va Surunkali kataral yoki gipertrofik gingivit bilan namoyon
bo’ladi. Milk usti va ostida mikroblar to’plamlari, ko’chib
to`shgan epitelial hujayralar, amorf detrit, leykositlardan iborat tish kiri paydo bo’ladi, tish kiridan tashqari tish toshi ham topilib
turadi. Milk chetining epiteliysida hujayralar
distrofiyasi, nekrozi, biriktiruvchi to’qimada mukoid, fibrinoid bo’kish, vasqo’litlar ko’zga tashlanadi. Milk yallig`lanishi natijasida tish
bilan milkning birikkan joyi, keyinchalik esa
tishning doiraviy boylami ham yemiriladi, tish-milk haltumi paydo bo’ladi (48-rasm). Mikroblar va toksinlari periodont tirqishiga
o’tadi, bu tirqish kengayib boradi. Osteoklastlar
suyakni yemirib, mayda lakunalar (kovaqtar) hosil qiladi, lakunar rezorbsiya natijasida strukturasiz massa (mikroblar qoloniyalari,
yemirilgan leykositlar, ovqat qoldihujayralari),
granulyasion to’qima bilan to’lgan parodontal haltum paydo bo’ladi. Bu granulyasion to’qima neytrofillar, plazmatik hujayralar,
makrofaglar va limfositlarga boy bo’lib, unda ko’p
qavatli yassi epiteliy tortmalari uchraydi, shy epiteliy tortmalari tish uchigacha yetib borishi mumkin. hosil bo’lgan haltumdan yiring
chiqib turadi (alveolyar pioreya). Rentgenologik yo’l
bilan tekshirishda parodontdagi bu o’zgarishlar osteoporoz ko’rinishida ko’zga tashlanadi. Rezorbsiya hodisasi tish chuqurchasi
suyak to’qimasining to tish ildizigacha to’la so’rilib ketishiga
olib keladi. Shuning natijasida tish o’z o’rnidan ko’chib qoladi. Parodontitda sement ham rezorbsiyaga uchrab, sement-dentin
tokchalari hosil bo’ladi. Shu bilan birga yangidan sement hosil
bo’lib turishi ham mumkin (gipersementoz). Tish pulpasida esa distrofiya va atrofiya boshlanadi. Parodontit oqibatida tishlar
qimirlab qoladi va to`shib ketadi, yiringli yallig`lanish
o’chohujayralari odontogen sepsisga sabab bo’lishi mumkin.
Suyak to’qimasida quyidagi o’zgarishlar ro’y beradi: suyak strukturalari almashinuvining kechiqishi, suyak trabeqo’lalarining
qalinlashuvi, osteonlar birikish joyining dag`allashib,
keyinchalik suyak oddiy tuzilishining yo’qolib ketishi - eburneasiya o’chohujayralari harakterlidir. Suyak kortikal qavatining qalinlashib,
zichlashib qolishi bilan o’tadigan va suyakni fil
suyagiga o’xshatib qo’yadigan osteoskleroz, osteoporoz o’chohujayralari (suyak hajm birligidagi suyak to’sinlari soni kamayib qolgan,
shu elementlar yupqa tortib, qiyshayib qolgan va bir qismi
so’rilib ketgan joylar) bilan navbatlashib boradi. Suyakning ko’p joylarida devorlari silliq kovaqtar - pazuxalar paydo bo’ladi. Suyak
to’qimasidagi shy o’zgarishlar bilan bir qatorda
mikrosirqo’lyator o’zanda ham o’zgarishlar boshlanadi, bular mayda tomirlar devorlarining skleroz va gialinozga uchrab, yo’li torayib
qolishi yoki butunlay bitib ketishi bilan
ifodalanadi. Natijada kapillyar to’r tuzilishi aynaydi. Oqibatda toshni mahkam ushlab turadigan apparat yemirilib, tish o’z o’rnidan
"ko’chib" chiqadi (49-rasm).
Parodontozning klinik ko’rinishlari kasallik avj olib borishining davriga bog`liq. Parodontoz endigina boshlanib kelayotgan davrda
gingivitga o’xshab o’tadi. Milklar qonab turadi,
ovqat mahalida yoki tishlar tozalanayotgan paytda og`riq seziladi, tishlarning milk so’g`onlari kamqonli yoki gipertrofiyalangan
bo’ladi, milklar achishadi yoki uvishib qolgandek bo’lib
turadi, milk ustida va tagida tish toshi paydo bo’lib boradi. Jarayon zo’rayib borgani sayin gingivit tabiatan tarqoq bo’lib boradi.
Milklar kerkib, qon dimlanishiga aloqador giperemiya
va qonash hodisalari kuzatiladi, paradontal haltumlar hosil bo’lib, ulardan yiring chiqib turadi. Tishlar qimirlab, bo’yni va ildizlari
ochilib qoladi.
Og` IZ Bo`ShLIg` I ShILLIQ PARDASI KASALLIKLARI
Xeylitlar
Xeylitlar - yig`ma atama bo’lib, lablar shilliq pardasi bilan terisining qizil jiyagini yallig`lanishi degan ma'noni bildiradi. Bular
ko’pincha og`iz bo’shlig`i shilliq pardasining
travmatiq infeksion omillar tufayli, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari munosabati bilan har xil tarzda yallig`lanishi
mahalida kuzatiladi. Mustaqil xeylitlar ham
uchraydi, quyida shularni tasvirlab o’tamiz.
Eksfoliativ xeylit ikki shaklda: quruq va ekssudativ xeylit tarzida namoyon bo’ladi. Quruq xeylit uchunlabning qizil jiyagi yuzasida
qon dimlanib, giperemiya boshlanishi
harakterlidir, bundalabning qizil jiyagida quruq, yarim tiniq tangachalar paydo bo’ladi. Ekssudativ xeylitda lablar shishib, qizarib
turadi, ularda to’q qo’lrang tusli nam tangachalar
va qora-qo’tirlar paydo bo’ladi (50-rasm).
Meteorologik xeylit shamol, harorat, chang va havo ta'siri tufayli boshlanadi. Lablarning Diffuz tarzda yallig`lanishi notekis
giperemiya, qovjirash, biroz po’st tashlash, kamgina
infiltrasiya paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi. Lablarning shilliq pardasi va terisida eroziya va yorihujayralar paydo bo’lishi mumkin.
Oddiy glandulyar xeylitda shilimshiq-seroz bezlarning keskin giperplaziyasi va ajratuv yo’llari asinuslarining kistoz kengayishi
kuzatiladi. Bezlar stromasi shishib, yumshab qoladi.
Yiringli glandulyar xeylit lablar juda shishib, sariq-yashil yoki qo’ng`ir-qora tusli qalin qoraqo’tirlar paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi.
Mikroskopik tekshirishda bezlarning
giperplaziyaga uchrab, epiteliyning shishib turgani aniqlanadi, bezlar stromasida esa shish, yiringli Diffuz infiltrasiya borligi ko’zga
tashlanadi.
Glandulyar makroxeylitda lablarning shilimshiq-seroz bezlari giperplaziyaga uchrab, stromasida Surunkali yallig`lanish jarayoni
boshlanadi.
Limfedematoz xeylit limfa hosil bo’lishining izdan chiqishiga aloqador kasallik bo’lib, lablarning haddan tashqari kattalashib
ketishiga olib keladi (lablar gigantizmi). Bunda
biriktiruvchi to’qimada shish paydo bo’lib, tolalari bir-biridan ajralib qoladi, limfa tomirlar kengayib, limfoektaziyalar paydo bo’ladi.
Lablar qizil jiyagining cheklangan rak oldi giperkeratozi. Sirtdan ko’zdan kechirilganda odamning labida ichiga tortgan yoki
ko’tarilib turgan joylar topiladi. Bular mahkam yopishgan
tangachalar bilan qoplangan bo’ladi. Paypaslab ko’rilganida yuzasida plastinkasimon zichlashma qo’lga o`nnaydi. Gistologik
tekshiruvda epiteliyda hujayralar joylashuvi tartibining
bo`zilgani va hujayralar polimorfizmi, cheklangan akantoz, yuza tomonda giperkeratoz topiladi.
Manganottining prekankroz abraziv xeyliti. Bu xildagi xeylitning paydo bo’lishiga olib keladigan sabablar: travma, quyosh nuri
ta'siri va gerpesdir. Sirtdan ko’zdan kechirilganida
labda yuzasi silliq bo’lib turgan bitta yoki bir nechta qizil eroziyalar bo’ladi. Bular ba'zan mahkam yopishgan qonli yoki seroz
qora-qo’tir bilan qoplanib turadi. Gistologik tekshiruvda
epiteliy nuqsoni borligi topiladi. Epiteliyning chetida yo akantoz bo’ladi yoki epiteliy atrofiyaga uchragan bo’lib chiqadi. Terining
tikansimon qavatida atipiya belgilari bor
hujayralar topiladi. Davo qilinmasa bu o’zgarishlar ikki oy yoki bir necha yildan keyin rakka aylanib ketishi mumkin. Bundaeroziya
bo’lib turgan joy juda qattiqlashib qoladi.
Teri shoxi - epiteliyning ko’rinishidan shoxga o’xshash sezilarli giperkeratoz bilan birga davom etadigan giperplaziyasidir. Aksari
pastki labning qizil jiyagida paydo bo’ladi. Bu jarayon
uzoq muddat, yillab davom etib boradi. Yallig`lanish boshlanib, "shox" tagi qattiqlashib qolganida buni xavfli o’sma boshlanishi
deb gumon qilish mumkin (gistologik tekshirishda ma'lum
bo’ladi).
Keratoakantoma - tez rivojlanib boradigan va o’z-o’zidan qaytib qoladigan xavfsiz epidermal o’smadir. Lablarning qizil jiyagida
yoki tilda o’rtasi voronkaga o’xshab chuqur to`shgan
qo’lrang-qizil tusli qattiqqina tugo`ncha paydo bo’ladi; uning o’sha chuqurchasi osongina olib tashlansa bo’ladigan shox
moddalari bilan to’lib turadi. o`smaning kattaligi 1,0 x 2,5 sm keladi,
og`rimaydi, harakatchan, atrofdagi to’qimalar bilan bitib ketmagan bo’ladi. 6-8 oydan keyin o’sma yo yo’qolib, o’rni chandiq bo’lib
qoladi yoki rakka aylanib ketadi. Rakka aylanayotganida u
juda qattiqlashib, qonab turadi. Davosi jarrohlik yo’li bilan olib tashlash.
So’galli ilk rak - ko’pincha pastki labda uchraydi va yuzasida so’gallari bo’lgan, og`rimaydigan, qizil tusli qattiq tugo`ncha
ko’rinishida bo’ladi, diametri 4-10 mm keladi. Tugo`nchaning yuzi
qo’lrang tangachalar bilan qoplangan bo’ladi. Gistologik tekshirishda tikansimon qatlam kengayib, hujayralarining polimorfizmiga
uchragani aniqlanadi. Parakeratoz bilan
giperkeratoz ham topiladi. Bazal membranasi yemirilmaydi. Tugo`ncha paydo bo’lgan vaqtdan boshlab, 1-2 oy ichida u invaziv
rakka aylanib ketishi mumkin.
Stomatitlar
Stomatit - og`iz bo’shlig`i shilliq pardasining yallig`lanishidir. Ular qanday sabablarga ko’ra paydo bo’lganiga qarab hozir ikki asosiy
guruhga bo’linadi:
1) og`iz bo’shligi shilliq pardasining infeksion omillar yoki boshqa zararli omillar (travma, nur energiyasi, ma'lum moddalar va dori
preparatlari) tufayli bevosita zararlanishidan
paydo bo’ladigan stomatitlar;
2) organizmning umumiy kasalliklari: me'da ichak yo’li, YURAK tomirlar sistemasi, nerv sistemasi kasalliklari, qon kasalliklari, turli
infeksion kasalliklarda paydo bo’ladigan
stomatitlar. Stomatitlarning gerpetik va aftoz xillari juda ham diqqatga sazovordir.
Gerpetik stomatit. Gerpetik stomatitning qo’zg`atuvchisi DNK- virusdir u ham epidermotrop, ham neyrotrop bo’ladi. Ko’pchilik
hollarda bemorlarda gerpes virusi (I tipdagi virus) ga qarshi
antitelolar topiladi. 15 foiz hollarda gerpetik stomatit nerv sistemasiga infeksiya o’tgan mahallarda paydo bo’ladi. Ma'lumki, gerpes
virusi og`iz bo’shlig`i shilliq pardasi orqali
o’tib, uch shoxli nerv yadrosining nerv hujayralariga yetib borishi va o’sha yerdagi virus genomi DNK ga o’rnashib olishi mumkin.
Infeksiya latent, yashirin holda bo’lib qolaveradi. Immunologik
himoya susayib ketgan bo’lsa, shilliq parda ta'sirlangan mahalda virus genomi go’yo jonlanadi va sezuvchi aksonlar bo’ylab
retrograd tarzda yo’nalib, ko’pincha lablar epiteliysini
zararlaydi.
Gerpetik stomatit uchunog`iz bo’shlig`i shilliq pardasi yoki lablarda mayda-mayda pufakchalar paydo bo’lishi harakterlidir.
Mikroskopik tekshirishda bu pufakchalarning ichi seroz
suyuhujayraliq ko’chib to`shgan epiteliy hujayralari, leykositlar, fibrin iplari bilan to’lib turgani ma'lum bo’ladi. Stomatitning bu xili ko’pincha
gripp, revmatizm, pnevmoniya singari
kasalliklar bilan birga uchraydi. 2-3 kundan keyin pufakchalar yorilib, yuzaki yarachalar paydo bo’ladi, ularning tagi shishib,
qizarib turadi.
Aftoz stomatit odatda yoshlik davrida bo’ladi, mikoplazma mahalida va sekinlik bilan yuzaga chiquvchi o’ta sezuvchanlik
reaksiyalarida kuzatiladi. Aftoz stomatitda shilliq parda shishib,
yumaloq shaklli eroziyalar paydo bo’ladi, bular karash bilan qoplanib, rosa giperemiyalangan gardish bilan o’ralib turadi.
Eroziyalar bitta yoki bir talay bo’lishi mumkin. Ularning paydo
bo’ladigan joyi lablar, lo`nj shilliq pardasi va tildir. Eroziyalarning tubida neytrofillar bilan infiltrlangan granulyasion to’qima bo’ladi.
Mikroskopik tekshirishda
seroz-fibrinoz yallig`lanish o’chohujayralari topiladi. Leykositlar bosib ketgan fibrinoz plenka ko’chib to`shganida yuzagina yaracha - och
qizil rangli eroziya paydo bo’ladi, bular odatda,
kasallikning boshidan hisoblaganda 10-14 kunda bitib ketaveradi. Yosh ulg`aygan sari susayib boradigan bu jarayon qaytalanib
turishi mumkin.
Yarali stomatit zaiflashib, madori qurigan kasallarda boshlanadi. O`nga sabab bo’ladigan etiologik omil, shilliq pardadagi
simbioz bakteriyalardir. Milklar, lo`njlar, tanglayda,
bodomcha bezlarida sarg`ish-oq tusli karash ko’rinishida yarali-nekrotik jarayon boshlanadi. Mikroskopik tekshiruvda epitelial
qatlamning nekrozga uchrab, unda chuqur rahna paydo
bo’lgani, shy rahna tubida granulyasion to’qima borligi ma'lum bo’ladi. Yarali stomatit zo’rayib ketgan mahallarda gangrenoz
stomatit boshlanadi. Bundanekroz shilliq parda, uning
ostidagi to’qimalar, musqo’llar, suyakka ham o’tadi. Odamning yuzida nam gangrena boshlanishi mumkin (noma). Kasallik
eson-omon o’tib ketadigan mahallarda nekroz o’chohujayralari chandiqlanib
boradi.
o`smaoldi kasalliklari va o’smalar
Og`iz bo’shlig`i o’smalari barcha xavfli o’smalarning 5 foizini tashkil etadi. Ular ko’pincha 50 yoshdan keyin boshlanadi. Gistologik
tuzilishiga ko’ra yassi hujayrali rak ko’proq kuzatiladi.
Sarkoma kamdan-kam uchraydi. Rakning asosiy sabablari chekish, alkogol, viruslar, ayniqsa gerpes virusi va papilloma
DNK-virusi deb hisoblanadi. Og`iz shilliq pardasining xavfsiz
o’smalari - papillomalar ancha ko’proq uchraydi. o`smaoldi kasalliklaridan leykoplakiya va eritroplakiyalar diqqatga sazovordir.
Leykoplakiya
Leykoplakiyada teriga yondosh shilliq pardalarda, shuningdek ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan shilliq pardalarda
tovlanib turadigan yoki kattaligi yasmiq donidek tirnoqdek
va undan kattaroq keladigan sutdek oq rangli dog`lar paydo bo’ladi. Yaxshi qo’yilmagan yasama tishlar, Surunkali yallig`lanish
jarayonlari, avitaminoz A leykoplakiyalar paydo bo`lish
xavfini soladigan omillar bo’ladi. Zararlangan joy odatda, yuzasi g`adir-budir, chegaralari aniq bo’lib, shilliq parda damidan ozgina
ko’tarilib turadi. Bu pilakchalarning yuzasi silliq
bo’lishi ham mumkin, ba'zan tosh ko’cha yuzasiga o’xshab ketadi. Shilliq pardaning bundayo’zgarishlari uning epidermisi joylarida,
ya'ni yaralar va yorihujayralar bo’lgan joylarda yuzaga keladi
(Surunkali xeylitlar munosabati bilan). Lablar va ogiz bo’shligi shilliq pardasining zararlanish hodisalari erkaklarda ayollardagiga
qaraganda 10 baravar ko’proq uchraydi. Aksari,
zararlanadigan joylar og`iz burchagi va lablar jiyagining ichki cheti, shilliq pardaning tishlar qatoriga taqalib turadigan qismi,
shuningdek tilning yon yuzasidir.
Leykoplakiyalarning uch xil klinik turi tafovut qilinadi: oddiy, verrukoz, eroziv-yarali leykoplakiyalar. Oddii leykoplakiyada
mugo`zlanib qo’lrang-oqish tusga kirib qolgan joylar
keskin chegaralanib turadigan bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida akantoz bilan parakeratoz, stromada esa shish kelib,
qon dimlanib turgani ustiga bir-biriga qo’shilib
ketgan polimorf hujayrali perivasqo’lyar infiltratlar borligi topiladi.
Verrukoz leykoplakiyada zararlangan joylar g`adir-budir, so’galsimon bo’lib mugo`zlangan, shilliq pardadan ko’tarilib turadigan
o’chohujayralar ko’rinishida bo’ladi. Leykoplakiyaning verrukoz
xilida gistologik jihatdan olganda keskin ifodalangan giperkeratoz, akantoz va epidermal o’simtalar topiladi. Tikansimon qatlam
o’simtalari yo’g`onlashgan, q ichi shishgan
bo’ladi. Subepitelial asosda shish borligi, qon dimlanib, tomirlar kengayib ketgani va limfositlardan iborat sezilarli perivasqo’lyar
infiltrat o’chohujayralari borligi ko’zga tashlanadi.
Eroziv-yarali leykoplakiyalar klinik jihatdan har xil kattalikdagi yakka yoki talaygina eroziyalar paydo bo’lishi bilan ifodalanadi;
bundayo’zgarishlar mugo`zlanib qolgan yassi
leykoplakiya o’chohujayralari bor joylarda kuzatiladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganda, epiteliyda nuqson borligi ma'lum bo’ladi,
o’sha nuqsonning chetlarida epitelial o’sihujayralari
o`zayib ketgan akantoz, parakeratoz va ekzositoz bo’ladi. Stromadagi o’zgarishlar tabiatan yallig`lanish tarzida bo’lib, tomirlarning
qonga to’lib turishi, shish kelishi, Diffuz
limfa-plazmositar infiltratlar paydo bo’lishi bilan o’tadi.
Leykoplakiyalarda q atipiyasi borligi ma'lum bo`ladi, bu hodisa kuchayib ketgan mahallarda displaziya boshlanib, cancer in
sltu paydo bo’ladi. Keyinchalik rak boshlanadi.
Eritroplakiya
Eritroplakiya ham rak oldi o’zgarishlari jumlasiga kiradi va yallig`lanish hodisasiga aloqasi yo’q qizil dog`lar paydo bo’lishi bilan
ta'riflanadi. Keratoz amalda bo’lmaydi, tikansimon
hujayralar atrofiyasi ko’proq ko’zga tashlanadi. Eritroplakiya ham zo’rayib borib yassi hujayrali rak paydo bo’lishiga olib keladi.
Papillomalar
Yassi hujayrali papilloma - shilliq parda epiteliysidan o’sib chiqadigan va hammadan ko’ra ko’proq uchraydigan xavfsiz o’smadir,
u og`iz bo’shlig`ining rak oldi kasalliklari jumlasiga
kirmaydi. Bundaypapilloma har qanday yoshdagi odamlarda paydo bo’lishi mumkin, asosan lablarda, tilda, og`iz bo’shlig`ining
tubi va yumshoq tanglayda paydo bo’ladi. Papilloma ko’p
qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, fibrovasqo’lyar oyoqchada turadi. Donador qatlami gipertrofiyalangan bo’ladi.
Yassi hujayrali rak
Yasci hujayrali rak ko’pincha tilning yon yuzalarida, gohida tanglay va til ustida paydo bo’ladi. Bu o’sma limfogen va gematogen
yo’llar bilan metastazlar beradi (o’sma hujayralari ko’krak
limfa yo’lidan venoz sistemaga o’tganida).
Og`iz shilliq pardasining invaziv raki odatda, yara bo’lib ketadi. Yaraning chetlari dumaloq bo’ladi va o`nga taqalib turgan shilliq
pardada leykoplakiya va eritroplakiyalar topiladi. Rak
bo’yin limfa tugo`nlariga metastazlar berganida shy tugo`nlar qattiqqina qo’zg`almas tuzilmalar ko’rinishida qo’lga o`nnaydi (tabiatan
yallig`lanishga aloqador limfadenopatiyalarda
limfa tugo`nlari harakatchan bo’ladi).
Yassi hujayrali rak mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida har xil darajada tabaqalashgan o’sma hujayralari uyalaridan iborat
bo’ladi. Biriktiruvchi to’qimadan iborat stromasida
mononuklearlar infiltrasiyasi topiladi. Infiltrasiya darajasi o’sma antigeniga javoban yuzaga chiqqan immo`n reaksiyani aks
ettiradi. Limfoid infiltrasiya bir muncha zo’r
bo’lganida kasallikning oqibati bir qadar xayrli.
So`LAK BEZLARI KASALLIKLARI
So’lak bezlarining kasalliklari judayam xilma-xildir. So’lak bezlarining yiriklarida ham, maydalarida ham yallig`lanish jarayonlari,
immunopatologiq distrofik jarayonlar va o’sma
kasalliklari paydo bo’lishi mumkin.
Sialoadenit
Sialoadenit - so’lak bezlarining yallig`lanishi bo’lib, odatda virus, bakteriyalar invaziyasi yoki autoimmo`n jarayonlar (Shegren
sindromi, sistemali qizil volchanka va sistemali
sklerodermiya)da bez chiqarish yo’llarining tiqilib qolganiga jadoban ro’y bergan reaksiya tariqasida boshlanadi.
Tabiatan infeksiyaga aloqador sialoadenitlarda infeksiya so’lak beziga og`iz bo’shlig`idan bez yo’li orqali yoki gematogen yo’l
bilan o’tadi. Virusga aloqador sialoadenitlar (epidemik
parotit - tepki), o’tkir va Surunkali nospesifik sialoadenitlar, spesifik (aktinomikoz, sil, zaxmga aloqador) sialoadenitlar, so’lak
bezlari yo’llariga yot jism kirib qolishiga
aloqador va kalqo’lyoz sialoadenitlar (so’lak-mosh kasalligi) tafovut qilinadi. Ko’pincha virus tufayli paydo bo’ladigan parotit
(epidemik parotit - tepki) uchraydi, bundayallig`lanish
jarayoni quloq oldi so’lak bezining interstisiysida boshlanadi.
Epidemik parotit bilan 5-15 yashar bolalar, ba'zan 18-25 yoshli odamlar ham kasallanadi. Kasallik havo-tomchi usulida yuqadi.
Infeksiyaning kirish darvozalari og`iz bo’shlig`i, Burun,
halqum shilliq pardasidir. Kasallikning yashirin davri 2-Z oy, keyin bir tomondagi yoki ikkala tomondagi quloq oldi bezlari
Dostları ilə paylaş: |