Keywords: criminal punishment, preparation for a crime, attempt, complicity in
a crime, sentencing. KIRISH Bugungi kunda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan adolatli hukm chiqarish,
odil sudlovni amalga oshirish davlat siyosatining asosiy bo‘g‘inlaridan biri
hisoblanadi. Bu o‘rinda Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb
yuritiladi)ning odillik va insonparvarlik prinsiplari ro‘baro keladi. Chunki jinoyat
sodir etgan shaxsga tayinlanadigan jinoiy jazoning miqdori va muddati adolatli va
shaxsning ijtimoiy holatlariga mutanosib bo‘lishi lozim.
2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan
Yangi
O‘zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasining 15-maqsadida “davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati
ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorik subyektlarining
odil sudlovga erishish darajasini oshirish”[1] kerakligi keltirib o‘tilgan. Bu esa sudlar
faoliyatiga va odil sudlovga qaratilayotgan e’tiborning oshishidan darak beradi.
O‘zbekistonda Respublikasida birinchi instansiya sudlarida 2018-yilda 38 183
ta, 2019-yilda 28 846 ta, 2020-yilda 30 282, 2021-yilda esa 47 657 ta jinoyat ishlari
ko‘rib chiqilgan. Shunigdek, shaxslarni sud zalidan qamoqqa olish ko‘rsatkichlari
2018-yilda 1990 ta, 2019-yilda 1542 ta, 2020-yilda 1747 ta, 2021-yilda 2707 tani
tashkil etgan bo‘lsa, ozod etilgan shaxslar 2018-yilda 3290 ta, 2019-yilda 3080 ta,