O‘rinbosari N. J. Toshmanov



Yüklə 491,1 Kb.
səhifə1/77
tarix05.12.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#174071
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Shahrisabz filiali-fayllar.org


Shahrisabz filiali

O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI

NIZОMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVЕRSITЕTI

SHAHRISABZ FILIALI

«Tasdiqlandi»

TDPU Shahrisabz filiali

direktorining o‘quv va

tarbiyaviy ishlar bo‘yicha

o‘rinbosari

________ N.J.Toshmanov

«__» __________2019-yil


MAKTABGACHA PEDAGOGIKA

FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Tа’lim sоhаsi: 110000 – Pedagogika
Tа’lim yo‘nаlishi: 5111800 – Maktabgacha ta’lim




Mаshg‘ulоt turi


Аjrаtilgаn sоаt


Semestr


I II

1

Nаzаriy (ma’ruza)

52



24 28

2

Amaliy

96



48 48

3

Mustаqil ta’lim

132



66 66

4

Kurs ishi

-



-

Jami auditoriya soatlari


148



72 76

Umumiy o‘quv soatlari


280



138 142



Shahrisabz2019
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Maktabgacha pedagogika” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning o‘quv dasturi, ishchi dasturi, ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi va seminar mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyalari jamlangan.
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua oliy o‘quv yurtlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.


Tuzuvchi:

Z.K.Alimova




Taqrizchi:

A.Muxsiyeva



O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali kengashining 2019-yil «__ » dagi №__-sonli qarori bilan ma'qullangan.


MUNDARIJA
I. ISHCHI DASTUR..................................................................
II. MODULNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI...............................
III. NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI............
IV. KEYSLAR BANKI..........................................................
V. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI........................
VI. GLOSSARIY................................................................
VII. ADABIYOTLAR RO‘YXATI.......................................


Kirish
XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar, dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ham bevosita ijtimoiy-gumanitar fanlarni puxta biladigan, jahon maydonida o‘z bilimi orqali raqobatlasha oladigan, o‘zining fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, Vatani hamda millatiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini maktabgacha ta'lim tarbiyachilarida shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig‘ilish o‘tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda.
Mazkur dasturda Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini, respublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari. Ta'lim sohasidagi islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 16- avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori bayon etilgan.



Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin