Qisilgan epigastral (oq chiziq) churralar
Epigastral churralar ko‟p uchrab, 30-31 % holatlarda qisilgan holatda bo‟ladi. Eng xarakterli
belglari spontan ravishda boshlangan og'riq va ayrim holatlarda ichak tutilishi belgilarining
rivojlanishidir. Qisilgan epigastral churra katta bo'lsa Sapejko yoki Meyo usulida operatsiya qilinadi.
Oq chiziq churrasi bir vaqtning uzida uning diastazi bilan (II-III darajasi) bo'lsa ham churrani
ham diastazni bartaraf qilish zarur. Bunday operatsiyalar Napalkov hamda Martыnov usuli buyicha
plastika qilish maqsadga muvofiqdir. Ko‟rsatma bilan oxirgi yillarda alloplastika usuli keng
qulanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |