Operatsiyadan keyingi churralar ko‟pchilik holatlarda xirurgik texnikaning defekti bo‟lib
hisoblanadi. Adabiyotlarda bu muammoga juda ko‟p e‟tibor berilmokda. Respublikamiz va xorijiy
mamlakatlarda operatsiyadan keyingi churralarni davolash usullariga yetarlicha e‟tibor qilinib, yangi
Churra paydo bo‟lishining asasiy sabablaridan biri operatsiya vaqtida mushak, nervlar va
Operatsiyadan keyingi churralarning paydo bo'lish sabablarini faqat qisilgan to‟qimalarning
sust regenerasiyasidangina emas, balki operatsiya texnikasining noto‟g‟riligidan va operatsiyadan
keyingi bitmagan yamoqni yetarlicha extiyot kilmaslikdan izlash kerak. Operatsiyadan keyingi
churralar ba‟zan juda kattalashib ketib, qorin ichki a‟zolarining eventratsiyasiga sabab bo‟ladi.
Operatsiyadan keyingi yamokli churralar churra xaltasiga ega bo‟lishi, qator hollarda esa
Operatsiyadan keyingi churralar hajmiga, churra defektining joylashishiga va klinik belgilariga
ko‟ra turlicha bo‟ladi. Churraning hajmini aniqlashda qorin oldingi devorining anatomik
bo‟shliqlarini hisobga olish zarur. Shunga asoslanib ularni to'rt guruhga bo'lish mumkin:
1. Mayda operatsiyadan keyingi churralar – palpatsiya qilib aniqlash mumkin.
2. O‟rtacha kattalikdagi operatsiyadan keyingi churralar – qorinning ma‟lum qismida dumboq
3. Katta operatsiyadan keyingi churralar – qorinning anchagina sohasini egallab, qorin
konfiguratsiyasini buzadi.
4. Gigant operatsiyadan keyingi churralar – qorinning ikki yoki uch viloyatini egallaydi,
natijada qorin devori deformasiya holiga keladi va hatto yurish qiyinlashib qoladi.
Churra halqasining kengligi to‟g‟risida so'z yuritganda uning klinik belgilariga ko‟proq e‟tibor
berish lozim: to‟g‟rilanadigan, to‟g‟rilanmaydigan, qisman tug'irlanadigan, retsidivli, ko‟p marta
retsidivli, qisilgan bo‟lib qisman yoki o‟tkir ichak tutilishi belgilarining rivojlanishi va perforativ
turlariga bo‟linadi.
Bemorlar doimo qorinda og'riq, dispeptik buzilishlar borligiga, jismoniy mehnat bilan
shug‟ullanishning imkoni yo'qligiga va ba‟zan qabziyat hamda qorin dam bo‟lishiga shikoyat
qiladilar.
Jarroh bemorni ko'rganda ko‟pincha operatsiyadan keyingi chandiq sohasida katta bo‟rtma
borligini aniqlaydi. Undan tashqari qorinning boshqa sohalari ham palpatsiya qilib tekshiriladi.
Ayrim holatlarda ichak harakatlari ham ko'rinishi mumkin. Qorin devorida operatsiyadan keyingi
chandiq borigi o'zgargan, yupqalashgan teri bilan qoplangan bo‟rtma aniqlanib, uning ostida qorin
a‟zolari paypaslanadi.
Churra hosilasini qorin bo‟shlig‟iga yuborgach, churra teshigini paypaslab kurish mumkin, bu
teshik operatsion chandiqning boshidan oxirigacha, katta o‟lchamlarga yetishi mumkin.
Churra xaltasi ichidagi a‟zolar (charvi, ingichka va yo'g'on ichak qovuzloklari) ko‟pincha
bo'rtib chiqqan joy sohasida chandiqli o'zgargan teri bilan qo'shilib ketgan bo‟ladi. Ichki a‟zolarning
churra xaltasi bilan bitishmalar hosil qilganligi, shuningdek ko‟p sonli ichki a‟zolarning churra
xaltasi bilan bitishma hosil qilishi natijasida operatsiyadan keyingi churralar ko‟pincha
to‟g'irlanmaydigan bo‟lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: