Operatsiyadan keyingi qisilgan churralar 2,2-10 % ni tashkil qiladi va bunday churralarda o‟lim
Operatsiyadan keyingi qisilgan churralarning klinikasi churraning o‟lchamiga, shakliga va
ichak tutilishi darajasiga bog‟liq. O‟rtacha va kichik churralarda og'riq churra dumbogida juda kuchli
bo‟ladi, ko‟ngil aynishi va qusish ham kuzatiladi. Churraning to‟g‟rilanmasligi, tuxtovsiz og'riqning
bo‟lishi qisilgan churraning doimiy simptomlaridandir. Bemorlar shifoxonaga kech murojaat
qilganda yoki kech tashxis
qo‟yilganda sho‟k va intoksikatsiyaning kuchayishi natijasida o‟tkir ichak tutilishining elastik
shakli rivojlanadi. Bunday holatlarda bemorlarni faqatgina o'z vaqtida operatsiya qilish bilangina
qutkarib qolish mumkin.
Katta va gigant operatsiyadan keyingi qisilgan churralarda ichak tutilishi axlatli bo‟ladi. Keksa
kishilar va kariyalarda uchraydi, klinik belgilari juda tez rivojlanmaydi.
Mayda va o‟rtacha kattalikdagi operatsiyadan keyingi qisilgan churralarda xirurgik taktika
xuddi chov va son churralarining qisilishida qo'llaniladigan taktika singari bo‟ladi. Bemorlarni bir-
ikki soat tayyorgarlikdan so‟ng zudlik bilan operatsiya qilish lozim. Umumiy og'riqsizlantirish ostida
taranglashmagan plastika qilish usulni qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Katta va gigant operatsiyadan keyingi qisilgan churralarda xirurgik taktika ancha fark qiladi.
Bunday bemorlarni tayyorgarliksiz operatsiya qilish xavfli hisoblanadi. Chunki bir rdan katta
massani qorin bo‟shlig‟iga yuborish, qorin buligi deffektiniyaxshilab tikish qorin bo‟shlig‟ida ichki
bosimning birdan oshishiga, bu o'z navbatida ichaklar harakatining buzilishiga, diafragmaning
ko'tarilishiga, ko‟krak qafasi a‟zolarining bir tomonga siljishiga oqibatda yurak-nafas
yetishmovchiligiga olib keladi.
Bunday operatsiyalardan keyin quyidagicha xafli patologik holatlar yuzaga chiqishi mumkin.
Qorin bo’shlig’i ichki bosimining oshishi → ichaklar parezi → o'pka xayotiy sigimining
kamayishi→ o'pka ventilyasiyasining buzilishi → gipoksiya → yurak faoliyatining buzilishi →
ichaklarda mikrosirkulyatsiyaning buzilishi → ichaklar parezining kuchayishi → qorin bo’shlig’i
ichki bosimining yanada oshishi. Natijada organizmda chuqur patologik o'zgarishlar rivojlanishiga,
va oqibatda o‟limga sabab bo‟ladi.
Bunday bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorgarlik o'tkazishda bemorning umumiy ahvoliga
ta‟sir kiluvchi eng muhim patologik omillarni aniqlash zarur. Buni aniqlashdagi klinik ko‟rsatkichlar
quyidagilar: 1) bemorning xushi; 2) teri va shillik pardalarining ko'rinishi; 3) qon bosimi; 4)
pulsi; 5) SVD (MVD); 6) Shtanga va Sobraze sinamasi; 7) nafas olishi sur‟ati; 8) diurez; 9)
tana harorati; 10) EKG ko‟rsatkichi.
Laborator tahlillaridan: 1) eritrositlar soni; 2) Hb mikdori; 3) gematokrit ko‟rsatkichi; 4)
qoning bufer ko‟rsatkichi; 5) qondagi qand mikdori.
Bunday churralarda operatsiyadan oldingi tayyorgarlik bir-ikki soat davom etib, peritonit va
ichak tutilishi belgilari bo'lmasa qonservativ davolash zarur. Ko‟pchilik mualliflar fikricha katta
operatsiyalardan keyingi qisilgan churralarni qariyalarda qisib qoluvchi halqani kesish bilan
chegaralanish kerak.
Demak churra qopchasidagi ichaklarni batamom ichkariga yuborish mumkin emas va qorinning
old devorini autoplastika qilish ham shart emas. Vaholanki ayrim holatlarda, ya‟ni qorin bo‟shlig‟ida
bitishmali holatlarda, ichak sirtmoqlari faqat teri bilan yopilgan bo‟lib ularni qorin bo‟shlig‟iga
yubormasdan teri ostida qoldirilganda yara yalliglanib, eventratsiya bo‟lishi ham mumkin.
Operatsiyadan keyingi katta qisilgan churralarda alloplastik materiallarni ham ishlatish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: