Ta'lim modelining tarkibiy qismlari
Uzluksiz ta'lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi. Ta'limning barcha turlari va standartlarini o‘z ichiga oladi.
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyor-lovchi va ulardan foyda-lanuvchi, ilg‘or pedagogik axborot texnologiyala-rini ishlab chiquvchi
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, ular sifatiga qo‘yilgan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, tizimni moliya va moddiy texnik baza bilan ta'minlash qatnashchisi.
shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi;
davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta'lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta'minlaydi.
Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar haqida gapirar ekanmiz, ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz, farzandlarimizning baxti uchun mehnat qilish, fidoiylik ko‘rsatish - bu barchamizning muqaddas burchimizdir.
Nazorat uchun savollar.
Ta'lim tizimida maktabgacha ta'limning tutgan o‘rnini izohlang.
Ta'lim tizimi doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi muassasalar haqida nimalar bilasiz?
Ta'lim tizimini boshqarishni qanday tushunasiz?
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy boskichlari qaysilar?
Ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim muassasalarining vazifalarini aniqlab bering.
Maktabgacha ta'limni asosiy turlari qaysilar?
Dostları ilə paylaş: |