O‘rinbosari N. J. Toshmanov


Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar



Yüklə 491,1 Kb.
səhifə3/77
tarix05.12.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#174071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Shahrisabz filiali-fayllar.org

Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari moduli nazariy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Nazariy mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma'ruzalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardagi maktabgacha ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini singdirishdan iborat.
Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, “SWOT-tahlil” yoki “FSMU” metodlari bilan ishlash va boshqa interaktiv ta'lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.

Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar bilan bog‘liqligi va
uzviyligi

Maktabgacha pedagogika umumkasbiy fan bo‘lib, «Umumiy pedagogika», «Pedagogika tarixi», «Psixologiya» kabi fanlarga bog‘liq ravishda o‘qitiladi. «Ijtimoiy va oila pedagogikasi», «Maktabgacha ta'limni axborotlashtirish», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.

Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Mazkur modul “Ilg‘or ta'lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogik mahorat”, “Ta'lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” va “Mutaxassislik fanlari” bloklaridan avval o‘rganiladi. Unda keyin o‘rganiladigan bloklarning mazmun yo‘nalishlarni va g‘oyaviy jihatlarini maktabgacha ta'limga tatbiq etish imkoniyatlarni ochib beradi.

Modulning ta’limdagi o‘rni
Tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning siyosiy hamda huquqiy asoslarini o‘rgatish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iborat.

Modul bo‘yicha soatlar taqsimoti

1.1. Maktabgacha pedagogika





Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin