Modulning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish, bo‘lajak tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya qonuniyatlari, shuningdek, maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan talablar, uning tamoyillari, mazmuni, pedagogik asoslarini bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Modulning vazifalari: - maktabgacha pedagogika nazariyasi va amaliyoti, o‘ziga xos xususiyatlari, ta'limiy-tarbiyaviy jihatlari, tarbiyachining kasbiy faoliyati va unga qo‘yiladigan talablar; yosh fuqaroni tarbiyalash ishining murakkabligi, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning tarbiyasi va rivojlanishi, maktabgacha pedagogikada ilmiy-tadqiqot metodlari maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalashda yangi pedagogik texnologiyalar, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, maktabgacha pedagogika tarixi, maktabgacha muassasalarini tashkil etish va unga rahbarlik etish. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalari sistemasi, unga rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari haqida bilim, tegishli ko‘nikma ыva malakalarni hosil qilish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikma, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Tinglovchi: - maktabgacha ta'limning ta'lim tizimida tutgan o‘rni, maktabgacha ta'lim bo‘yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari, maktabgacha pedagogikaning pedagogika nazariyasi va tarixi fani bilan uzviyligi,maktabgacha pedagogikaning rivojlanish tamoyillari to‘g‘risida maktabgacha pedagogika tarixi, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalari sistemasini bilishi kerak; - maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarini egallash,maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga aqliy, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiya berish, maktabgacha pedagogikadan o‘z faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak; - maktabgacha ta'limning asosiy prinsiplari, maktabgacha ta'lim pedagogika qo‘yiladigan asosiy talablar, maktabgacha ta'limning mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari,maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish, maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyalash, maktabgacha ta'limning uzviyligi va uzluksizligi, maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada tarbiya jarayonini tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi kerak.