kattalashib, og`rib turadi va zo’r berib so’lak chiqara
boshlaydi. Bezlarning kattalashuvi - interstisiyda shish boshlanishi va limfoid infiltrasiya paydo bo’lishiga bog`liqdir. harorat
ko’tarilib, odam lanj bo’ladi, boshi og`rib turadi.
Asinuslardagi degenerativ o’zgarishlar tufayli qon zardobidagi amilaza miqdori ko’payib ketadi. Jarayon 10-14 kun davom etadi.
Patologik anatomiyasi. Bez yo’li atrofidagi shilliq parda shishib, qonga to’lib turadi. Shish quloq oldi sohasi va bo’yin
kletchatkasiga ham tarqaladi. So’lak bezida to’qimalar
interstisial shishi, giperemiyasi ko’zga tashlanadi, bez yo’llari va asinuslari atrofida limfositar infiltrasiya, bez yo’llarining ichida
quyuqlashib qolgan sekret bo’ladi. Epidemik
parotit asorat berib, orxit, ovarit, pankreatit, ensefalit boshlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Ikkilamchi bakterial infeksiya
qo’shilganida bez parenximasida nekroz boshlanib, keyin
fibroz paydo bo’ladi.
o`tkir nospesifik sialoadenit pastki jag` burchagi va shoxi sohasida o’tkir osteomielit bo’lganida, stomatit mahalida, so’lak bezi
chiqarish yo’llarida yot jismlar, toshlar bo’lganida,
otitlar, o’tkir artritlar paytida, so’lak bezi shikastlangan mahallarda boshlanadi. Bundan tashqari giposalivasiya bilan birga davom
etadigan bir qancha infeksion kasalliklarda
(gripp, qizamiq, dizenteriya, tif mahalida) yoki qorin bo’shlig`ida qilingan operasiyalardan keyin, kaxeksiya paytida, organizm
juda suvsirab qolgan paytlarda ham kuzatiladi.
o`tkir sialoadenitlar seroz, yiringli va gangrenoz turlarga bo’linadi. Seroz sialoadenit bez to’qimasi shishib, tomirlarining qonga to’lib
turishi va o’rtacha leykositar infiltrasiya
paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Bezning chiqarish yo’llari ko’chib to`shgan epiteliy, mikroorganizmlar, sekret bilan to’lib turadi.
Yiringli sialoadenitda bez shishib, qonga to’lib
turadi, unda qontalashlar, Diffuz polinuklear infiltrasiya paydo bo’ladi. Ba'zi joylarda bez to’qimasi destruksiyaga uchrab,
abssesslar yuzaga keladi. Gangrenoz sialoadenitda hozir
aytib o’tilgan o’zgarishlar ustiga bez to’qimasida katta-katta nekroz paydo bo’lib, bemor og`ir septik ahvolga to`shib qoladi.
Surunkali nospesifik sialoadenit ko’pincha o’tkir sialoadenitdan keyin boshlanadi va ikki shaklda namoyon bo’ladi: parenximatoz
(patologik o’zgarishlar bez parenximasida yuzaga keladi)
va interstisial sialoadenit (bez bo’lakchalari orasidagi biriktiruvchi to’qima o’zgarishlarga uchraydi). Surunkali parenximatoz
sialoadenitda avvaliga mayda maddalar paydo bo’lib,
keyin bular asta-sekin bir-biriga qo’shilib ketadi; bir qancha hollarda maddalar bo’lmasligi ham mumkin, bez to’qimasiga seroz
ekssudat singiganidan keyin bezda nekroz boshlanadi.
Yallig`lanish mahalida bez uning o’zidan (jumladan, quloq oldi bezidan) chiqadigan proteolitik fermentlar ta'siri ostida nekrozga
uchraydi deb hisoblanadi. Interstisial Surunkali
sialoadenitda bez to’qimasida limfa- va plazmositar infiltrasiya (o’choq tarzidagi va diffo`z) infiltrasiya ko’zga tashlanadi.
Bo’lakchalar orasida o’sib boradigan biriktiruvchi
to’qima asta-sekin parenxima o’rnini oladi va bez chiqarish yo’llarining atrofiyaga uchragan uchki bo’limlari atrofida gialinlashadi.
Spesifik sialoadenitlar (aktinomikoz, sil, zaxmga aloqador sialoadenitlar) bez to’qimasida spesifek granulyomalar paydo bo’lishi
bilan ta'riflanadi.
Yot jismlar to`shishidan boshlanadigan sialoadenitlarda kasallik manzarasi nospesifik o’tkir yallig`lanish manzarasi bilan bir xil
bo’ladi.
Kalqo’lyoz sialoadenitlar (so’lak-tosh kasalligi) bez chiqarish yo’llari tiqilib qolishi natijasida boshlanadi. Mikroskop bilan tekshirib
ko’rilganida bez to’qimasida limfositar va
yassi hujayrali Diffuz hamda o’chohujayrali infiltrasiya ko’zga tashlanadi, bu infiltrasiya hujayralari orasida qisman polimorf yadroli
leykositlar ham bo’ladi; bez bo’lakchalari o’rtasida
biriktiruvchi to’qima o’sib, ba'zi joylarda parenxima o’rniga yog` to’qimasi paydo bo’ladi. Bezning chiqarish yo’llaridagi epiteliy
metaplaziyaga uchrab, ikki qavatli yoki ko’p yadroli
epiteliyga aylanadi. Bez yo’llarining bo’shlig`ida kattaligi va shakli har xil toshlar ko’zga tashlanadi.
Mayda va yirik so’lak bezlari yumshoq to’qimalarining bag`rida so’lak bezlarining retension kistalari uchraydi. Mikroskop bilan
tekshirib ko’rilganida kista devori ichki tomondan
granulyasion to’qima bilan qoplangan q va tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib chiqadi. Kistalar bo’shlig`ida bir qadar
eozinofil gomogen massa bo’lib, uning orasida
plazmatik hujayralar va distrofik tarzda o’zgargan hamda nekrobiozga uchragan q- larning parchalari uchraydi.
Shegren sindromi mahalida so’lak bezining zararlanishi avvaliga xavfsiz limfoepitelial kasallik ko’rinishida, ba'zida esa xavfli
limfoma ko’rinishida o’tadi. U sindrom uchta asosiy
simptomdan tarkib topadi: 1) quruq keratoqonyo`nktivit, 2) poliartrit (revmatoid poliartrit tariqasida o’tadi, 3) kserostomiya - og`iz
bo’shlig`i shilliq pardasining qurib turishi; bu
kasallik bilan klimaks davriga kirgan ayollar ko’proq og`riydi. Morfologik jihatdan olganda yirik va mayda so’lak bezlarida va
me'da ichak yo’li bezlarining stromasida
limfo-makrofagal va yassi hujayrali infiltrasiya ko’zga tashlanadi, bundayinfiltrasiya parenximaga yoyilib borib, epitelial
hujayralarni yemiradi. Jarayon stromaning sklerozga va
bezlarning atrofiyaga uchrashi bilan tugallanadi. Shunday qilib, Shegren kasalligida quloq oldi bezi funksiyasi buzilib, bez
kattalashib ketadi. Bu kasallik barcha tashqi sekresiya
bezlarining yetishmovchiligi bilan o’tadigan, sistemaga aloqador Surunkali kasallikdir.
Miqo’lich kasalligida so’lak bezlari bilan ko’z yoshi bezlari baravariga shishib chiqadi. Lo`nj, til bezlari ham ko’pincha jarayonga
qo’shilib ketadi; bu kasallik ko’p yillar davom etadi. Bunda
tishlar kariesi keskin ifodalangan bo’ladi. Etiologik omillar jumlasiga sil, retiqo’lyoz, leykemiya, psevdoleykemiya va limfa
sistemasining boshqa kasalliklari kiradi. Miqo’lich
kasalligi morfologik jihatdan ikkita asosiy jarayon bilan ta'riflanadi: 1) bez bo’lakchalari atrofida limfoid to’qimadan iborat kichikroq
o’simtalar paydo bo’lishi, bu bez
parenximasining atrofiyaga uchrashiga olib keladi; 2) bez oraliq to’qimasida Surunkali yallig`lanish boshlanib, granulyasion
to’qima paydo bo’lishi, bu narsa keyinchalik bezning chandihujayrali
atrofiyaga uchrashiga olib keladi.
Kasallikning oqibati uning cheklangan xilida xayrli, tarqoq xilida - yomon.
So’lak bezlari o’smalari
So’lak bezlari o’smalari juda har xil, lekin ko’pincha xavfsiz o’smalari uchraydi: sialoadenoma, oksifil hujayrali adenoma
(onkositoma) pleomorf adenoma, mukoepidermoid o’sma,
limfadenoma shular jumlasidandir. Xavfli o’smalardan silindroma, mukoepidermoid karsinoma klinik jihatdan ko’proq ahamiyatga
ega.
Sialoadenoma so’lak bezining kam uchraydigan xavfsiz o’smasidir. Bu o’sma yumshoq yoki qattiqroq bo’ladigan gomolog
shaklli tugo`n ko’rinishida bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib
ko’rilganida u kubsimon yoki prizmatik epiteliy bilan qoplangan kambar kanallardan tuzilgan bo’lishi mumkin. Unda kistasimon
bo’shlihujayralar bo’lsa, bundayo’sma sistadenoma deb, o’smadan
kista bo’shlig`iga kirib borayotgan, tarmoqlanib ketgan so’rg`ichsimon o’simtalar chiqqan bo’lsa - papillyar sistadenoma deb
ataladi. Sialoadenoma chetlarida kubsimon hujayralar
joylashgan alveolalardan iborat bo’lishi mumkin, shy alveolalarning ichki tomonida sitoplazmasi och tusli, g`ovak-g`ovak bo’ladigan
yirik hujayralar topiladi.
Oksifil-hujayrali adenoma (onkositoma) sitoplazmasi donador bo’ladigan yirik yassi hujayralardan tashkil topadi, bu hujayralar
trabeqo’lalar yoki mayda-mayda komplekslar hosil
qiladi. Ba'zan soxta bez strukturalari hosil bo’lganini ko’rish mumkin. Stromasi sust rivojlangan.
Adenolimfoma (Uortin o’smasi) - kamdan-kam uchraydigan xavfsiz o’sma. So’lak bezlari chiqarish yo’llarining epiteliysi va limfoid
to’qimasidan kelib chiqadi. Yuzasi g`adir-budir, shakli
tuxumsimon, keskin chegaralanib turadigan yumshoq tugo`n ko’rinishida bo’ladi. Kesib ko’rilganida qo’lrangnamo-oq tusda bo’lib,
bir talay mayda va yirik kistalari borligi ko’zga tashlanadi.
Mikroskop bilan tekshirilganida o’smaning limfoid to’qimadan iborat stromasida ikki qavatli epiteliy bilan qoplangan
so’rg`ichsimon o’simtalari bo’lgan kamgaklar ko’rinishidagi
bezsimon epitelial tuzilmalar ko’zga tashlanadi. Gohida qadahsimon hujayralari ham uchraydi. Kistalar bo’shlig`ida donador yoki
bir jinsli modda, ko’chib to`shgan epitelial hujayralar,
polinuklearlar, limfositlar, eritrositlar, yog` kislotalarining ignasimon kristallari topiladi. Sistadenolimfoma va papillyar
sistadenolimfoma tafovut qilinadi.
Pleomorf adenoma (fibromiksoxondroepitelioma, aralash o’sma, so’lak bezi adenomasi, qaytalanuvchi epitelioma) - so’lak
bezlarining ko’p uchrab turadigan xavfsiz o’smasi. hammadan ko’ra
ko’proq uchraydigan joyi quloq oldi bezi, lekin qattiq tanglay bilan yumshoq tanglay o’rtasidagi chegarada, jag` osti so’lak
bezlarida ham uchrashi mumkin. Bu o’sma yumshoq, zich elastiq
qattiq tugo`n ko’rinishida bo’ladi. Kesib ko’rilganida bo’lakchali tuzilishga ega ekanligi ko’zga tashlanadi. Bo’lakchalari biriktiruvchi
to’qima qatlamlari bilan bir-biridan ajralib
turadi. Yarim tiniq suyuhujayralik bilan to’lgan mayda va yirik kistalar ham uchrashi mumkin. Ba'zan eski qontalashlar sohasida
qo’ng`ir-qizil tusli o’chohujayralar uchraydi. Bu o’sma gistologik
tuzilishi murakkabligi bilan ajralib turadi, har xil tuzilmalardan: epitelial, mikso- va xondrosimon elementlardan tashkil topgan.
Epitelial hujayralar ko’pburchakli, dumaloq yoki
tuxumsimon shaklda bo’lib, solid uyalar yoki noto’g`ri shakllar, tortmalar hosil qiladi. Ichi shilimshiq bilan to’lgan bezsimon
naychalar, shuningdek "marvarid donalari" hosil qilgan
mugo`zlanuvchi ko’p qavatli epiteliy qatlamlari ham uchrashi mumkin (epidermoid tabaqalanish). Miksoid va xondroidli joylar ham
ko’zga tashlanadi. o`smastromasi sust rivojlangan,
lekin gialinozga uchragan bo’lishi mumkin. Unda yog` to’qimasi orolchalari, folliqo’lalar hosil qilgan limfositar infiltratlar ham topilishi
mumkin. Xondroid ohaklanib qolishi
mumkin.
Malignizasiyalangan aralash o’smaning xavfli o’smaga xos aniq belgilari bo’lmaydi. Bir talay mitozlar bo’lib turgan atipik epitelial
hujayralar bo’lgan, shuningdek epidermoid raq
adenokarsinomalar, nekrozlarga xos joylar paydo bo’lgan mahallarda buni malignizasiya boshlangan deb hisoblanadi.
Mukoepidermoid o’sma (qo’sh metaplaziyali epitelioma, shilimshiq hosil qiluvchi epitelioma, shilimshiq ishlab chiqaruvchi va
epidermoid aralash karsinoma, Skorpil o’smasi) - so’lak
bezlari chiqarish yo’llarining epiteliysidan o’sib chiqadigan o’sma. Bundaepitelial hujayralar ikki yo’nalishda - ham shilimshiq hosil
qiluvchi prizmatik epiteliy tomoniga, ham
epidermoid tomoniga qarab tabaqalanadi. Bu o’sma nisbatan xavfsiz o’sma bo’lib, yuzi silliq yoki g`adir-budur dumaloq yoki
noto’g`ri shakldagi tugo`n ko’rinishida ko’zga tashlanadi,
konsistensiyasi yumshoq-elastiq qattiq bo’ladi. Kesib ko’rilganida o’sma to’qimasi qo’lrangnamo-pushti rangda, bo’lakchali
bo’ladi. Ichida shilimshiq bilan to’la kistalar bo’lishi ham
harakterli. o`smaxavfli tusga kirganida uning chegaralari noaniq, konsistensiyasi qattiq bo’lib qoladi, bezda nekrotik o’zgarishlar
ro’y berishi tufayli psevdokistoz tuzilmalar
bo’lishi harakterlidir.
Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida stromasida bezsimon strukturalar va kistalar topiladi, kistalarning devori shilimshiq hosil
qiluvchi hujayralar bilan qoplangan bo’ladi.
Epidermoid epiteliy kamdan-kam hollarda mugo`zlanish hodisasiga uchraydi va och tusdagi hujayralardan iborat bo’ladi. Oraliq
hujayralar ham uchrab turadi, bular epidermoid va
shilimshiq ishlab chiqaruvchi hujayralarga aylanishi mumkin. Kam tabaqalashgan (xavfli bo’lib o’tayotgan) mukoepidermoid
o’smalarda mitotik faollikning kuchaygani, hujayralar
yadrolarining polimorf va giperxrom bo’lib qolgani, hujayralarning nekrozga uchragani qayd qilinadi; epidermoid hujayralar bilan
och tusli hujayralar o’rtasida oraliq
hujayralarga o’xshash hujayralar ko’p bo’ladi. Shilimshiq ishlab chiqaruvchi hujayralar kam topiladi.
Silindroma (adenokistoz raq adenoepitelioma, stromasi gialinlashgan bazal hujayrali raq onkositar rak) - so’lak bezlari chiqarish
yo’llarining epiteliysidan o’sib chiqadigan xavfli
o’smalar jumlasiga kiradi. Bu o’sma quloq oldi, jag` osti so’lak bezlarida, qattiq tanglayda uchraydi, lekin mayda so’lak bezlarini
aralash o’smalarga qaraganda ko’proq zararlantiradi.
U noto’g`ri yoki dumaloq shakldagi tugo`n ko’rinishida bo’ladi, kichikroq tugo`nlarning yuzasi silliq bo’lishi mumkin. Katta-katta
o’smalar yuzasi notekis, g`adir-budur bo’lishi bilan ajralib
chiqadi va atrofdagi to’qimalar bilan bitishib ketgan bo’ladi. o`smakonsistensiyasi yumshoq-elastik yoki qattiq bo’lishi mumkin.
Kesib ko’rilganida to’qimasi oqimtir-qo’lrangnamo tusda
ko’zga tashlanadi, yirik tugo`nlarda ba'zan kistalar, nekroz o’chohujayralari va qontalashlar bo’ladi.
Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida o’sma alveolalar, anastomozlanuvchi trabeqo’lalar hosil qiluvchi atipik epitelial
hujayralardan tuzilgan bo’lib chiqadi, o’smaning
trabeqo’lalari orasida shilimshiq yoki gialin massali dumaloq joylar ko’zga tashlanadi. Panjarasimon strukturalar orasida ko’proq
bezlarga o’xshash naychalar bo’ladi, solid komplekslar
ham uchrashi mumkin. Epitelial tirqishlar va naychalar bo’shlig`ida turgan gialin massalar kesmasi buyrak kanalchalaridagi
silindrlarga o’xshab ketadi, bu o’smaning nomi ham shundan
olingan. Bezsimon strukturalar orasida ularni muftalar ko’rinishida o’rab turgan bazofil modda topiladi. Mana shy komplekslarning
markaziy bo’limlarida shilimshiqsimon modda
to’planib borgani sayin talaygina dumaloq kamgaklar hosil bo’ladi. o`smastromasining ba'zi joylari gialinozga uchragan tolali
biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan.
Bu o’sma infiltrlanib bir qadar tez o’sib boradi, limfogen va gematogen yo’l bilan nerv stvollari bo’ylab metastazlar berishga,
qaytalanib turishga moyil bo’ladi, o’smaning
metastazlarida tipik silindroma tuzilishi saqlanib qoladi.
JAg` SUYaKLARI KASALLIKLARI
Jag` suyaklarida yallig`lanish kasalliklari, o’smasimon va o’sma jarayonlari ko’proq uchraydi.
Periostit
Periostit - jag` suyagi ust pardasiniig yallig`lanishi. Klinik o’tishi va patologoanatomik manzarasiga ko’ra oddiy, yiringli, fibroz,
ossifikasiyalovchi va spesifik (aktinomikoz, zaxm va
silga aloqador) periostitlar tafovut qilinadi. Odontogen periostitlar hozir alohida ajratilmaydi, ular abssesslar va flegmonalar bilan
asoratlangan jag` suyaklari
osteomielitlari deb hisoblanadi.
Oddiy periostit aksari jag` suyaklari shikastlanganida boshlanadi va og`riq turishi va shish kelishi bilan ma'lum bo’ladi. Mikroskopik
tekshirishda tomirlarning qonga to’lib turgani va
suyak ust pardasida dumaloq hujayrali infiltrasiya borligi ma'lum bo’ladi.
Yiringli periostit ko’pincha o’tkir yoki Surunkali odontogen infeksiya natijasida ba'zi hollarda suyak shikastlanishi natijasida
boshlanadi. Yiringli ekssudat periodont sohasidan
gavers kanallari bo’ylab suyakka o’tadi va suyak ko’migiga ham yoyilib (amalda shuning o’zi osteomielit bo’lib hisoblanadi), suyak
ust pardasi tagida madda bo’lib yig`iladi.
Fibroz periostit ko’pdan beri bitmay kelayotgan yaralar va suyak nekrozi natijasida boshlanadi va suyakka mahkam yopishib
ketgan ust pardasining fibroz tarzda yo’g`onlashuvi ko’rinishida
namoyon bo’ladi, ba'zan ossifikasiyalovchi periostitga aylanadi. Fibroz periostit, fibroz to’qima yuzaga kelib, o’choq tarzida va
tarqoq Surunkali yallig`lanish infiltrasiyasi paydo
bo’lishi bilan ta'riflanadi. Suyak ichidagi ko’mik hujayralari o’rniga biriktiruvchi to’qima paydo bo’lib boradi.
Ossifikasiyalovchi periostit - Surunkali periostitning ancha ko’p uchraydigan xili. Jag` suyagining cheklangan bir qismida so’gallar
yoki tikanlar ko’rinishida o’sib ketgan suyak to’qimasi
topiladi. Bundayperiostit artrit, sil, zaxm, o’smalar, raxit, Surunkali sariq kasalligida kuzatiladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida
jo’ngina suyak to’sinlaridan tashkil topgan
periostal suyak qatlamlari topiladi, bular hujayra-tolali biriktiruvchi va osteoblastlar bilan o’ralib turgan bo’ladi.
Spesifik periostitlar - aktinomikoz, zaxm, silga aloqador periostitlar - tegishli spesifik kasalliklar mahalida kuzatiladi va suyak ust
pardasi tagida hosil bo’lgan maddada
harakterli spesifik granulyomalar borligi bilan namoyon bo’ladi.
Odontogen osteomielit
Odontogen osteomielit - bu jag` suyaklarining tishlar parodonti tashqarisiga o’tgan infeksion - yallig`lanish kasalligidir. Bu kasallik organizm sensibillangan mahalda boshlanadi deb hisoblanadi. Odontogen osteomielit infeksion kasalliklar (gripp, angina va boshqalar), sovqotish, haddan tashqari zo’riqish hodisalaridan keyin boshlanadi. Kasallikning o’tishida o’tkir, yarim o’tkir va Surunkali bosqichlari tafovut qilinadi. o`tkir odontogen osteomielit patologik jarayon tish alveolasidan suyakning g`ovak moddasiga o’tib ketganda boshlanadi. Jag` suyagining yuzasida tarqoq yallig`lanish infiltratlari paydo bo’lib, yuz anchagina shishadi; jag` suyagining g`ovak moddasida keyinchalik destruksiya boshlangan joylar paydo bo’ladi. o`tkir bosqichida suyak ko’migi yiringlab turgan, sekvestrlar hali hosil bo’lmagan paytda osteonekrotik o’zgarishlar qayd qilinadi. Jarayon susayib, barham topmaydigan bo’lsa, yarim o’tkir va Surunkali tusga kiradi. Odontogen osteomielitning yarim o’tkir bosqichida o’tkir jarayonning mahalliy belgilari operasiyadan keyin bosilib boradi. Operasiya jarohati tozalanib, unda granulyasion to’qima paydo bo’ladi, "kasallikka sabab bo’lgan" tish olib tashlanganidan keyin o’rnidagi jarohatda epiteliylanish tugallanadi. Bunday o’zgarishlar ko’mik aytarli destruksiyaga uchramagan odontogen osteomielitga harakterlidir. Odontogen osteomielitning Surunkali bosqichi suyak to’qimasi sezilardi destruksiyaga uchragan mahalda boshlanadi, bunda o’tkir yallig`lanish hodisalari qaytib qolganiga qaramay operasiya jarohatidan yiring chiqishi davom etaveradi. Surunkali osteomielit sekvestr kapsulasi bilan o’ralgan suyak sekvestrlari hosil bo’lishi bilan ta'riflanadi. Suyak sekvestrlari g`ovak va kompakt suyak to’qimasining osteositlardan mahrum bo’lib, ko’chib to`shgan bo’laklaridir; ko’mik o’rni strukturasiz nekrotik massalar va segment yadroli leykositlar bilan to’lib turadi. Sekvestr kapsulasining ba'zi joylari granulyasion to’qima, ba'zi joylari ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo’ladi.
o`smasimon kasalliklar
o`smasimon kasalliklarga quyidagilar kiradi: epitelial kistalar - odontogen (folliqo’lyar kista) va yallig`lanishga aloqador (radiqo’lyar) kistalar, o’smalar jumlasiga kirmaydigan suyak kasalliklari: epulis, fibroz displaziya, xeruvizm, eozinofil granulyoma, shuningdek odontogen apparatga aloqador o’smasimon kasalliklar (qattiq odontoma).
Epitelial kistalar
Jag` suyaklarining kistalari holesterin bilan to’yingan seroz suyuhujayralikka to’lib turadigan, parda bilan o’ralgan kovakdir. Radiqo’lyar va folliqo’lyar kistalar tafovut qilinadi. Radiqo’lyar kista Surunkali (proliferativ) periodontit natijasida tish ildizining uchida hosil bo’luvchi epitelial granulyomadan yuzaga keladi. Kista hosil bo’lishiga olib kelgan, infeksiya o’tgan tishning perisementi kista pardasi bilan mahkam bog`langan bo’ladi. Tish ildizining uchi, odatda kista bo’shlig`iga bir qadar botib turadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida radiqo’lyar kista pardasi hujayra-tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib chiqadi, uning ichki tomoni ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo’ladi. Ba'zida, xususan travma ro’y bergan, infeksiya o’tgan mahallarda kista pardasi aksari leykositlarga boy granulyasion to’qima bilan qoplanadi. Fibroz asosining bag`rida yallig`lanishga aloqador Surunkali limfoplazmositar infiltrasiya kuzatilishi va suyak trabeqo’lalari hosil bo’lishi mumkin. Kista devorida atipik ravishda o’sgan epiteliyni ham uchratish mumkin. Folliqo’lyar kista tish noto’g`ri rivojlanishi natijasida hosil bo’ladi. Sut tishlarining uchida yallig`lanish jarayonlari boshlanib, bu yallig`lanish o’chog`i doimiy tish folliqo’liga yetib borganda ham folliqo’lyar kistalar hosil bo’lishi mumkin deb taxmin qilinadi. Bundaykistalar aksari bolalik va o’smirlik chog`ida, ikkinchi marta tish chiqish davrida paydo bo’ladi. Keyingi davrlarda (18-20 yasharlik mahalda) folliqo’lyar kistalar aql tishlari sohasida paydo bo’lishi mumkin. Folliqo’lyar kista uchun tegishli tishning bo’lmasligi harakterlidir; rentgen bilan tekshirib ko’rilganida kista bo’shlig`ida to’la yoki qisman (koronka ko’rinishida) shakllangan tish borligi ma'lum bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida folliqo’lyar kista devori ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan tolali to’qimadan iborat bo’lib chiqadi, o’sha epiteliy hujayralari orasida plazmatik hujayralari ham bo’lishi mumkin. Kista devorining stromasi glikozaminglikanlariga boy bo’ladi.
Epulis
Epulis (epulid) - parodontal (mush atrofidagi) supra- va intraalveolyar to’qimalarda boshlanib, aksari ayollar kasallanadi, milkdan joy oladi va elastik-zich konsistensiyadagi sharsimon yoki qo’ziqorinsimon tuzilma ko’rinishida bo’lib, shilliq parda bilan qoplanib turadi. Shilliq pardada antagonist tishlardan to`shgan izlar bo’lishi va yaralar borligi harakterlidir. Fibroz, angiomatoz, gigant hujayrali va rnyg`ma epulislar tafovut qilinadi. Fibroz va angiomatoz epulislar bilan ko’proq yoshlar, gigant hujayrali epulislar bilan esa, har xil yoshdagi kishilar kasallanadi.Fibroz epulis kesib ko’rilganida tolali tuzilishga ega bo’lib chiqadi, rangi oqimtir bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirilganida tolali biriktiruvchi to’qima o’sib, biroz miqdor yupqa devorli tomirlar yuzaga kelgani ma'lum bo’ladi. Ba'zan kalsiy tuzlari cho’kib to`shgan o’chohujayralar, shuningdek osteoid suyak to’qimalari topilishi mumkin. Epulis yuzasi ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, ko’pincha yara bo’lib ketadi, unda granulyasiyalar hamda limfosit va plazmositar hujayralardan iborat Surunkali yallig`lanish infiltratlari uchraydi. Yara bo’lib, granulyasion to’qima ko’p o’sib ketgan fibroz epulis granulyomatoz epulis deb ataladi. Angiomatoz epulis uchunkapillyarlar yoki venalarga o’xshash bir talay yupqa devorli tomirlari bo’lganligidan kesmasining qondek qip-qizil bo’lib turishi harakterlidir. Tomirlar orasida nozik tolali biriktiruvchi to’qima qatlamlari ko’zga tashlanadi, ularga ko’pincha gemosiderin cho’kib to`shgan bo’ladi.Gigant hujayrali epulis (periferik osteoblastoklastoma) tabiatan epiteliyga aloqasi bo’lmagan o’smasimon tuzilma bo’lib, ko’pincha 40-60 yashar odamlarda uchraydi. Jag` suyagining alveolyar o’simtasidan joy oladi va og`iz bo’shlig`i tomoniga qarab o’sib boradi. Antagonist tishlardan shikastlanib turishi natijasida bu tuzilmaning yuzi ko’pincha yara bo’lib ketadi. o`smato’qimasi qo’ng`ir tusda tovlanib turadigan to’q qizil rangli elastik etdor tuzilmadan iborat bo’ladi. Yuzi silliq yoki g`adir-budur bo’lishi mumkin. Gistologik tuzilishi jihatidan markaziy osteoblastoklastomaga o’xshab ketadi va mayda hujayralar (osteoblastlar) bilan ko’p yadroli ulkan hujayralar (osteoklastlar) dan iborat bo`ladi. o`smastromasi yupqa devorli tomirlar va ba'zi joylarda tolali to’qimadan tarkib topgan.Tug`ma epulis chaqalohujayralarda kuzatiladi. Hamirdek bo’lib, milk shilliq pardasi bilan qoplangan sharsimon tuzilmadir (52-rasm), kattaligi no’xot donidek va bundan kattaroq bo’ladi. Alveolyar o’simtadan joy oladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida o’smasimon tuzilmaning dumaloq-tuxumsimon shakldagi och tusli yirik hujayralardan tarkib topgani ma'lum bo’ladi. Bu hujayralar sitoplazmasida asidofil donalar borligi bilan ta'riflanadi. Ularning yadrolari markazida yoki markazidan chetda joylashgan bo’ladi; yadrolarida ikkitadan beshtagacha yadrocha topiladi. Epulis tomirlar va nervlarga boy bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |