March 2022 2020-yilda 3434 ta, 2021-yilda 5930 tani tashkil qilgan. Sudlar tomonidan oqlangan
shaxslar dinamikasi esa 2018-yilda 867 ta, 2019-yilda 859 ta, 2020-yilda 781 ta,
2021-yilda esa 932 tani tashkil qilgan.[2] Ushbu raqamlarga e’tiborimizni
qaratadigan bo‘lsak, sudlar tomonidan jnoyat ishlarini ko‘rib chiqish ko‘rsatkichi
2018-yilga nisbatan, 2021-yillarda oshganini, shunigdek, sudlar tomonidan oqlov
hukmi chiqarish ko‘rsatkichlari ham nisbatan ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.
MATERIAL VA METODLAR Mazkur maqola tahliliy tadqiqot sifatida ilmiy-nazariy manbaalar tahlilini va
qonun hujjatlari asoslarini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada sohaga oid bo‘lgan ilmiy
tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xorijiy mamlakatlarda ushbu
sohada amalda bo‘lgan holatlar tahlil qilinib, milliy tizimga joriy qilish imkoniytalari
va istiqbollari tahlil qilingan.
Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda
bilishning umumiy-ilmiy metodlari bo‘lgan
dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli tahlil qilish uslublari, shuningdek,
umumiy mantiqiy metodlar – induksiya, deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy
metodlar qo‘llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik
tahlil metodidan ham foydalanilgan.
TADQIQOT NATIJALARI Jazo tayinlash – ijtimoiy munsabatlarni jinoyat-huquqiy tarafdan himoya
qilishning asosiy bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi. Bunga sabab jazoning o‘zi bu
jinoyat-huquqiy himoya qilish mexanizmining asosiy elementi bo‘lib, davlat jazo
choralarini tanlash jarayonini qanchalik to‘g‘ri va sermaxsul tashkil etilganligi va
qanchalik darajada natija berishini aniqlab beradi.[3]
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb, shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni
sodir etish yoki yashirish uchun sharoitlar yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq
bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar to‘xtatilishiga aytiladi
(JK 25-moddasi 1-qismi). Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish jinoiy faoliyatning
ikkinchi bosqichidir. JK 25-moddasi 2-qismiga muvofiq, qasddan sodir etiladigan
jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan
bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi.
[4]
Ishtirokchilik tushunchasi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-
moddasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda
birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etish
jazoni va qilmishni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lganligi sababli qilmishni to‘g‘ri