QORINNING OQ ChIZIG'I ChURRALARI
Bu churralar asosan erkaklarda (60 %), 20-35 yoshlar oralig'ida uchraydi. Churraning tipik
lokalizatsiyasi oq chiziqning yuqorigi qismi, ya‟ni epigastral sohada bo‟lib, epigastral churralar deb
ham yuritiladi. Bu churralar hamma qorin churralarining 3,5 % ini tashkil qiladi.
Epigastral churralar kam holatlarda 4-5 sm kattalikda uchraydi. Shuning uchun ayrim semiz
odamlarda tashqi ko'rinishdan churra borligini aniqlab bo‟lmaydi. Paypaslab k o‟rilgandagina
qorinning old devori churrasini aniqlash mumkin. Ko‟pincha paypaslaganda og'riq seziladi.
Qorinning old devori churralariga mahalliy va umumiy simptomlar xos. Mahalliy simptomlari -
qaltis harakat qilganda, yurganda va paypaslaganda churra sohasida og'riqning aniqlanishi.
Umumiy simptomlariga epigastral sohada simillovchi og'riq, dispeptik holatlar kiradi.
Og'riqning paydo bo‟lishi qorin devori mushaklarining diastazi bo‟lganda ham uchrashi mumkin.
Ayrim holatlarda churra xaltasiga charvining, jigarning yumaloq bog‟lamining yopishib qolganida
ham yuzaga chiqadi. Shuning uchun qorinning old devori churralari bilan va qorinning to‟g‟ri
mushaklari diastazi bo‟lganida operatsiyadan oldin juda sinchiklab tekshirish kerak. Oshqozon-ichak
tizimini rentgenologik tekshirish,UTT , hatto endosqopik tekshirishlar o‟tkazilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |