Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 12
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
28
w
www.oriens.uz
December
2022
bilimlar tizimi bilangina emas, balki muayyan aqliy faoliyat usullari (tahlil, sintez,
taqqoslash, turkumlash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, esda olib qolish va
boshqalar) o‘quv, ko‘nikma va malakalarni ko‘zda tutish kerakligini ta’kidlaydi.
O‘quvchilar aql-zakovatini kamol toptirishda mantiqiy tafakkurning ahamiyati katta,
chunki tafakkurning rivojlanishi aqlni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi.
Aqliy faoliyat insonning muayyan bilimlarni o‘zlashtirish
yoki yangiliklarni
ochish bilan bog‘liq psixik faoliyatdir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq
yordami bilan bevosita, umumlashtirgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial-
sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga
yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Mazkur muammoni V.M.Karimova qo‘yidagicha talqin etadi. qobiliyatlar
masalasi eng avvalo inson aql-zakovatining sifati,
undagi malaka, ko‘nikma va
bilimlarning birligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish
istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis
bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat
tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Ilm fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga
bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan.
Olimlar qobiliyatlarning
rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga,
ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aql sifatiga aloqador bo‘lgan
ko‘rsatkichni o‘lchashga uringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam intellektida uning
verbal, miqdoriy, fazoviy ko‘rsatkichlarini aniqlab,
ularga yana mantiq, xotira va
xayol jarayonlari bilan bog‘laydilar. Qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, unga
va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri
ta’sir ko‘rsatadi. Oila muhitining aql o‘sishiga ta’sirini hech kim inkor etmaydi.
M.G‘.Davletshin aqliy tushunchalarni qobiliyat tushunchasi bilan bog‘lab
o‘rgangan. Qobiliyat shakllanishi va rivojlanishi, birinchidan, ma’lum bir faoliyatga
moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy
zehn nishonalarini aniqlash yo‘li bilan, ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida sistemali
faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va
rivojlantirish yo‘li bilan,
uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni
shakllantirish yo‘li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus
axborotni engil va samarali o‘zlashtirishni rejalashtirgan faoliyat bo‘yicha malaka va
ko‘nikmalar hosil qilishni ta’minlasin. Bolalarda qobiliyatlarni o‘sishi ta’lim-tarbiya
jarayonida yuzaga keladi.