O‘rinbosari N. J. Toshmanov



Yüklə 491,1 Kb.
səhifə9/77
tarix05.12.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#174071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Shahrisabz filiali-fayllar.org

«FSMU» metodi
Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma'ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.

Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
  • qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;


  • har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:





  • ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.


FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.



Namuna.

Fikr: “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” dasturi”.

Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.

NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI




1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti, vazifalari

Reja:


  1. Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari


  2. Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.


  3. Maktabgacha pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.



Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi tug‘ildan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida ta'lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi. U maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va maktab ishidagi izchillikni ta'minlaydi hamda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaydi.
Maktabgacha pedagogika umumiy pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. Maktabgacha pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta'limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi.
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos – “o‘rgatuvchi”, didasko – “o‘rganuvchi”) ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha pedagogika fanining ob'ekti – yaxlit maktabgacha pedagogik jarayon.
Maktabgacha pedagogika fanining predmeti – maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari.


Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin