Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023 518
sizning davolanish rejangizni aniqlash uchun og'iz va jag 'va yuz (yuz-yuz)
jarrohingiz bilan ishlashi mumkin. Jag'ning jarrohligi o'sish to'xtaganidan keyin mos
keladi, odatda ayollar 14 yoshdan 16 yoshgacha, erkaklar 17 yoshdan 21
yoshgacha[2].
Yuzning ochiq sohalaridagi deformatsiyalar va nuqsonlar bemorning ruxiy
xolatiga qattiq ta`sir ko`rsatadi. Ular atrofdagilar bilan muloqat vaqtida va
ovqatlanish vaqtida noqulaylik tug‘diruvchi maxsus boylamalarda yurishga majbur
bo`lishadi. Ular tez ta`sirchan va ancha odamovi bo`lib qolishadi. Ayniqsa
bemorlarni gapirish nutqini buzilishi va yozma tushintirishga muxtoj bo`lishi ular
ruxiyatini ancha buzib qo`yadi. Doimiy zo`riqish ostida bo`lgan bu bemorlar tez
muvozanatdan chiqib ketishadi va atrofdagilarni tushunmaslikda ayblashadi.
Yo`qotilgan to`qimani tiklash operatsiyalari ancha ko`p etapliligi va ancha vaqt
ketishini inobatga olgan xolda bemor va shifokor o`rtasida o`zaro kelishuv bo`lishi
lozim. Jarrox qilgan ishlar bir necha kriteriylar bilan baholanadi qayta tiklanish
vaqtining kiskaligi, funktsional va va kosmetik natijalarga, bemor uchrashish
darajasiga qarab baholanadi[3].
Oxirgisi unchalik aniq bo`lmagan ko’rsatgich, ammo kezi kelganda asosiy rol
o’ynovchi omil hisoblanadi. Jarrox amaliyotida bemor e`tiborsizligi tufayli kungilsiz
asoratlar kelib chikishi ko`p uchraydi. Bunga Filatov bandini uzib yuborish, kuchib
o`tkazilgan to`qimani uxlash davrida ortiqcha bosib yuborish natijasida ikkilamchi
nekroz yuzaga kelishi yoki bog‘lamalarni qayta o`tkazish oraligida shaxsiy gigienaga
e`tibor bermaslik va x.k.z.
Yuqorida ko’rsatilgan holatlarni oldini olsa bo`ladi qachonki shifokor bemorga
operatsiya xarakterini, vaqtini va davomiyligini xamda keyinchalik o`tkaziladigan
qayta bog‘lamalar xarakterini tushuntirsa yuqoridagi asoratlarni chetlab o’tsa bo`ladi.
Agar bemor o`tkazilgan to`qima nuqson sohasidan dastlab bo’rtib turishi va bu
keyinchalik jarroxlik yo`li bilan bartaraf etilishidan xabardor bo`lsa, bemor
operatsiyaning oralik davrida bo`ladigan o`zgarishlarni yaxshi tushunadi. Bemor
plastik material uchun olinadigan donor sohasida qanday estetik va funktsional
o`zgarishlar bo`lishini bilishi va tushinishi kerak. Ko`pgina odamlar, shu jumladan
yoshlar va ayol kishilar tana yoki yuzning ochik qismidagi nuqson hosil bo`lishidan
ko‘ra tananing boshqa joyidagi funktsional yo`qotishga rozi bo`lishadi. Bunday olib
qaraganda plastik jarroxi uchun jarroxlik amaliyotini o`tkazish uchun bir nechta
variantlar mavjud bo`ladi. Bunda bemorga umumiy va ayrim noziq tomonlar
tushuntiriladi.
Yuz-jag’ sohasi yallig‘lanish kasalliklaridan eng ko’p uchraydigan turi bu
periostitlardir. Periostitlar - tish va periodont xastaliklari asoratlari oqibatida kelib