Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023 519
chiqadigan suyak usti pardasining yallig‘lanishidir[4]. Ko‘pincha u alveola o‘sig‘ida,
ba’zi hollarda jag‘ tanasi sohasida kuzatiladi. O’tkir yiringli periostit keskin kechadi
va kun sayin yallig‘lanish kuchayib boradi. Bemoming umumiy ahvoli qoniqarli
bo‘lib, tana harorati 37,5° - 38°C atrofida bo‘ladi. Bemor holsizlanadi, boshi og‘riydi,
ishtahasi yomonlashadi, uyqusi buziladi. Sababi, tish atrofidagi og‘riqlar zo‘rayadi,
og‘riqlar chakka, quloq, bo‘yinga uzatiladi, keyinchalik og‘riqlar susayib,
simmilovchi tus oladi. Suyak pardasida xastalik rivojlangan sari jag‘oldi yumshoq
to‘qimalarida shish paydo bo‘ladi.
Bir necha tish atrofidagi shilliq parda qizarib, o‘tuv burma tekislashgan holga
keladi. Shu sohani paypaslab ko‘rilganda, og‘riqli infiltrat va flyukturizatsiya belgisi
aniqlanadi. Faqat kasal tish qimirlab qolgan bo‘lib, perkussiyada og‘riq seziladi.
Bemoming yuz qismida kollateral shish hisobiga paydo bo‘lgan assimetriya holati
aniqlanadi. Limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilib, paypaslanganda og‘riydi.
Rentgen tekshiruvi o‘tkazilganda, faqat kasal tishgagina xos bo‘lgan o‘zgarishlar
aniqlanib, jag‘ suyagida o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
O’tkir yiringli periostitni davolash kompleks tarzda olib boriladi. Ya’ni,
jarrohlik va konservativ usul yordamida. Jarrohlik usulining asosiy maqsadi, yiringli
o‘choqni kesib ochish va sababchi kasal shishni olib tashlashdan iborat. Buning
uchun mahalliy og‘riqsizlantirishning infintratsiya va o‘tkazuvchi usulidan
foydalaniladi. Kesma o‘tuvchi burma shilliq qavati bo‘ylab suyakkacha chuqurlikda
o‘tkaziladi. Kesmaning uzunligi 3-5 tish sohasida 1,5-2,5 sm uzunligida bo‘lishi
lozim. Yiringning erkin chiqishini ta’minlash uchun bo‘shliq ichiga rezinali lentacha
(dranaj) kirgazib qo‘yiladi. Sababchi kasal tish olib tashlanadi.
Agar sababchi kasal tish funksional va kosmetik jihatdan o‘z qiymatini
yo‘qotmagan, ildiz kanali yaxshi o‘tuvchi bo‘lsa, saqlab qolinib, uni konservativ
davolanadi. Jag‘laming odontogen osteomiyelitlari - bu jag‘laming suyak
to‘qimasidan, tish kasalliklarining asorati sifatida yuzaga keluvchi, infeksiyali,
yiringli - nekrozlanuvchi yallig‘lanish jarayonidir. Bu kasallikdagi yallig‘lanish
jarayoni faqat suyak to‘qimalarini emas, balki uning ichidagi ko‘migini, suyak
pardasini va atrofdagi yumshoq to‘qimalami ham o‘z ichiga oladi.