II. Son tomonidan bajariladigan operatsiyalar.
1. Lokvud – Bassini usuli – son kanaliga uning tashqi teshigi orqali boriladi. Bu uslda juda
ko‟p resediv kuzatiladi, chunki kamroq jaroxat bo‟lganligi chuchn operatsiyani tez bajarish mumkin.
2. Bassini usuli (1894) – Chov bog‟lamini kov bog‟lamiga tikishdir. Birinchi qator choklar
bilan ikkinchi qator choklar sonning keng fassiyasi taroksimon qirrasi tojsimon fassiyaga tiqilib
uning tashqi teshigi mahkamlanadi. Bu usulning kamchiligi churra qopchasini yuqoridan bog`lash va
son kanalining ichki teshigini mahkamlash kiyinligidadir.
3. Prokunin usuli – son kanalidagi ichki halqani taroksimon mushak va shu nomli fassiyadan
olingan laxtak bilan yopiladi. Aponevroz chov bog‟lamiga parallel qilib kesib olingan
transplantatning eniga muvofiq tilinadi. Urug‟ tizimchasini yuqoriga suriladi va korsang yordamida
son halqasi sohasidagi ko‟ndalang fassiya tumtoq holda suriladi. Son halqasi orqali mushak laxtagini
tashqi qiyshiq mushak aponevroz kesmasiga o‟tkaziladi, o‟nga transplantat urnatilib, son kanalining
ichki teshigiga bekitiladi.
4. Uotson – Cheyne usuli – Prokunin usulidan farki shundaki, taroksimon mushakdan olingan
asosi yuqoriga yo‟naltirilgan 6-7 sm uzunlikdagi laxtak Pupart bog‟lamiga tashqaridan tikib
qo‟yiladi. Transplantatni tomir qiniga va taroksimon mushakka maqsad mahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |