Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#47420
növüРеферат
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Qisilgan son churralari 

Son  churralarida  qisilib  qolish  xoalti  ko‟p  uchraydi.  Adabiyotlada  keltirilishicha  30-35  % 

holatlarda son churrasi qisilib qoladi. Buning sababi son kanali tor bo‟lib, uning devorlari qattiq va 

chuzilish  xususiyatining  kamligidadir.  Son  churrasining  qisilishining  uchrashi  jihatidan  butun 

qisilgan  qorin  churralarinning  ichida  ikkinchi  o‟rinni  egallaydi.  Qisilgan  son  churralari  ko‟pchilik 

holatlarda  og'ir    o‟tib,  harxil  asoratlarga  olib  kelishi  mumkin,  chunki  ularni  o'z  vaqtida  aniqlash 

qiyindir.  Son  churrasining  qisilishi  asosan  keksa  va  qari  ayollarida  uchraydi.  Son  churralari 

qisilishida churra dumpagi kichik bo‟lib, uni aniqlash ham qiyin. 

Ichak  devorining  bir  qismi  qisilganda  ichak  tutilishi  belgilari  rivojlanmagan  holatlarda  uni 

aniqlash alohida qiyinchilik tug'diradi. 




 

 

Juda  kechiqib  ketgan  holatlarda  chov  kanali  osti  sohasida  qizarish,  shish  va  og'riq  paydo 



bo‟ladi.  O‟tkir  limfadenit  va  adenoflegmona  bilan  differensiallashga  to‟g‟ri  keladi  va  bu  ancha 

qiyinchilikka olib keladi. 

Qisilgan  son  churrasining  muhim  belgilaridan  «taranglashgan  tor  simptomi»,  ya‟ni  qomat 

to‟g'rilanganda  chura  qopchasida  qisilgan  charvi  yoki  ingichka  ichak  tutqichi  bo'lsa  shu  sohada 

og'riq paydo bo‟lishidir. 

Son churrasida ichaklar qisilib qolganda uning klinik kechishini uch davrga bo'lish mumkin: 

I–davr:-  ichak  devorida  nekroz  paydo  bulguncha    bo‟lgan  davri.  Bu  davrda  asosan  ichak 

tutilishi belgilari namoyon bo‟ladi. 

II–davr:-  bu  davrda  ichak  sirtmoq  larida  nekroz  paydo  bo‟lib,  ichak  tutilishi  klinikasi  yakkol 

yuzaga chiqadi. ammo peritonit va og'ir intoksikasiya belgilari yo‟q. Bu davr qisilgandan boshlab 2-

8 soat davom etadi. 

III–davr:-  ogir-kechiqqan  davr  bo‟lib,  peritonit  va  og'ir  intoksikasiya  rivojlanadi.  Qisilishdan 

keyin 8-10 soat mobaynida yuzaga chiqadi. 

Bunday bemorlarni operatsiya qilishda ham chov, ham son usullaridan foydalaniladi. Son usuli 

keksa va qari kishilarda, har xil boshqa somatik kasalliklari bo‟lgan kishilarda, qo'llaniladi. Yosh va 

baquvvat kishilarda esa chov usuli bilan operatsiya qilish ma‟qul. 

Churra flegmonasi bo‟lganda kesmani chov tomondan kulish maqsadga muvofiqdir. 

Qisilib  qolgan  halqani  uning  son  usulida  ichki  tomonidan  –  lakunar  bog‟lam  orqali  kesma 

o‟tkaziladi. Undan oldin barmoq bilan anomal tomir bor yoki yo‟kligini paypaslab ko‟rib, bo'lsa agar 

uni  kiskichga  olib  so‟ngra  kesish  zarur.  Bordiyu  anomal  tomir  kesib  quyilsa  tomirni  barmoq  yoki 

tupfer bilan bosib, ortikcha taxlikaga tushmasdan  qisqichga olish va uni tikish zarur. 

Chov  usuli  bilan  operatsiya  qilganda  anomal  joylashgan  tomirni  topish  yengilrok.  Churrani 

kisib koluvchi halqasini yuqorigi tashqi yo‟nalishda kesganda tomirlarning ustidan, chov bog‟lamini 

kesmasdan amalga oshirish mumkin. 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin