Qisilgan kindik churralari
Kindik churralari ko‟pincha katta yoshdagi kishilarda qisilishga moyil bo‟lib, 15-30 % ni
tashkil qiladi. Kindikchurrasining qisilib qolishi uzoq vaqt churra bilan yurgan keksa odamlarda
ko‟proq uchraydi. Qisilib qolish holatlari har xil kattalikdagi churralarda uchraydi. Hajmi kattaroq
churralarda ko‟proq axlatli qisilish, maydaroq churralarda esa ko‟proq elastik qisilish kuzatiladi.
Qisilgan kindik churrasining eng yerta yuzaga chiqadigan simptomlaridan biri og'riqdir. Og'riq
har xil xarakterda bo‟ladi. Churra qopchasida ichak tutkichlari qisilgan bo'lsa o‟tkir ichak tutilishi
belgilari ham namoyon bo‟ladi.
Qisilgan kindik churralarida qorinning old devori Sapejko va Meyo usullarida plastika qilinadi.
Churra qopchasining flegmonasida Grekov usulida operatsiya qilish eng optimal usuldir. Terida
churra dupbogi ustidan yoysimon ikkita bir-biriga uchrashuvchi kesma o‟tkaziladi. To‟qimalar
aponevrozgacha ochiladi. Qisilgan halqadan 4-5 sm uzoqlikda kesma qilinib aponevroz va
qorinparda kesiladi va qorin bo‟shlig‟iga kiriladi. Agar ichak sirtmoq lari qisilgan bo'lsa ular kesilib,
«uchma-uch» anastamoz qo‟yiladi. Charvi qisilib qolganda, uning o‟sha qisilgan qismi rezeksiya
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |