O‘rinbosari N. J. Toshmanov


Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi



Yüklə 491,1 Kb.
səhifə19/77
tarix05.12.2023
ölçüsü491,1 Kb.
#174071
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Shahrisabz filiali-fayllar.org

Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi. Pedagogik tadqiqotning kerakli statistika ma'lumotlari ma'lum bir maqsad bilan sismavzuli o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma'lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta'limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi budjetining oshishi, o‘quv yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollartexnika vositalarinig ortishi, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash kabilar statistika ma'lumotlari bilan isbotlanadi.

Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma'noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek, kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma'lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.
2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak.
3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va unga ajratilgan vaqt normada bo‘lishi kerak va h.

Nazorat savollari
1. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining yaratilishi?
2. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining maqsad va vazifalarini
izohlang.
3. Maktabgacha ta'lim pedagogikasining asosiy tushunchalari va ularning
mohiyati nimada?
4. Ilmiy tadqiqot metodlari va ularning ahamiyati.
5. Maktabgacha ta'lim pedagogikasiga doir adabiyotlar ro‘yxatini tuzing

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
  1. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.


  2. “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.


  3. “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 29-dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori.


  4. “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9- sentyabrdagi PQ-3261-sonli Qarori.


  5. Rahimov Sh. Asosiy vazifa – bolalarni ta'limga qamrab olish.// “Maktabgacha ta'lim” jurnali, 3-son, 2017. 2-3 bet.


  6. Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...: ota-onalar uchun. – T.: Manaviyat, 2013. – 320 b.





Yüklə 491,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin