Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#47420
növüРеферат
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Anatomiyasi.  Qorinning  oq  chizig‟i  o‟rta  chiziq  bo‟ylab  ichki  qiyshiq  va  ko‟ndalang 

mushaklar aponevrozlarining biriktiruvchi to‟qima tolalaridan hosil bo‟ladi. 

Kindikdan  yuqorida  oq  chiziq  eni  2-3  sm  ga  yetadigan,  serbar,  biriktiruvchi  to‟qimali 

plastinkadan  iborat.  Qorinning  to‟g‟ri  mushaklari  qinini  hosil  qiladigan  aponevrozlar  chiziqqa 

o'tayotganda  qiya  yo‟nalib  bir-biri  bilan  kesishadi  va  ayrim  kishilarda    birmuncha  kattalashib 

ketadigan  va  churra  chiqadigan  joy  bo‟lib  xizmat  qiladigan  yog'li  kletchatka  bilan  to‟lgan 

yoriqsimon bo‟shliqlar hosil qiladi. 

Qorinning  to‟g‟ri  mushaklari  kindikdan  pastda  deyarli  pastda  joylashgan  to‟qimalar  bilan 

birlashib  turadi.  Bunday  joylashgan  churralarning  nixoyatda  kam  uchrashi  shu  bilan  izoxlanadi. 

Qorin  yuqori  sohasining  anatomik  srukturasida  ham  churra  bo‟rtmalari  hosil  bo‟lishiga  sharoitlar 




 

 

mavjuddir.  Bu  sohada  qorinning  to‟g‟ri  mushaklari  diastazlari  orasidagi  yoriqlarni  nazarda  tutish 



lozim.  Bu  diastazlarning  bir  qismi  V-VII-qovurg‟alarga,  boshqalari  esa  to‟sh  suyagining 

xanjarsimon o'simtasiga yopishadi. 

Mushak-aponevrotik tuzilmalar tonusi buzilganda, qorin bo‟shlig‟i ichidagi bosim oshganda bu 

yoriqlarga  qorinpardasi  oldidagi  yog',  shuningdek  qorinpardasi  kirib  qolishi  mumkin,  me‟da 

kasalligi bularning qisilib kolishiga sabab bo‟lishi extimol, bor. 

Oq  chiziq  churralari  joylashuviga  ko‟ra  kindik  ustida  joylashgan  qorin  ustki  churralari  va 

kindikdan pastda joylashgan qorinning pastki churralariga bo‟linadi. 

Qorin ichki  bosimining  talaygina ko'tarilishi ta‟siri  natijasida  aponevrozlardagi  yoriqlar  orqali 

(normada  undan  tomirlar,  nervlar  o‟tadi)  avvaliga  qorinpardasi  oldidagi  yog'  bo'rtib  chiqadi,  u 

ba‟zan  qorin  devori  mushaklarini  taranglashtirilganda  yumaloq  zichlashma  qorinpardasi  oldidagi 

lipoma  ko'rinishida  paypaslanadi.  Keyinchalik  qorinparda  ham  bo'rtib  chiqadi  va  haqiqiy  churra 

hosil bo‟ladi. 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin