Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 149
w www.oriens.uz March 2022 Ayniqsa, badiiy asar tilini o’rganishda va uni tahlil qilishda yozuvchining yoki
maktub egasining so’zga munosabati, so’z tanlash, so’z qo’llashdagi mahorati muhim
ekanligini, til vositalarini, so’zlarni ishlatishda uning o’ziga xos uslubi, mahorati
namoyon bo’lishini akademik V.Vinogradov “Badiiy asar tilini tahlil qilish asar
goyasi bilan bog’liq hissiy mazmunni ifoda etuvchi lingvistik vositalarni ko’rsatib
berishdir”,
4
–deyar ekan, u to’la haqlidir.
Badiiy asarda syujetning yaratilishini g’oyaviy mazmun boshqaradi, g’oyaviy
mazmunning talabiga uyg’un holda xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot
ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o’z
navbatida asar g’oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi.
Syujet obrazlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidan qarama-qarshiliklar,
simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi,
umumlashtiradi, kashf etadi. hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g’oyalar,
tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko’chadi va u konflikt deb
yuritiladi.
Badiiy asar tili- obrazli til. Yozuvchi o’z asarida bir qancha yo’llar bilan tilning
obrazligiga, tasiriyligiga erishadi. Shulardan biri maxsus badiiy tasviriy vositalarini,
maxsus leksik pesurslarni, poetik figuralarni, so’z o’yinlarini mohirona qo’llash yo’li
bilan asar tilining obrazliligiga erishishdir. Badiiy asar tilining poeyikligi, obrazliligi,
tasviriyligi asar g’oyasini, shuningdek qahramon xarakterini jozibali qilib ochishga
xizmat qiladi.
5
Badiiy asar tili ko’plab o’xshatish va tasviriy vositalarga boy bo’ladi va his
tuyg’uga to’la bo’ladi, ilmiy asar tili esa teskarisi. Unda aytilayotgan fikr jo’n, sodda,
hech qanday odamni to’lqinlantiradigan so’z tasviri ishlatilmaydi. Badiiy asar tilining
asosiy maqsadi go’zallik qonuniyatlariga muvofiq dunyoni rivojlantirish, badiiy asar
muallifining ham, o’quvchining ham estetik ehtiyojlarini qondirish, badiiy tasvirlar
yordamida o’quvchiga estetik ta’sir ko’rsatishdir. Umuman badiiy adabiyot tilining
xususiyatlari bir necha omillar bilan belgilanadi. U keng metafora bilan ajralib turadi,
deyarli barcha darajadagi til birliklarining obrazliligi, barcha turdagi sinonimlardan
foydalanish, polememiya, so’z boyligining turli uslublari kuzatiladi. Badiiy uslubda
(boshqa funktsional uslublar bilan solishtirganda) so’zni idrok etish qonuniyatlari
mavjud. So’zning ma’nosi ma’lum darajada muallifning maqsadga muvofiqligi,
badiiy asarning janri va kompozitsion xususiyatlari bilan belgilanadi, birinchidan,
ma’lum bir adabiy asar kontekstida lug’atlarda yozilmagan badiiy noaniqlikni qo’lga
4
Виноградов В. О теории художественной речи. –М., 1971. –С. 105-211.
5
Umurov H. Adabiyot qoidalari. Toshkent: O’qituvchi. 2002. B.5-8